Tabiiy nitratlar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Tabiiy nitratlar - minerallar sinfi, azot kislotasining tabiiy tuzlari. Tabiiy nitratlarning asosiy minerallari; natriyli, kaliyli, ammoniyli selitralar, darapskit, nitromagnezit, nitrokaltsit, nitrobarit, gerxardtit, likazit, buttgenbaxit. Strukturasi tabiiy karbonatlarnikiga oʻxshash, lekin barqarorligi kam. Tabiiy nitratlar, odatda xiralashgan tuzeimon massalar, yupqa qoplama dogʻlar sifatida va poʻstloqchalar kurinishida uchraydi. Barcha selitralar suvda yaxshi eriydi, sovitish xususiyatiga ega. Tabiatda Tabiiy nitratlar, asosan, 2 yul bilan: biogen va quyosh radiatsiyasi yoki chaqmoq chaqish taʼsirida atmosferadagi azotning oksidlanishi natijasida hosil buladi. Tabiiy nitratlar quruqissiq ikdim sharoitida toʻplanadi, aks holda ular suvda tez erib ketadi. Konlari Hindiston, Jazoir, Italiya, AQSH, Vengriya va boshqa mamlakatlarda bor. Chilida Tabiiy nitratlar galogenid, sulfat, selenat va baʼzi iodatlar bilan assotsiatsiyada uchraydi. Bu konlarda kaliy va natriy selitrasi asosiy zaxiralarni tashkil qiladi. Ishqorli Tabiiy nitratlar azotli organik jismlar va ishqorli tuzlar (mas., togʻ jinslari darzliklari va bushliklarida kaliy va natriy selitralarining uyumlari)ning oʻzaro taʼsiri natijasida hosil boʻladi. Hozirgi davrda Tabiiy nitratlar cheklangan miqdorda qazib olinadi, chunki azot birikmalarining asosiy massasi kimyoviy yoʻl bilan olinadi. Tabiiy nitratlarning koʻp tarqalganlari — natriy va kaliy selitralari, asosan, azot kislotasi ishlab chiqarish.da ishlatiladi. Tabiiy nitratlardan azotli oʻgʻitlar tayyorlashda foydalaniladi.