Tansoqchi (film, 1979)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Tansoqchi
Rejissyor(lar) Ali Hamroyev
Ssenariynavis(lar) Ali Hamroyev
Rollarda Aleksandr Kaidanovskiy, Anatoliy Solonisyn
Bastakor(lar) Eduard Artemev
Studiya(lar) Tadjikfilm
Chiqarilgan sanasi 1979
Davomiyligi 91 min.
Mamlakat OʻzSSR
Til ruscha

"Tansoqchi" filmi 1979-yil rejissor Ali Hamroyevning ssenariysi boʻyicha suratga olingan badiiy filmi.

Filmning qisqacha mazmuni[tahrir | manbasini tahrirlash]

Qizil Armiya askarlari boʻlinmasi Turkistondagi millatchilik harakatining yirik mafkurachisi Sulton Nazarni asirlikda ushlab turadi. Bosmachilarni qurollarini tashlashga majburlash uchun uni Dushanbega olib borish kerak boʻladi. Mahbusni eson-omon yetkazish vazifasi ovchi Mirzoga yuklanadi. Ular bilan birga Sulton Nazarning qizi Zarangiz va uning sodiq xizmatkori Sayfulla ham yoʻlga tushadi. Fottabekning toʻdasi qudrat ramzi — tamgʻani qoʻlga kiritmoqchi boʻlishadi. Fottabekga toshdan fol koʻrib afsun qiladigan dono maslahatlar beradigan shamanlar oilasidan boʻlgan „jodugar“ rafiqasi Oybosh yordam beradi.

Mirzo Fottabekning qoʻriqchilarini pichoq uloqtirib saranjom qiladi. Keyin yoʻlchilar Mirzoning onasi yashaydigan qishloqqa tushadilar va oʻgʻlining boʻyniga tumor bogʻlab, togʻ ruhlari bilan duoibad qiladi. Qandaydir nomaʼlum bolakay kelib, kobra chaqishi natijasida komissarning oʻlimi haqida xabar beradi. Dovondan oʻtayotganda, Sayfulla tubsizlikka tushib halok boʻladi. Fottabek maqsadiga yeta olmaydi, sababi mergan Mirzo uning butun toʻdasini darada darada qirib tashlaydi, Fottabek esa Sulton Nazar tomonidan toshboʻron qilinadi Natijada qudrat ramzi boʻlgan tamgʻa mergan Mirzoda qoladi.

Rollarda[tahrir | manbasini tahrirlash]

Aleksandr Kaidanovskiy (Sergey Shakurov ovozi bergan) Mergan Mirzo

Anatoliy Solonisyn Bosmachi — Sulton Nazar

Shavkat Abdusalamov (Oleg Yankovskiy ovoz bergan) Fottabek qaroqchi

Gulcha Toshbayeva — Oybosh

Anvara Alimova — Zarangiz, Sulton Nazarning qizi

Nikolay Grinko — Qizil armiya qoʻmondoni

Radjab Adashev — Utash Ahmad-dodho

Suratga olish guruhi[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Postanovkachi-rassom: Shavkat Abdusalomov
  • Ovoz rejissori: Semyon Litvinov

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]