Tantia topi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Tantia topi (laqabi, asl ismi Ramchandra Pandurang) (taxminan 1814— 1859.18.4) - 185759-yillardagi Hindiston qoʻzgʻolonining harbiy rahbarlaridan biri. Asosan, Kanpur, Bundenkxand, Rajputana va Gvalior viloyatlarida (Lakshmi Bai bilan birgalikda) qoʻzgʻolonchilarga boshchilik kalgan. Millati marath boʻlgan T.T. brahman oilasida tugʻilgan. Yoshligida Nana Sohibnint doʻsti boʻlgan. Nana Sohib inglizlarga qarshi koʻtarilgan sipohiylar qoʻzgʻoloniga qoʻshilganda uning safdoshi, harbiy otryadlardan birining komandiri. T.T.ning harbiy iqtidori qoʻzgʻolon markazlaridan biri — Kanpur qulagach (1857-yil iyul), namoyon boʻlgan. U gvaliorlik qoʻzgʻolonchilarga bosh boʻlib, inglizlarning general Uindxem rahbarlik qilgan harbiy kismini tormor etgan (1857-yil 28 noyabr). Gvalior yaqinida inglizlarning general Rouz qoʻmondonligidagi armiyasidan magʻlubiyatga uchragach, Dekanga ketib partizanlik urushi olib borgan. Unga xiyonat qilgan gvaliorlik zamindor Man Singh tomonidan inglizlarga tutib berilib qatl etilgan.