Tamana Zaryab Paryani
| Tamana Zaryab Paryani | |
|---|---|
| Tavalludi |
1997-yil |
| Fuqaroligi |
|
| Kasbi | ayollar huquqlari himoyachisi, jurnalist |
Tamana Zaryab Paryani (1997-yil, Afgʻoniston) — afgʻon jurnalisti va ayollar huquqlari harakati faoli, Afgʻonistonda Tolibon hokimiyatiga qarshi namoyishlari bilan tanilgan[1]. 2022-yil dekabr oyida Tamana BBCning „100 ayol“ roʻyxatiga kiritilgan. Tamana afgʻon ayollari huquqlarini himoya qilish bilan shugʻullanuvchi „Adolat izlovchilar“ (inglizcha: „Seekers of Justice“) faollar guruhi aʼzosi[2].
Tarjimayi holi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Tamana 1997-yil Afgʻonistonda tugʻilgan, toʻrtta singlisi bor. NATO qoʻshinlari Afgʻonistonda kirib kelgan paytda, Tamana jurnalistika boʻyicha oliy maʼlumot ega boʻlgandi. Tamana Afgʻoniston Milliy assambleyasiga oʻz nomzodi qoʻyib, saylovlarda qatnashgan[3]. 2018-yilda Paryani „Tamana“ madaniy jamoat tashkilotiga, 2021-yilda ozod ayollar harakatiga asos solgan. Tamana Tolibon hokimiyatiga qarshi namoyishlar tashkil qilib, ayollar huquqlari harakati faoli aylangan hamda yangi diktatorlik rejimiga qarshi kurashgan. 2022-yil 16-yanvarda Kobulda norozilik namoyishini uyushtirgan „Adolat izlovchilar“ faollar guruhiga qoʻshiladi[4]. Oʻsha yilning 19-yanvarida Tamana Kobuldagi kvartirasida hibsga olinib, oʻzi va uchta singlisi uch hafta davomida tahqirlanib, qiynoqqa solingan va soʻroq qilingan. Oʻsha vaqtda oʻzini hibsga olinishda boʻlgan munosabatni videoga yozib olishga va uni internetda tarqatishga ulgurgan. Video ommalashib, faollarning gʻoyib boʻlayotganiga jamiyat tomonida jiddiy eʼtibor berila boshlandi. Oʻz navbatida Tolibon Tamanani yangi qonunlarni buzganlikda, xususan, paranjisini omma oldida yoqib yuborganlikda ayblaydi[5]. Tolibon Tamanaga mamlakatni tark etishni taqiqlaganiga qaramay, opa-singillari bilan 2022-yil 15-avgustda Spin Boldakdagi chegara punkti orqali Pokistonga kirib kelib, oʻsha yerdan Germaniyaga joʻnab ketadi va hozirda Germaniyada yashab kelmoqda[6]. 2023-yil sentyabr oyida Afgʻonistonda ayollarga nisbatan boʻlayotgan munosabatga norozilik sifatida oʻn kunlik ochlik eʼlon qilgan ayollar guruhiga qoʻshiladi. Bu norozilikda Tamanning safdoshlari orasida Wahida Amiri va Nayera Kohistani ham bor boʻlgan[7]. 2021-yilda Tamana BBC tomonidan „100 ayol“ roʻyxatiga kiritilgan[8].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Afghanistan: 'We're not giving up the fight' – DW – 01/21/2023“ (inglizcha). dw.com. Qaraldi: 2026-yil 29-mart.
- ↑ „Women human rights defenders Tamana Zaryab Paryani and Parwana Ibrahimkhel abducted and disappeared“ (inglizcha). Front Line Defenders (2022-yil 31-yanvar). Qaraldi: 2026-yil 29-mart.
- ↑ „A Year of Resistance: Tamana Zaryab Paryani – Femena, Rights Peace Inclusion“ (inglizcha) (2022-yil 15-avgust). Qaraldi: 2026-yil 29-mart.
- ↑ „Quiénes son las 100 Mujeres influyentes e inspiradoras elegidas por la BBC en 2022 (y cuáles son las 12 de América Latina) – BBC News Mundo“. News Mundo. Qaraldi: 2026-yil 29-mart.
- ↑ „Afghan woman activist released after arrest in January“ (inglizcha). BBC News (2022-yil 12-fevral). Qaraldi: 2026-yil 29-mart.
- ↑ „Three Afghan women make this year’s BBC 100 Women list“ (inglizcha). Amu TV (2022-yil 7-dekabr). Qaraldi: 2026-yil 29-mart.
- ↑ „Femena Stands in Solidarity with Brave Women of Afghanistan Demanding Justice and Accountability - Femena, Rights Peace Inclusion“ (inglizcha) (2023-yil 13-sentyabr). Qaraldi: amu.
- ↑ „Rights are won through struggle, not received by asking“ (inglizcha). Zan Times (2023-yil 15-mart). Qaraldi: amu.