Tanib olish uchun koʻrsatish

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Fredrik Fasting Torgersen (markazda) tanib olish uchun koʻrsatish jarayonida.

Tanib olish uchun koʻrsatish (kir. Таниб олиш учун кўрсатиш) protsessual harakat boʻlib, jinoyat jabrlanuvchisi, guvohi, gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchining biror shaxs yoki narsa toʻgʻrisidagi koʻrsatuvini tekshirib koʻrish uchun amalga oshiriladi.[1]

Shaxs tanib olish uchun tergov olib borilayotgan ishga aloqasi boʻlmagan, tashqi belgilari bilan oʻziga oʻxshaydigan shaxslar guruhi orasida xolislar huzurida koʻrsatiladi. Tanib olish uchun koʻrsatilayotgan shaxslarning umumiy soni uch nafardan kam boʻlmasligi kerak. Tanib olinuvchiga tanib olish uchun koʻrsatiladigan shaxslar guruhi orasida istagan joyni egallash taklif qilinadi. Tanib olinuvchi kiyimi, soch qirqtirishi yoki tarashi yoxud boshqa belgilari bilan tanib olish uchun koʻrsatiladigan oʻzga shaxslar orasida yaqqol ajralib turmasligi lozim. Shaxsni tanib olish uchun koʻrsatishning iloji boʻlmaganda yoxud xavfsizlikni taʼminlash maqsadida uning fotosuratidan foydalanish mumkin. Tanib olish uchun jadval qogʻozga yaxshilab yopishtirilib, muhrlangan va raqamlangan, lekin suratga olingan shaxslarning ismi va familiyalari koʻrsatilmagan kamida uchta fotosurat koʻrsatiladi.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]