Taishō davri
| Taishō大正 | |||
|---|---|---|---|
| 30-iyul 1912 – 25-dekabr 1926 | |||
|
| |||
| Joylashuv | Yaponiya | ||
| Qamrovi | |||
| Monarx(lar) |
Taishō Hirohito, Valiahd (sesshō) | ||
| Bosh vazir(lar) | |||
Xronologiya
| |||
Taishō yoki Taysyo davri (yaponcha: 大正時代, Taishō jidai, soʻzma-soʻz „Buyuk adolat davri“) – Yaponiyada 1912-yil 30-iyuldan 1926-yil 25-dekabrgacha davom etgan va imperator Taishō hukmronlik qilgan davr[1]. Yangi imperator kasalmand odam boʻlgani sababli, siyosiy hokimiyat keksa davlat arboblarining eski oligarxik guruhidan (yoki genrō) Yaponiya Imperatorlik Parlamenti va demokratik partiyalarga oʻta boshladi. Shu bois bu davr Taishō demokratiyasi nomi bilan tanilgan liberal siyosiy harakatlar davri sifatida qaraladi. Taishō davri, odatda, undan avvalgi tartibsiz Meiji davri va undan keyingi harbiy ruhdagi Shōwa davrining dastlabki bosqichidan alohida erkinlik davri sifatida farqlanadi[2].
Etimologiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Taishō (yaponcha: 大正) atamasi ikki kanjidan — 大 (dai/tai) („buyuk“) va 正 (shō) („toʻgʻrilik“, „adolat“) soʻzlaridan tashkil topgan. Bu ifoda qadimgi xitoy manbasi – „I Chingdagi“ quyidagi iboradan olingan: 大亨以正 天之道也 („Buyuk muvaffaqiyat toʻgʻrilik orqali qoʻlga kiritiladi – bu Osmon yoʻlidir“)[3]. Shunday qilib, Taishō soʻzi „buyuk toʻgʻrilik“ yoki „buyuk adolat“ maʼnosini anglatadi.
Meiji davrining merosi
[tahrir | manbasini tahrirlash]1912-yil 30-iyulda imperator Meiji vafot etdi va valiahd shahzoda Taishō taxtga chiqib, Yaponiyaning yangi imperatori bo‘ldi. Taxtga chiqish nutqida u o‘z hukmronlik davrining nengōsi (davr nomi) sifatida Taishō (“buyuk adolat”) nomini e’lon qildi[4]. Meiji davrining yakuni hukumatning yirik ichki va tashqi investitsiyalari, mudofaa dasturlarining kengayishi, deyarli tugab qolgan kredit imkoniyatlari va tashqi qarzlarni to‘lash uchun yetarli valyuta zaxiralari yo‘qligi bilan tavsiflanadi. G‘arb madaniyatining ta’siri Meiji davridan keyin ham davom etdi. Masalan, rassom Kobayashi Kiyochika g‘arbiy rassomlik uslublarini qabul qilgan holda ukiyo-e san’atida ishlashni davom ettirdi. Okakura Kakuzō esa an’anaviy yapon rassomchiligiga bo’lgan qiziqishni saqlab qoldi. Yozuvchilardan Mori Ōgai singari ijodkorlar G‘arbda tahsil olib, Yaponiyaga qaytgach, inson hayoti va jamiyat haqidagi G‘arbda shakllangan yangi qarashlarni o‘z asarlarida aks ettirdilar.
1868-yildagi Meiji restavratsiyasi natijasida Yaponiya nafaqat ichki va tashqi siyosiy hamda iqtisodiy maqsadlariga erishdi, balki boshqa Osiyo davlatlari kabi mustamlakaga aylanish taqdiridan ham qutuldi. Shu bilan birga, bu davrda dunyo bo‘ylab kommunizm va sotsializm g‘oyalariga qiziqish kuchaygan, shahar ishchilar sinfi (proletariat)shakllanayotgan edi. Yaponiyada ham erkaklar uchun umumiy saylov huquqi, ijtimoiy ta’minot, ishchilarning huquqlari va zo‘ravonliksiz noroziliklar dastlabki so’l qanot harakatining asosiy ideallari bo‘lib chiqdi. Biroq hukumatning so’l harakatlarni bostirishi natijasida bu harakatlar yanada keskinlashdi va buning oqibatida repressiyalar kuchaydi. 1906-yilda Yaponiya Sotsialistik partiyasi (日本社会党, Nihon Shakaitō) tashkil topganidan atigi bir yil o‘tib tarqatib yuborildi, bu esa mamlakatda sotsialistik harakatning umumiy muvaffaqiyatsizlikka uchrashiga olib keldi.
