Kontent qismiga oʻtish

Tamara Todevska

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Tamara Todevska
Тамара Тодевска

Todevska 2024-yilda chiqish qilmoqda
Tavalludi 1985-yil 1-iyun (1985-06-01) (41 yosh)
Skopye, Shimoliy Makedoniya, Yugoslaviya SFR,
Fuqaroligi Shimoliy Makedoniya
Kasbi Qoʻshiqchi
Faoliyat yillari 2003–hozirgacha

Tamara Todevska (maked.: Тамара Тодевска; talaffuzi [ˈtamara ˈtɔdɛvska] ; 1985-yil 1-iyunda tugʻilgan) - Tamara nomi bilan tanilgan makedoniyalik qoʻshiqchi. Ikki marotaba Yevrovideniye qoʻshiq tanlovida Shimoliy Makedoniya nomidan ishtirok etgan. 2008-yilda Vrčak va Adrian Gaxha bilan birga „Let Me Love You“ qoʻshigʻini ijro etgan, biroq finalga chiqa olmagan. 2019-yilda esa „Proud“ qoʻshigʻi bilan finalda 7-oʻrinni egallab, ushbu tanlovda Shimoliy Makedoniya tarixidagi eng yaxshi natijani qayd etgan[1][2].

Tamara 2003-yilda oʼzining „Sino“ deb nomlangan ilk musiqiy albom chiqargan. Faoliyati davomida 2006-yilda MAKFest va 2007-yilda Skopye Fest kabi turli musiqiy tanlovlarda gʻolib boʻlgan.

Todevska qoʻshiqchi Tijana Dapčevićning singlisi boʻlib, ular bir necha bor hamkorlik qilishgan.

Tamara Todevska 1985-yilda Skopye shahrida tugʻilgan. U musiqachilar oilasida ulgʻaygan. Otasi Velko Todevski musiqa maktabida professor, onasi Brana esa opera qoʻshiqchisi sifatida faoliyat olib boradi.

2015-yil 27-iyunda Tamara sobiq basketbolchi Aleksandar Dimitrovskiga turmushga chiqqan[3]. Ularning Xana ismli bir qizi va Daren ismli bir oʻgʻli bor[4]. Juftlik nikohdan 7 yil oʻtib ajrashgan[5].

  1. „Belgrade 2008 Participants: Tamara, Vrčak & Adrijan“ (en). eurovision.tv. 2019-yil 24-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 7-dekabr.
  2. „Tel Aviv 2019 Participants: Tamara Todevska“ (en). eurovision.tv. 2023-yil 18-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 7-dekabr.
  3. „ГАЛЕРИЈА Се омажи Тамара Тодевска“. www.plusinfo.mk. 2015-yil 29-iyunda asl nusxadan arxivlangan.
  4. „Тамара Тодевска стана мајка“. 2019-yil 6-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 20-yanvar.
  5. „Се разведуваат Тамара и Мачка по седум години брак: Тодевска потврди за Женски магазин“. zenskimagazin.mk. 2023-yil 7-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 8-may.