Tuban oʻsimliklar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Tal lomlilardan yoʻnaltirildi)

Tuban oʻsimliklar, tallomlilar (Thallophyta) — sodda tuzilgan oʻsimliklar. Tanasi ildiz, novda va bargga ajralmagan oʻsimliklar. Tuban oʻsimliklar organik olamning dastlabki bosqichlarida kelib chiqqan. Ular suvli muhitda yoki sernam joylarda yashashga moslashgan. Evolyutsiya jarayonida uncha rivojlanmagan va hozirgi davrgacha baʼzi birlari sodda tuzilishini saqlab qolgan. Tuban oʻsimliklar bir hujayrali, koloniya hosil qiluvchi va koʻp hujayrali organizmlar hisoblanib, tanasi toʻqima va organlarga ajralmagani uchun ularning tanasi „qattana“ yoki „tallom“ deb ataladi.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]