Tabiiy monopoliya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Tabiiy monopoliya - bozorda muayyan tovarlar (ishlar, xizmatlar) turlariga boʻlgan talabni qondirishda raqobatli sharoitlarni yaratish texnologik xususiyatlarga koʻra mumkin boʻlmaydigan yoki iqtisodiy jihatdan maqbul boʻlmaydigan holat. Tabiiy monopoliyalar faoliyati ularning mamlakat iqtisodiyotida egallagan ahamiyatini hisobga olgan holda davlat tomonidan tartibga solinadi.

Tabiiy monopoliya tarkibi turli mamlakatlarda turlicha. Keyingi yillarda koʻpchilik mamlakatlarda Tabiiy monopoliyalar doirasini qisqarib borishi kuzatilmoqda. Oʻzbekistonda Tabiiy monopoliya sohalari xalqaro amaliyotga nisbatan birmuncha kengroq. Ularning shakllanishi oʻtish davrida iqtisodiyotni qayta qurish va boshqarish boʻyicha yuzaga kelgan tuzilmalar bilan bogʻliq. Oʻzbekiston Respublikasining "Tabiiy monopoliyalar toʻgʻrisida"gi (1997-yil 25 aprel; yangi tahrirda 1999-yil 19 avgust) qonuniga muvofiq Oʻzbekistonda quyidagi sohalarda Tabiiy monopoliya subʼyektlarining faoliyati davlat tomonidan tartibga solinadi: neft, neft va gaz kondensata, tabiiy gaz va kumir qazib chikarish, neft, neft mahsulotlari va gazni quvurlar orqali tashish, elektr va issiklik energiyasini ishlab chiqarish. va uzatish, t.yillarda yuk va yoʻlovchilar tashish, umumiy erkin foydalaniladigan elektr va pochta aloqasi xizmatlari, suv quvurlari va kanalizatsiya xizmatlari. Portlar va aeroportlar kursatadigan xizmatlar ham Tabiiy monopoliyalar tizimiga kiritilgan.

Tabiiy monopoliya sohalarida davlat iqtisodiy siyosatining eng ustuvor yoʻnalishlaridan biri ularni tarkibiy jihatdan qaytadan tashkil etish, yaʼni Tabiiy monopoliyalarni yanada samarali faoliyat koʻrsatishiga yordam beruvchi bozor munosabatlari iziga koʻchirish hisoblanadi. Tabiiy monopoliya subʼyektlari faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish Davlat qoʻmitasi nazorat qiladi (yana qarang Monopoliya, Monopoliyadan chiqarish).