Tajriba stansiyasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Tajriba stansiyasi - qishloq xoʻjaligi boʻyicha ilmiy tadqiqotlar olib boradigan muassasa. Qishloq xoʻjaligi ekinlarini yetishtirishda va chorvachilikda ilmiy jihatdan asoslangan usularni yaratish uchun ishlab chiqarish.ga yaqin boʻlgan sharoitlarda tajribalar oʻtkazadi. Dastlabki qishloq xoʻjaligi. tajriba styalari Yevropa mamlakatlarida, xususan Angliya va Fransiya (1835), Germaniya (1852) va Rossiyada (1886) paydo boʻlgan. Oʻzbekiston hududida bunday styalar 19-asr oxirlarida tashkil etila boshlagan. 1898-yilda Toshkent yaqinida Turkiston qishloq xoʻjaligi stansiyasi tashkil etildi. 1914-yildan Mirzachoʻl, Andijon qishloq xoʻjaligi Tajriba stansiyasilarida gʻoʻza navlari sinovi oʻtkazilgan. Keyinchalik 1913-yilda Fargʻona Tajriba stansiyasi, 1929-yild Turkiston seleksiya styasi tashkil etildi. Keyinchalik bu stya asosida Gʻoʻza seleksiyasi va urugʻchiligi ilmiy tadqiqot instituta tashkil topdi. Tajriba stansiyasi ishlarining xarakteriga qarab, tarmoq, kompleks va tajribaseleksiya styalarga boʻlinadi. Tarmoq Kishloq xoʻjaligi Tajriba stansiyasi dehqonchilik yoki chorvachilik yoʻnalishida ilmiy tadqiqot ishlarini olib boradi. Ular koʻpincha tarmoq ilmiytadqiqot intlari yoki oliy oʻquv yurtlari tarkibida ishlaydi. Kompleks qishloq xoʻjaligi Tajriba stansiyasi koʻp tarmoqli boʻlib, viloyat qishloq xoʻjaligi. tajriba styalari hisoblanadi va shu viloyat qishloq xoʻjaligi. korxonalari uchun xizmat koʻrsatadi, fan va ilgʻor tajriba yutuqlarini targʻibot qiladi va ishlab chiqarishga tatbiq etadi. Tajribaseleksiya stansiyalari ilmiy tadqiqot intlari huzurida tashkil etiladi va qishloq xoʻjaligi. ekinlarining yangi navlarini yaratish, muayyan tuproqikdim sharoitlari uchun nav agrotexnikasini ishlab chiqish bilan shugʻullanadi. Ularning qaramogʻida tajribalar oʻtkazuvchi eksperimental xoʻjaliklar ish olib boradi. Bu xoʻjaliklarda ishlab chiqarish. tajribalari oʻtkaziladi va uning natijalari toʻgʻridantoʻgʻri KX ishlab chiqarish korxonalariga foydalanish uchun tavsiya etiladi.

Abdukarim Zikiryoyev.