Tamaki mozaika virusi
| Tamaki mozaikasi virusi | |
|---|---|
|
|
Tamaki mozaika virusi[a] (TMV) — bu Tobamovirus turkumiga mansub, musbat zanjirli RNKga ega virus. U koʻplab oʻsimliklarni, ayniqsa tamaki va ituzumdoshlar oilasining boshqa vakillarini zararlaydi. Infeksiya oʻsimlik barglarida „mozaika“ga oʻxshash dogʻlar paydo boʻlishi va rangsizlanish kabi xarakterli belgilarni keltirib chiqaradi (virus nomi shundan olingan). TMV kashf etilgan ilk virusdir. Garchi tamaki ekinlariga bakterial boʻlmagan yuqumli kasallik zarar yetkazayotgani XIX asr oxiridan maʼlum boʻlsa-da, uning qoʻzgʻatuvchisi virus ekani faqat 1930-yilga kelib aniqlangan. Ushbu virusni birinchi boʻlib Wendell Meredith Stanley kristall holatiga keltirgan.
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]1886-yilda Adolf Mayer birinchi boʻlib oʻsimliklar orasida bakterial infeksiyalarga oʻxshash tarzda yuqishi mumkin boʻlgan tamaki mozaikasi kasalligini taʼriflab berdi[2][3].
1892-yilda Dmitriy Ivanovskiy eng yaxshi Chamberland filtrlaridan oʻtkazilgandan keyin ham kasallangan oʻsimlik shirasining yuqumliligicha qolishini koʻrsatib, bakterial boʻlmagan yuqumli agent mavjudligiga oid ilk aniq dalilni taqdim etdi[3][4].
Keyinroq, 1903-yilda Ivanovskiy kasallangan tamaki oʻsimligining mezbon hujayralaridagi gʻayrioddiy kristallsimon hujayra ichi qoʻshimchalarini tasvirlagan va bu qoʻshimchalar bilan yuqumli agent oʻrtasidagi bogʻliqlikni asoslab bergan maqolasini chop ettirdi[5]. Biroq, Ivanovskiy bir necha bor dalil topa olmaganiga qaramay, kasallik qoʻzgʻatuvchisi Chamberland filtrlarida ushlab qolib boʻlmaydigan va yorugʻlik mikroskopida koʻrinmaydigan darajada kichik, oʻstirilmaydigan bakteriya ekaniga qattiq ishonar edi. 1898-yilda Martinus Beijerinck Ivanovskiyning filtrlash tajribalarini mustaqil ravishda takrorladi va yuqumli agentning tamaki oʻsimligining mezbon hujayralarida qayta tiklanib, koʻpaya olishini koʻrsatdi[4][6]. Beijerinck tamaki mozaikasi kasalligining qoʻzgʻatuvchisi bakterial tabiatga ega emasligini bildirish uchun „virus“ atamasini qoʻllay boshladi.
Tamaki mozaikasi virusi (TMV) kristallangan ilk virusdir. U kritik zichlikdan yuqori boʻlgan holatda suyuq kristall fazalarini namoyon etadi[7]. Bunga 1935-yilda Wendell Meredith Stanley erishgan boʻlib, u TMVning kristallangandan keyin ham faolligini saqlab qolishini koʻrsatib bergan. Bu kashfiyot keng ommalashgan, masalan, 1935-yil 28-iyun kuni „The New York Times“ gazetasining birinchi sahifasida eʼlon qilingan. Chunki oʻsha davrda odamlar viruslar kabi tirik mavjudotlarning kristall hosil qila olishidan hayratga tushgan edi. Bu, shuningdek, virusni ilk bor qandaydir bir shaklda „koʻrish“ imkoniyati edi. Bu holatning ahamiyatli tomoni shundaki, virus zarrachalari dastlab oʻta mayda va eng zich sopol filtrlardan ham oʻta oladigan yuqumli agent sifatida kashf etilgan va tavsiflangan edi[8]:[9]. Garchi keyinchalik uning baʼzi xulosalari (xususan, kristallar sof oqsildan iboratligi va avtokataliz yoʻli bilan yigʻilishi haqidagi) notoʻgʻri ekani isbotlangan boʻlsa-da[10], Stanley bu ishi uchun 1946-yilda kimyo boʻyicha Nobel mukofotining toʻrtdan bir qismiga sazovor boʻldi[11][12].
TMVning ilk elektron mikroskopik tasvirlari 1939-yilda Gustav Kausche, Edgar Pfankuch va Nobel mukofoti sovrindori Ernst Ruskaning ukasi Helmut Ruska tomonidan olingan[13].
1955-yilda Heinz Fraenkel-Conrat va Robley Williams tozalangan TMV RNKsi va uning kapsid (qobiq) oqsili oʻz-oʻzidan yigʻilib, funksional viruslarni hosil qilishini koʻrsatib berdilar. Bu esa mazkur tuzilma eng barqaror (yaʼni, eng kam erkin energiyaga ega) ekanidan dalolat beradi.
