Tallibarzu

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Tallibarzu, Uzuntepa — soʻnggi antik va ilk oʻrta asrga oid shahar xarobasi. Samarqand shahridan 6 km jan.da joylashgan. G. V. Grigoryev (1936—38), Zarafshon arxeologik ekspeditsiyasi (1939) qazishmalar oʻtkazgan va natijada shaharning mil. av. 1ming yillikdan mil. 8-asrgacha boʻlgan 6 ta madaniy qatlami aniqlangan. T. B.ning umumiy maydoni 5 ga, toʻrtburchak shaklida, atrofi koʻplab shinaklari va burjlari boʻlgan qalin devor bilan oʻrab olingan. Shaharning markazida kuhandiz (bal. 18 m) joylashgan, 56-asrlarda bu yerda qasrli mustahkam qoʻrgʻon qurilgan. Aholi deqqonchilik, chorvachilik, hunarmandchilik bilan shugʻullangan. T. B.dan kizil rangga boʻyalgan qadaxlar, ikki boshli qoʻchqor koʻrinishidagi kabob koʻrasi, naqshinkor sopol idishlar, haykallar, yozuv namunalari topilgan. Arab xalifaligining Sugʻdni bosib olishi jarayonida (8-asr boshi) vayron boʻlgan.