Tagetes

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Marigold
Tagetes erecta chendumalli chedi.jpg
Tagetes erecta
Oʻsimliklar
Yuksak oʻsimliklar
Gulli oʻsimliklar
Ikki urugʻpallalilar
Asterids
Asterales
Asteraceae
Asteroideae
Tageteae
Pectidinae
Tagetes

L.[1]
Sinonimlar
  • Diglossus Cass.
  • Enalcida Cass.
  • Solenotheca Nutt.
  • Vilobia Strother

Tagetes (/tæˈtz/) — asteraceae oilasiga mansub bir yillik va koʻp yillik, oʻt oʻsimliklar[2] turkumi. Ular ingliz tilida marigoldlar sifatida tanilgan. Tagetes turkumi 1753-yilda Karl Linney tomonidan tasvirlangan[3][4].

Bu oʻsimliklarning vatani Meksika boʻlib, tabiiy sharoitda Meksika vodiysidan janubda oʻsadi. Lotinamerikasining boshqa bir qancha mamlakatlariga yetib borgan, baʼzi turlari butun dunyo boʻylab naturalizatsiya qilingan. Bir turi T. minuta, baʼzi hududlarda zararli invaziv oʻsimlik hisoblanadi[2].

Tavsif[tahrir | manbasini tahrirlash]

Tagetes turlarining kattaligi 0,1 dan 2,2 m gacha boʻladi. Koʻpgina turlarda yashil barglari bor. Gullar tabiiy ravishda oltin, toʻq sariq, sariq va oq ranglarda boʻladi. Gul boshlari diametri 4-6 sm gacha. Bogʻdorchilikda ular bir yillik oʻsimliklar sifatida ekilgan boʻlsa-da, koʻp yillik turlari mashhurlikka erishmoqda. Ularning tolali ildizlari bor. 

Tagetes patula urugʻlari

Tagetes turlari deyarli har qanday tuproqda yaxshi oʻsadi. Koʻpgina bogʻdorchilik navlari drenajlangan tuproqda yaxshi oʻsadi va baʼzi navlar qurgʻoqchilikka yaxshi chidamliligi maʼlum[5].

Nomenklatura[tahrir | manbasini tahrirlash]

Lotin tilida Tagētes soʻzi yerni haydashdan tugʻilgan tagelar nomidan kelib chiqqan[6]. Bunday nom bu turdagi oʻsimliklarning har yili oʻtgan yili hosil boʻlgan urugʻlaridan osonlik bilan unib chiqishiga ishora qiladi[7].

Ingliz tilidagi umumiy nomi, marigold, Maryam oltinidan olingan. Bu nom birinchi boʻlib Yevropadan kelib chiqqan oʻxshash oʻsimlik Calendula officinalis uchun qoʻllanilgan.

Tagetesning eng koʻp yetishtiriladigan navlari Afrika marigoldlari (odatda Tagetes erecta navlari va duragaylari) yoki fransuz marigoldlari (odatda Tagetes patula gibridlari va navlarini nazarda tutadi, ularning koʻpchiligi Fransiyada ishlab chiqilgan) deb nomlanadi.

Oʻstirish va foydalanish[tahrir | manbasini tahrirlash]

Tagetes patula gullari

Turlarga qarab, marigold barglari shilimshiq, oʻtkir hidga ega, ammo baʼzi navlari hidsiz boʻlishi mumkin.Tagetes turlari, ayniqsa T. patula koʻpincha pomidor, baqlajon, chili qalampiri, tamaki va kartoshkaga hamroh sifatida ekiladi. Ildiz orqali chiqariladigan antibakterial tiofenlar tufayli, Tagetes har qanday dukkakli ekinlar yaqinida ekilmasligi kerak[8].

Tagetes tenuifolia

T. minuta (khakibush yoki huacatay) „marigold yogʻi“ deb nomlanuvchi atir va efir moyi manbai, oziq-ovqat va tamaki sanoatida xushboʻy hid sifatida ishlatilgan. U koʻpincha Janubiy Afrikada yetishtiriladi, bu yerda bu tur buzilgan yerlarni qayta tiklashda foydali oʻsimlik hisoblanadi. 

Gonepteryx rhamni nektarni soʻradi

Tagetes erecta gullari toʻq sariq karotinoid luteinga boy va Yevropa Ittifoqida makaron, oʻsimlik yogʻi, margarin, mayonez, salat, non mahsulotlari, qandolatchilik kabi oziq-ovqat mahsulotlari uchun oziq -ovqat rangi sifatida ishlatiladi (INS raqami E161b). Amerika Qoʻshma Shtatlarida esa, kukunlar va ekstraktlar faqat parranda ozuqasida rang beruvchi mahsulat sifatida tasdiqlangan. 

Marigoldlar baʼzi kapalak qurtlari uchun oziq-ovqat oʻsimlik sifatida qayd etilgan. Yovvoyi tabiatda koʻplab turlar qoʻngʻizlar tomonidan changlantiriladi[8].

