Tamgʻalidara rasmlari

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Tamgʻalidara rasmlari - ChuIli togʻining jan.gʻarbiy yon bagʻridagi Tamgʻalisoy darasi qoyatoshlariga ishlangan rasmlar. Olmaotadan 160 km shim.gʻarbda. 1890-yilda rus arxeologi N. N. Pantusov topgan, A. A. Topov, A. G. Maksimova tomonidan oʻrganilgan. Tasvirlarning 1 qismi mil. av. 2ming yillikka, asosiy qismi mil. av. 7—5-asrlarga mansub, shuningdek ular orasida 6—8-asrlarga oidlari ham uchraydi. Hayvonlardan yovvoyi buqa, sirtlon, jayron, bugʻu, ot, tuya, qoʻy, echki va boshqalarning tasvirlari, turli ramziy belgilar, chavandozlar, raqs tushayotgan odamlar, ovchilarning itlar yordamida yovvoyi hayvonlarni ovlash manzaralari qoyatoshlarga oʻyib ishlangan. Tamgʻalidara rasmlari Oʻrta Osiyo, Qozogʻiston xududida yashagan xalqlar tarixi, turmushi, madaniyatini oʻrganishda nodir manba sifatida qimmatlidir.