Tana (qoramolchilik)
Qiyofa
Tana (qoramolchilikda) — urgʻochi yosh mollar guruhi. Ularning yoshi buzoqlar guruqidan soʻng boshlanib, 10—12 oyligidan to jinsiy voyaga yetib, qochib, boʻgʻoz boʻlishiga (24— 30 oyligida) qadar davom etadi. Zotli va jadal parvarishlangan T. rivoji yaxshi oʻtadi va biologik tomondan tez yetiladi. Ular zot andozasi vazniga yetganida (300—390 kg) 14— 16 oyligida urugʻlantirilib, boʻgʻozligi aniqlangandan soʻng (20—22 oyligida) gʻunajinlar guruhiga oʻtkaziladi.
![]() | Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
![]() | Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |