Tanja Scholz
| Tanja Scholz | |
|---|---|
| Shaxsiy maʼlumotlari | |
| Jinsi | ayol |
| Fuqaroligi |
|
| Tavallud sanasi |
1984-yil 29-iyun Elmshorn, Schleswig-Holstein, Gʻarbiy Germaniya |
| Sport | |
| Qaysi sport | para suzish |
| Klubi | PSV Union Neumünster |
| Murabbiy(lar)i | Kirsten Bruhn |
Tanja Scholz (1984-yil 29-iyunda tugʻilgan) – germaniyalik paralimpiyachi, 2024-yilgi Yozgi Paralimpiya oʻyinlarida SM4 toifasida 150 metrga aralash uslubda suzish yoʻnalishida gʻoliblikni qoʻlga kiritgan, S4 toifasida 50 metrga erkin usulda suzish usulida esa 2-oʻrinni egallagan. 2022 va 2023-yillarda oʻtkazilgan para suzish boʻyicha jahon chempionatlarida uchta oltin medal va 2024-yilgi Yevropa ochiq chempionatida bronza medalini qoʻlga kiritgan.
Shaxsiy hayoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Scholz Gʻarbiy Germaniyaning Schleswig-Holstein hududidagi Elmshorn shahridan[1]. Uning uch nafar farzandi bor[2]. 2020-yil iyun oyida ot minish vaqtida yuz bergan baxtsiz hodisa natijasida unga paraplegiya tashxisi qoʻyilgan va oʻshandan beri nogironlar aravachasiga bogʻliq holda yashaydi[1]. Oʻsha paytda shifokorlar unga jarohatlari ogʻirligi sababli suzish bilan shugʻullana olmasligini aytishgan[3].
Karyerasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Scholz 2021-yil yanvar oyida para suzish boʻyicha musobaqalarda ishtirok eta boshlagan[1]. Bundan avval, yaʼni baxtsiz hodisa sodir boʻlgunicha u sogʻlom sportchilar oʻrtasida oʻtkazilgan musobaqalarda faol ishtirok etgan[3]. Scholz PSV Union Neumünster klubida mashgʻulot olib boradi va unga Kirsten Bruhn murabbiylik qiladi[2]. Scholz 2022-yilda oʻtkazilgan para suzish boʻyicha jahon seriyasi bahslarida 6 ta yoʻnalish natijalariga koʻra musobaqaning yetakchi sportchisi deb topilgan[4]. Shotlandiyaning Aberdin shahrida boʻlib oʻtgan jahon seriyasi musobaqasida sportchi S4 toifasida 100 metrga erkin usulda suzish yoʻnalishi boʻyicha jahon rekordini oʻrnatgan[5].
Scholz 2022-yilgi para suzish boʻyicha jahon chempionatida beshta medalni qoʻlga kiritgan. U S4 toifasida 50, 100 va 200 metrga erkin usulda suzish yoʻnalishlarida oltin, S4 toifasida 50 metrga chalqancha uslubda suzish va SM3 toifasida 150 metrga aralash uslubda suzish yoʻnalishlarida bronza medallariga ega chiqqan[1]. 150 metrga aralash uslubda suzish yoʻnalishida ishtirok etayotgan chogʻida 100 metrga erkin usulda suzish boʻyicha gʻalabaga erishganiga atigi 26 daqiqa boʻlgan edi[2].
2023-yilgi para suzish boʻyicha jahon chempionatida Scholz S4 toifasida 50 metrga erkin usulda, S4 toifasida 100 metrga erkin va SM3 toifasida 150 metrga individual aralash usulda suzish yoʻnalishlarida gʻolib chiqqan[6][7]. Scholz 100 metrga erkin usulda suzish yoʻnalishida, oradan 20 daqiqa oʻtgach esa 150 metrga aralash usulda suzish boʻyicha gʻoliblikni qoʻlga kiritgan[8]. Shuningdek, SB2 toifasida 50 metrga brass usulida suzish boʻyicha final bahsida 2-oʻrinni egallagan[6]. 2024-yilgi para suzish boʻyicha Yevropa ochiq chempionatida Scholz SB2 toifasida 50 metrga brass usulida suzish boʻyicha 3-oʻrinni band qilgan[9].
2024-yilgi Yozgi Paralimpiya oʻyinlarida Scholz SM4 toifasida 150 m ga aralash usulda suzish yoʻnalishida gʻolib chiqqan[10], S4 toifasida 50 metrga erkin usulda suzish bahslarida esa 2-oʻrinni egallagan[11].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ 1,0 1,1 1,2 1,3 „Tanja Scholz feiert Titel-Hattrick bei Para-Schwimm-WM“ (de). Norddeutscher Rundfunk (2022-yil 18-iyun). Qaraldi: 2023-yil 4-fevral.„Tanja Scholz feiert Titel-Hattrick bei Para-Schwimm-WM“. Norddeutscher Rundfunk (in German). 18 June 2022. Retrieved 4 February 2023.
- ↑ 2,0 2,1 2,2 „Elmshornerin Tanja Scholz ist Schwimm-weltmeistein“ (de). Hamburger Abendblatt (2022-yil 14-iyun). Qaraldi: 2023-yil 4-fevral.„Elmshornerin Tanja Scholz ist Schwimm-weltmeistein“. Hamburger Abendblatt (in German). 14 June 2022. Retrieved 4 February 2023.
- ↑ 3,0 3,1 „Mit Querschnittslähmung zu Weltrekorden“ (de). Deutschlandfunk (2022-yil 11-iyun). Qaraldi: 2023-yil 4-fevral.
- ↑ „Colombia's Carlos Serrano, Tanja Scholz of Germany Win 2022 Citi Para Swimming World Series“. Swimming World Magazine. 25 November 2022. Qaraldi: 4 February 2023.
- ↑ „Scholz breaks women's S4 100m freestyle world record at Para Swimming World Series event in Aberdeen“. Inside the Games (2022-yil 17-fevral). Qaraldi: 2023-yil 4-fevral.
- ↑ 6,0 6,1 „Para-Schwimmen: Medaillen zum WM-Auftakt“ (de). Swim.de (2023-yil 2-avgust). Qaraldi: 2023-yil 2-avgust.
- ↑ „Tanja Scholz glänzt mit Doppel-Gold“ (de). ZDF (2023-yil 1-avgust). Qaraldi: 2023-yil 2-avgust.
- ↑ „Manchester 2023: Scholz shoots to stardom“. International Paralympic Committee (2023-yil 1-avgust). Qaraldi: 2024-yil 22-iyul.
- ↑ „Madeira 2024: Thirteen-year-olds Barlov, Winnifrith steal the show on day one“. World Para Swimming (2024-yil 22-aprel). Qaraldi: 2024-yil 3-iyul.
- ↑ „Paris 2024: Great Britain, China on top as more record fall on day four“. International Paralympic Committee (2024-yil 1-sentyabr). Qaraldi: 2024-yil 2-sentyabr.
- ↑ „Paris 2024: Barlaam clinches second gold in front of special audience“. World Para Swimming (2024-yil 6-sentyabr). Qaraldi: 2024-yil 12-sentyabr.