Tabiiy geografik xaritalar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Tabiiy geografik xaritalar — tabiatda sodir boʻladigan voqea va hodisalar (tabiat komponentlari)ni alohida yoki ularning qonuniy uygʻunligini (geografik joylashish holatini hamda ular orasidagi oʻzaro bogʻlanishni) tasvirlovchi mavzuli xaritalar. Tabiiy hodisalar xaritalari deb ham yuritiladi. Geologik, geofizik, geokimyo, geomorfologik, meteorologik va iqlim, gidrologik (quruqlik suvlari), okeanologik (okean va dengiz suvlari), tuprok, geobotanik, zoogeografik va boshqa maxsus mavzuli xaritalar (mas., dengiz va dare navigatsiya xaritalari), shuningdek, landshaft xaritalari T.g.x.ning asosiy tiplari hisoblanadi. Tasvirlanayotgan hodisalarni ilmiy tadqiq etish usuli va mavzuini umumlashtirish darajasiga qarab analitik (mas., iqlimning alohida elementlari), kompleks (sinoptik, topografik xaritalar) va sintetik (iqlimni rayonlashtirish xaritalari) T.g.x.ga boʻlinadi. Foydalanish maqsadlariga koʻra, oʻquv xaritalari, ilmiymaʼlumotnoma, targʻibot va tashviqot, operativ xoʻjaliklar, navigatsiya, kadastr, yoʻllar, turistik va boshqa xaritalarga, tasvirlanayotgan maydoniga koʻra dunyo, yarim sharlar, materiklar, okeanlar, aloxida davlatlar, respublikalar, viloyatlar va boshqa maʼmuriy birliklar xaritalariga boʻlinadi. Aniq maqsadlar uchun ixtisoslashtirilgan xaritalar, tabiiy resurelardan oqilona foydalanish, tabiatni muhofaza qilish, tabiiy geografik bashorat va h.k. xaritalar ham ishlanmoqda. T.g.x. tuzishda dala kuzatishlari va maxsus sʼyomka (landshaft va boshqalar) materiallaridan, shuningdek, aero va kosmik suratlardan keng foydalaniladi. Tabiiy obʼyektlarning shakli, oʻlchamlari, sifat va miqdor tavsiyalari hamda dinamikasini har taraflama aks ettirishda mavjud barcha xaritagrafik usullardan foydalaniladi.

1963-yilda Oʻzbekistonning birinchi „Tabiiy geografik atlasi“, 1982—85 yillarda 2 kiyemdan iborat „Oʻzbekiston atlasi“ ilmiymaʼlumotnoma nashr etilgan. 1994—2004-yillarda Oʻzbekistonning 1:1000000 va 1:1500000 masshtabli devoriy tabiiy, ekologik, iklim va tabiatni muhofaza kilish xaritalari, 1:2000000 masshtabli Oʻrta Osiyo va Qozogʻistonning tabiiy oʻquv xaritasi nashr etildi. Mayda masshtabli atlas xaritalari yangilandi.




Inson haritalardan qadimdan foydalanib kelingan hozirda ham keng