Takomillashmagan zamburugʻlar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Takomillashmagan zamburugʻlar (Deuteromycetes yoki Fungi imperfecti) — shoxlangan koʻp hujayrali mitseliyli yuksak (haqiqiy) zamburugʻlar sinfi. Hayot sikli gaploid fazada oʻtadi. Vegetativ va konidiyalar (sporalar) orqali jinssiz koʻpayadi. Koʻp Takomillashmagan zamburugʻlar mitseliy iplari birikib, geterokarionlar — genetik xar xil sifatli yadrolar hosil qilish va bu yadrolarni oʻzaro almashish xususiyatiga ega. Natijada gaploid holatdagi xususiyatlar qayta oʻzgaradi va tur ichida yangi shakllar vujudga keladi. Takomillashmagan zamburugʻlar ning tabiatda keng tarkalgan 30 mmngga ya*z1n turi bor. Ular moddalar aylanishida muhim rol oʻynaydi — tuprokda koʻpayib, oʻsimlik va hayvon qoldiklarini parchalaydi. Bir kancha Takomillashmagan zamburugʻlar oʻsimliklarda parazitlik kiladi; baʼzilari oziq-ovqat va boshqa narsalarni motor bostiradi. Penitsill va aspergillardan antibiotiklar olinadi. 4 tartibi — gafomitsetlar, melankoniallar, steril mitseliylar va sferopsidallar mavjud.