Kristallograf Rosalind Franklin Berkli shahrida Stanley bilan bir oyga yaqin ishladi va keyinchalik 1958-yilda Bryusselda boʻlib oʻtgan Butunjahon koʻrgazmasi uchun TMV modelini loyihalashtirib, uni yaratdi. 1958-yilda olima virusning qattiq emas, ichi boʻsh ekanini taxmin qildi va TMV RNKsi bir zanjirli degan farazni ilgari surdi[14]. Bu taxmin uning vafotidan soʻng oʻz isbotini topdi va hozirda u + zanjir sifatida maʼlum[15].
Tamaki mozaikasi kasalligini oʻrganish va keyinchalik uning virusli tabiati kashf etilishi virusologiyaning umumiy tushunchalarini shakllantirishda hal qiluvchi ahamiyatga ega boʻldi[4].
Izohlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Taxon Details | ICTV“. ictv.global. Qaraldi: 2024-yil 2-oktyabr.
- ↑ "Über die Mosaikkrankheit des Tabaks." (de). Die Landwirtschaftliche Versuchs-stationen 32: 451–467. 1886. Translated into English in "Concerning the mosaic disease of tobacco". Phytopathological Classics (St. Paul, Minnesota: American Phytopathological Society) 7: 11–24. 1942. https://www.apsnet.org/edcenter/apsnetfeatures/Documents/2008/Mayer1886.pdf.
- 1 2 „The Discovery of the Causal Agent of the Tobacco Mosaic Disease“, Discoveries in Plant Biology. Hong Kong: World Publishing Co., 1998 — 105–110-bet. ISBN 978-981-02-1313-8.
- 1 2 3 "Über die Mosaikkrankheit der Tabakspflanze" (de, ru). Bulletin Scientifique Publié Par l'Académie Impériale des Sciences de Saint-Pétersbourg / Nouvelle Serie III 35: 67–70. 1892. Translated into English in "Concerning the mosaic disease of the tobacco plant". Phytopathological Classics (St. Paul, Minnesota: American Phytopathological Society) 7: 27–30. 1942.
- ↑ "Über die Mosaikkrankheit der Tabakspflanze" (de). Zeitschrift für Pflanzenkrankheiten und Pflanzenschutz 13 (1): 1–41. 1903.
- ↑ "Über ein Contagium vivum fluidum als Ursache der Fleckenkrankheit der Tabaksblätter" (de). Verhandelingen der Koninklijke Akademie van Wetenschappen te Amsterdam 65: 1–22. 1898. https://www.dwc.knaw.nl/DL/publications/PU00011860.pdf. Translated into English in "Contagium vivum fluidum as the cause of spot disease in tobacco leaves". Phytopathological Classics (St. Paul, Minnesota: American Phytopathological Society) 7: 33–52. 1942.
- ↑ Bawden, F. C.; Pirie, N. W.; Bernal, J. D.; Fankuchen, I. (1936-12-01). "Liquid Crystalline Substances from Virus-infected Plants". Nature 138 (3503): 1051–1052. doi:10.1038/1381051a0. ISSN 0028-0836. https://ui.adsabs.harvard.edu/abs/1936Natur.138.1051B/abstract.
- ↑ Judson, Horace. Eight Day of Creation: Makers of the Revolution in Biology, 1996. ISBN 0879694785.
- ↑ „Crystals Isolated at Princeton Believed Unseen Disease Virus“. New York Times (1935-yil 28-iyun).
- ↑ "W. M. Stanley's crystallization of the tobacco mosaic virus, 1930–1940". Isis; an International Review Devoted to the History of Science and Its Cultural Influences 77 (288): 450–72. September 1986. doi:10.1086/354205. PMID 3533840. https://archive.org/details/sim_isis_1986-09_77_288/page/450.
- ↑ „Wendell M. Stanley – Biographical“. nobelprize.org.
- ↑ „The Nobel Prize in Chemistry 1946“. NobelPrize.org. Qaraldi: 2019-yil 3-dekabr.
- ↑ "Die Sichtbarmachung von pflanzlichem Virus im Übermikroskop". Naturwissenschaften 27 (18): 292–9. May 1939. doi:10.1007/BF01493353. https://archive.org/details/sim_naturwissenschaften_1939-05-05_27_18/page/292.
- ↑ Rosalind Franklin, the Dark Lady of DNA. Harper Collins, 2002. ISBN 978-0-06-018407-0.
- ↑ „Tobacco mosaic tobamovirus“. Plant Viruses Online: Descriptions and Lists from the VIDE Database (1984). 2009-yil 1-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- The life of a virus: tobacco mosaic virus as an experimental model, 1930–1965. Chicago: University of Chicago Press, 2002. ISBN 978-0-226-12026-3.
- Flue-cured tobacco field manual. Winston-Salem, North Carolina: R.J. Reynolds Tobacco Company, 1995.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]| Vikiomborda „Tamaki mozaika virusi“ mavzusi boʻyicha mediafayllar bor. |
- Description of plant viruses — TMV (Wayback Machine saytida 2007-09-26 sanasida arxivlangan) — contains information on symptoms, hosts species, purification etc.
- Further information
- Electron microscope image of TM