Kontent qismiga oʻtish

Tailand 2006-yilgi Qishki Olimpiada oʻyinlarida

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Tailand
2006-yilgi Qishki Olimpiada oʻyinlarida
XOK kodi THA
MOQ Tailand Milliy Olimpiya Qoʻmitasi
Turin
Sportchilar 1 1 sport turi boʻyicha
Bayroqdor Prawat Nagvajara
Medallar
Oltin
0
Kumush
0
Bronza
0
Jami
0

Tailand 2006-yil 10–26-fevral kunlari Turin shahrida (Italiya) boʻlib oʻtgan 2006-yilgi Qishki Olimpiada oʻyinlarida ishtirok etgan. Bu Tailandning 2002-yilgi Qishki Olimpiada oʻyinlaridadan keyingi ikkinchi Qishki Olimpiya oʻyinlaridagi ishtiroki edi.

Tailand delegatsiyasi bitta sportchidan iborat boʻlib, changʻi poygachisi Prawat Nagvajara 15 kilometr klassik usul bahslarida 96-oʻrinni egalladi.

Tailand ilk bor Helsinki shahrida boʻlib oʻtgan 1952-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlarida qatnashgan. 1980-yilgi boykot qilingan olimpiadadan tashqari barcha yozgi oʻyinlarda ishtirok etib kelmoqda[1][2].

Qishki Olimpiya oʻyinlarida esa bundan oldingi yagona ishtiroki toʻrt yil avval Salt Lake City shahrida boʻlib oʻtgan 2002-yilgi Qishki Olimpiada oʻyinlarida boʻlgan[3][4][5].

Turindagi delegatsiya faqat bir sportchi – Prawat Nagvajaradan iborat edi. U avvalgi Olimpiadada ham mamlakatning yagona vakili boʻlgan. Nagvajara ochilish marosimida bayroqdor boʻlgan[6].

Changʻi poygasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Turindagi yagona tailandlik ishtirokchi Prawat Nagvajara oʻsha paytda 47 yoshda edi[7]. 17-fevral kuni u erkaklar oʻrtasidagi 15 km klassik usul bahsini 1 soat 7 daqiqa 15 soniya natija bilan yakunladi[8]. U marraga yetib kelgan 96 nafar sportchi orasida oxirgi boʻldi va oltin medal sohibi – estoniyalik Andrus Veerpaludan 29 daqiqa ortda qoldi[9].

Sportchi[9] Musobaqa Natija
Natija Oʻrin
Prawat Nagvajara Erkaklar 15 km 1:07:15.9 96
  1. „Thailand“. Sports Reference. 2018-yil 9-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 24-iyul.
  2. „54 Boycotted in 1980“. The New York Times (1984-yil 10-may). 2018-yil 30-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 1-may.(subscription required)
  3. „Thailand at the 2006 Torino Winter Games“. Sports Reference. 2017-yil 17-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 24-iyul.
  4. „Thailand at the 2002 Salt Lake City Winter Games“. Sports Reference. 2017-yil 17-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 24-iyul.
  5. „List of flag bearers – Torino 2006 – Olympics“. Eurosport (2006-yil 10-fevral). 2018-yil 29-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 29-aprel.
  6. „Flag Bearers for the Closing Ceremony – Olympic News“. International Olympic Committee (2006-yil 26-fevral). 2016-yil 16-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 29-aprel.
  7. „Prawat Nagvajara Bio, Stats, and Results“. Sports Reference. 2017-yil 13-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 24-iyul.
  8. „Cross Country Skiing at the 2006 Torino Winter Games: Men's 15 kilometres“. Sports Reference. 2017-yil 3-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 24-iyul.
  9. 1 2 „Torino 2006 Official Report – Cross Country Skiing“. Torino Organizing Committee. LA84 Foundation (2009-yil mart). 2012-yil 12-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2009-yil 12-may.