Tagdoʻzi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Tagdoʻzi — sidirgʻa kashta tikib bezak yaratish usuli; shu usulda tayyorlangan badiiy buyumlar ham T. deb ataladi (mas., T. doʻppi va boshqalar). Odatda iroqi kashtalarda tagi bir xil rangdagi ip (ipak) bilan sidirgʻasiga toʻldirib, mujassamoti naqshli boʻlsa, naqshlari ham turli rangdagi iplar bilan sidirgʻa qoplab tikiladi. T. zardoʻzlikning zamindoʻzi usulida ham qoʻllanadi.