Taboshar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Taboshar — 9—10 a.larda Iloq konlari guruhidagi metall koni. Qurama tizmasi jan.gʻarbiy yon bagʻridagi Qoramozor togʻining Tabosharsoy havzasida joylashgan. Konda 50 dan ortiq shaxta boʻlib, ularning koʻpchiligi qiya va tik holda, uz. 70 m gacha. Soyning oʻrta qismida rudaning uz. 1 km gacha, tarkibida har xil minerallar, kumush, qoʻrgʻoshin, baʼzan mishʼyak ham uchraydi. Soyning oʻng sohilida 20 tacha shaxta joylashgan, ulardan taxminan 1,5 km jan.rokda yana 8 ta yirik shaxta bor. Bir necha shaxta TabosharKonjoʻl yoʻli boʻylab ketgan.