Taishō davrining boshlanishi ilgari mavjud bo‘lgan siyosiy muvozanatni izdan chiqargan 1912–1913-yillardagi Taishō siyosiy inqirozi bilan boshlandi. Saionji Kinmochi harbiy xarajatlarni qisqartirishga harakat qilganida, armiya vaziri iste’foga chiqdi va natijada Rikken Seiyūkai partiyasi hukumati quladi. Yamagata Aritomo ham, Saionji ham lavozimga qaytishdan bosh tortdilar, genrō esa muammoni hal qila olmadi. Harbiylarning hukumatni manipulyatsiya qilgani va Katsura Tarōning uchinchi marta bosh vazir etib tayinlanishidan xalq g‘azablandi. Natijada genrō siyosatiga chek qo‘yish talablari kuchaydi. 1913-yilda konservativ kuchlar eski elita qarshiligiga qaramay o‘z partiyalari Rikken Dōshikaini tuzdilar. Bu partiya 1914-yil oxirida parlamentdagi Seiyūkaidan ko‘proq o‘rin olib, ko‘pchilik partiyaga aylandi.
1913-yil 12-fevralda Yamamoto Gonnohyōe Katsura o‘rniga bosh vazir bo‘ldi, 1914-yil aprel oyida esa uning o‘rnini Ōkuma Shigenobu egalladi.
Valiahd shahzoda Yoshihito (keyinchalik imperator Taishō) 1900-yil 10-mayda Sadako Kujōga uylandi. Ularning taxtga chiqish marosimi 1915-yil 11-noyabrda bo‘lib o‘tdi.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Nussbaum & Roth 2005, s. 929 Google Booksda.
- ↑ Hoffman, Michael (July 29, 2012), „The Taisho Era: When modernity ruled Japan's masses“, The Japan Times, 7-bet.
- ↑ Lynn, Richard John (1994). The Classic of Changes. New York: Columbia University Press. ISBN 0-231-08294-0.
- ↑ Bowman 2000, s. 149.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Benesch, Oleg (December 2018). "Castles and the Militarisation of Urban Society in Imperial Japan" (en). Transactions of the Royal Historical Society 28: 107–134. doi:10.1017/S0080440118000063. ISSN 0080-4401. http://eprints.whiterose.ac.uk/133333/1/Benesch_Castles_and_the_Militarisation_of_Urban_Society_in_Imperial_Japan_TRHS_Accepted_Manuscript.pdf.
- Bowman, John Stewart. Columbia Chronologies of Asian History and Culture. New York: Columbia University Press, 2000. ISBN 9780231500043.
- Dickinson, Frederick R. War and National Reinvention: Japan in the Great War, 1914–1919 (Harvard Univ Asia Center, 1999).
- Duus, Peter, ed. The Cambridge History of Japan: The Twentieth Century (Cambridge University Press, 1989).
- Nussbaum, Louis-Frédéric; Roth, Käthe (2005), Japan Encyclopedia, Cambridge: Harvard University Press, ISBN 978-0-674-01753-5, OCLC 58053128. Louis-Frédéric is a pseudonym of Louis-Frédéric Nussbaum, see Authority File, Deutsche Nationalbibliothek, may 24, 2012da asl nusxadan arxivlandi.
- Strachan, Hew. The First World War: Volume I: To Arms (Oxford University Press, 2003) 455–94.
- Takeuchi, Tatsuji (1935). War and Diplomacy in the Japanese Empire online free
- Vogel, Ezra F. (2019). China and Japan: Facing History excerpt
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Meiji Taisho 1868–1926 (yaponcha)