Tannuoʻla
Qiyofa
Tannuoʻla — Tiva Respublikasining jan.dagi togʻ tizmasi, Yenisey daryosi yuqori okimi bilan UbsuNur koʻli havzalari orasidagi suvayirgich. Uzunligi 300 km ga yaqin. Oʻrtachabal. 2500—2700 m. T.Oʻ. Fapbiy (eng baland joyi 3061 m) va Sharkiy (eng baland joyi 2591 m) qismlarga bulinadi. Paleozoy kontinental va dengiz yotqiziklari (qumtosh, ohaktosh, gilli slanets, granit va konglomeratlar)dan tashkil topgan. Togʻ etaklari va yon bagʻirlarida 2000 m gacha kashtan va qora tuproqda togʻ dashti oʻtlari, undan yuqorida togʻ sur va podzol tuproqlarda siyrak tayga, togʻ tepalarida qurum va baland togʻ tundra oʻsimliklari keng tarqalgan.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |