Tamaraxon Aripova

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Tamaraxon Aripova
Tavalludi 11.07.1953
Samarqand, O'zbekiston SSR
Fuqaroligi  Oʻzbekiston
Millati oʻzbek
Sohasi tibbiyot
Ish joylari Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi
Mukofotlari Mehnat shuhrati ordeni

Tamaraxon Oʻktamovna Yusupova — (1953-yil, 11-iyul, Samarqand, Oʻzbekiston SSR, SSSR) — taniqli oʻzbekistonlik olima. Tibbiyot fanlari doktori (1992), professor (2007), akademik (2017). Hozirda Oʻzbekiston Fanlar Akademiyasi akademigi.

Tarjimayi holi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Tamaraxon Aripova 1953-yil 11-iyulda Samarqand shahrida tugʻilgan. U 1976-yi Toshkent tibbiyot institutini tamomlagan. Tamaraxon Aripova Angliya, Fransiya, Germaniya, Rossiya, Yaponiya, Qirgʻiziston olimlari bilan Kavkazorti va Oʻrta Osiyo xalqlari genetik-populyatsion tadqiqotlarini amalga oshiradi. U „Odam karotidli aterosklerozi mitoxondriya genomi mutatsiya yuklamasi assotsiatsiyasining ochiq kross-seksiyali tadqiqotlari“, „Rossiya va Oʻzbekistonda aylanib yuruvchi VICH-1 ahamiyatli genetik subtiplarining epidemiologik tadqiqotlari“, „Rossiya ilmiy va ilmiy pedagogik kadrlari federal fondi maqsadli dasturi“, Tibbiyot va sogʻliqni saqlash global milliy markazi (Tokio) kabi xalqaro qoʻshma loyihalarning Oʻzbekiston tomonidan rahbari, 2003-yildan hozirgi kunga qadar OʻzR FA Immunologiya va inson genomikasi instituti direktori sifatida faoliyat olib bormoqda[1]. Tamaraxon Aripova InterPreGen xalqaro konsorsiumi 7-ramkali Yevroittifoq dasturining Oʻzbekiston boʻyicha masʼul vakili va MDH davlatlari allergolog va immunologlar xalqaro jamiyati aʼzosi. 2013-yildan Tibbiyot genetika, Allergologiya va immunologiya yoʻnalishlarida ilmiy darajalar beruvchi Kengash raisi. Tamaraxon Aripova 2006-yilda „Imunogen test“ ilmiy-tashxislash markazini tashkil qiladi. U 350 dan ortiq ilmiy maqola va 12 ta monografiya muallifi. Tamaraxon Aripova rahbarligida 15 nafar fan nomzodi, 7 nafar fan doktori oʻz ilmiy ishlarini muvaffaqiyatli himoya qilgan[2].

Mukofotlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Tamaraxon Aripova 2015-yil MDH „Immunologiya sohasidagi ulkan yutuqlari uchun“ diplomi va oltin medali, Yevropa Ilmiy-sanoat palatasining „Oltin medal“ va „Di Merito“ diplomi, 2019-yil „Mehnat shuhrati“ ordeni bilan mukofotlangan.


Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Jovliyev I, Yaxshiboyeva U, Arzikulova D, Hasanova L. Oʼzbekiston ayollari. Toshkent: Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi, 2019 — 224 bet. ISBN 978-9943-07-694-5. 
  2. Aripova Tamaraxon O‘ktamovna