Tajriba dalasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Tajriba dalasi - 1) qishloq xoʻjaligi. sohasidagi tajriba muassasasi; Tajriba dalasida joyning tabiiy va iqtisodiy sharoitlarini hisobga olgan holda qishloq xoʻjaligi. ekinlari yetishtirishning ratsional usullarini ishlab chiqish maqsadida dala tajribalari oʻtkaziladi. Tajriba dalasi qishloq xoʻjaligi fanlari rivojlanishida muhimrol oʻynagan. Hozirgi davrda mustaqil muassasa sifatida oʻz ahamiyatini yoʻqotdi. Koʻpgina Tajriba dalasi asosida tajriba styalari, baʼzi hollarda esa intlar tashkil etilgan. Hozir ham saqlanib qolgan Tajriba dalasi muayyan intlar ixtiyorida boʻlib, doimiy tajriba maydoni vazifasini bajaradi. Uzbekistonda dehqonchilikka doir dastlabki Tajriba dalasidan biri Mirzachoʻl tajriba dalasi boʻlgan; 2) dala tajribalari oʻtkaziladigan yer uchastkasi. Qishloq xoʻjaligi ekinlarining biologik va agrotexnik xususiyatlarini, ularni turli tabiiy va xoʻjalik sharoitlarida yetishtirish usullarini oʻrganish uchun moʻljallanadi. Tajriba dalasining tuprogʻi mazkur zona uchun tipik, unumdorligi jihatidan bir xil, relyefi tekis, nishabi tuproqni bir tekisda namlashga imkon beradigan darajada boʻlishi tajriba natijalarining anikligini taʼminlaydi. Tajriba dalasi uchun soʻnggi 3—4 yil davomida har yili bir xil ekin ekilgan, oʻgit solish, tuproqqa ishlov berishda yagona sistema qoʻllanilgan yerlar tanlanadi va h.k. Maydondagi paykallarning kattakichikligi va tajriba takroriyligi dala tajribasining aniqligiga taʼsir koʻrsatadi. Tajribalar muayyan sondagi variantlardan iborat boʻlgan maʼlum bir sxema boʻyicha bajariladi. Tajriba kichik paykallarda oʻtkazilsa va juda aniq natijalar olish zarur boʻlsa, tajriba 6 martagacha takrorlanadi (mas., Davlat nav sinovida 50 m2 kattalikdagi paykallarda). Paykaltaxminan 100 m2 gacha kattalashtirib borilganda tajriba aniqligi ortib boradi, ularni yanada kattalashtirish tajriba anikligini pasaytiradi. Alohidaalohida ishlov berishni talab qilmaydigan paykallarda agrotexnika tajribalarining asosiy qismi kattaligi 50—200 m2 keladigan paykallarda oʻtkaziladi. Mashina va qurollarni alohidaalohida ishlatishni talab etadigan tuprokka ishlov berish usullari yoki boshqa agrotexnika tadbirlarini sinab kurihda har bir paykal 300 va, hatto, 1000 m2 gacha kattalashtiriladi. Tajriba dalasida oʻsimliklar hosilini miqdor va sifat jihatidan hisobga olib borish shart, bu esa dala sharoitlarida hosilning oʻrganilayotgan shu usullariga kay darajada bogʻlikligini anikdashga yordam beradi.

Abdukarim Zikiryoyev.