Madaniy ahamiyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Tagetes linifolia

Tagetes lucida[tahrir | manbasini tahrirlash]

Tagetes lucida turi, perikon nomi bilan tanilgan, Meksikada shirin, qizilmiya dorivor choyini tayyorlash uchun ishlatiladi. Bundan tashqari, u koʻplab issiq iqlimli mintaqalarda pazandalik oʻti, estragon oʻrnini bosuvchi sifatida ishlatiladi.

Tagetes minuta[tahrir | manbasini tahrirlash]

Tagetes minuta Janubiy Amerikaning janubidan kelib chiqqan boʻli, Peru, Ekvador va Chili va Boliviyaning baʼzi qismlarida pazandalik oʻti sifatida xamir ocopa deb ataladigan mashhur kartoshka taomini tayyorlash uchun ishlatiladi. „Yashil“ va „sariq/toʻq sariq“ ranga ega boʻlgan yangi T. minutaning taʼmi va hidi shirin rayhon, estragon, yalpiz va sitrus aralashmasiga oʻxshaydi. Shuningdek, u oshqozon-ichak kasalliklarida va ayniqsa nematodlarga qarshi dorivor choy sifatida ishlatiladi[9][10].

Tagetes filifolia

Tagetes — har xil turlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Marigoldlar Meksikada oʻliklar kuni uchun qabrni bezamoqda

Meksikada tagetes oʻliklarning guli deb hisoblangan va hali ham Oʻliklar kunini nishonlashda keng qoʻllaniladi. 

Marigoldning yana bir turi (Calendula officinalis) qadimgi yunon, Rim, Yaqin Sharq va Hindiston madaniyatlarida dorivor oʻt, shuningdek, mato, oziq-ovqat va kosmetika uchun boʻyoq sifatida ishlatilgan. Bundan tashqari, ular terini himoya qiladigan yogʻni tayyorlash uchun ishlatiladi. 

Tagetes Patula

Mustamlaka davrida bu gullarning mahalliy navlari T. erecta, T. patula va T. tenuifolia kabi Amerika turlari bilan almashtirildi. Marigold Hindiston va Tailandda ham keng tarqalgan.

Koʻp miqdordagi marigoldlar toʻylar, bayramlar va diniy tadbirlar uchun gulchambarlar va bezaklarda ishlatiladi. Marigold yetishtirish Hindistonning Telangana, Andxra-Pradesh, Tamil Nadu, Gʻarbiy Bengal, Karnataka va Uttar-Pradesh shtatlarida (Dipavali bozori uchun[11]) keng tarqalgan.

Ukrainada chornobryvtsi (T. erecta, T. patula va signet marigold) milliy ramzlardan biri hisoblanadi va koʻpincha qoʻshiqlar, sheʼrlar va ertaklarda tilga olinadi. 

Tagetes minuta gullari

Turlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Tagetes lemmonii

Galereya[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Genus: Tagetes L.“ Germplasm Resources Information Network. United States Department of Agriculture. 2011-01-06. Archived from the original on 2012-03-09. Retrieved 2011-07-14.
  2. 2,0 2,1 Soule, J. A. 1996.
  3. Linnaeus, Carl von. 1753.
  4. „Tropicos | Name - !Tagetes L.“. www.tropicos.org.
  5. Cicevan R, Al Hassan M, Sestras AF, Prohens J, Vicente O, Sestras RE, Boscaiu M. (2016) Screening for drought tolerance in cultivars of the ornamental genus Tagetes (Asteraceae) PeerJ 4:e2133 https://doi.org/10.7717/peerj.2133
  6. Everett, Thomas H.. The New York Botanical Garden illustrated encyclopedia of horticulture. Taylor & Francis, 1982 — 3290 bet. ISBN 978-0-8240-7240-7. 
  7. Filippi, Olivier. Pour un jardin sans arrosage (For a garden without irrigation) (fransuzcha). Arles: Actes Sud, 2007 — 188 bet. ISBN 978-2-7427-6730-4. 
  8. 8,0 8,1 Soule, J. A. 1993.
  9. Weaver, David K.; Wells, Carl D.; Dunkel, Florence V.; Bertsch, Wolfgang; Sing, Sharlene E.; Sriharan, Shobha (1–dekabr 1994–yil). „Insecticidal Activity of Floral, Foliar, and Root Extracts of Tagetes minuta (Asterales: Asteraceae) Against Adult Mexican Bean Weevils (Coleoptera: Bruchidae)“. Journal of Economic Entomology. 87-jild, № 6. 1718–1725-bet. doi:10.1093/jee/87.6.1718.{{cite magazine}}: CS1 maint: date format ()
  10. Soule, J. A. 1993.
  11. Gupta. „Let the flower of gods bless you“. The Tribune, Chandigarh, India (web site) (9-sentabr 2002-yil). Qaraldi: 1-sentabr 2007-yil.
  12. „Plants Profile for Tagetes lemmonii (Lemmon's marigold)“. plants.usda.gov.