Taloq (shariat)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Taloq (arab. — qoʻyib yubormoq, ajralmoq) — shariatga koʻra nikohning bekor qilinishi. Er tomonidan shu soʻzning aytilishi xotinni barcha xotinlik majburiyatidan toʻla ozod qiladi. Bu holatda erning xotinga bergan molmulk (mahr)i xotinda qoladi, er xotinni idda muddati oʻtguncha moddiy taʼminlab turishi kerak. Shariatda ikkinchi T.dan keyin ham erxotinni qaytadan yarashtirishga ruxsat etiladi (Qurʼon, 2:229). Uchinchi marta T.dan keyin esa shariat bunga yoʻl qoʻymaydi. T. qilingan xotin boshqa erga chiqishi uchun belgilangan idda muddatini oʻtashi kerak. Islom huquqida ayol ham T. talab qilishi rasman eʼtirof etiladi. Oʻzbekiston Respublikasida er bilan xotin ajralishi Oila kodeksida belgilangan tartibda amalga oshiriladi (yana q. Nikohni bekor qilish).

Adabiyot[tahrir]

  • Hidoya (1j.), T., 2000;
  • Muxtasar, T., 1994.