Tabiiy geografik oʻlka

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Tabiiy geografik oʻlka - tabiiy geografik raionlashtirishning yirik birliklaridan. T.g .oʻ. yirik tabiiy hududiy majmua boʻlib, maydoni bir necha yuz ming km² dan mln. km²gacha boʻlishi mumkin. T.g .oʻ. koʻp hollarda makrorelyef tuzilishi jihatidan yaxlit boʻlib, Yer poʻstining yirik morfostrukturasi (platforma, plita, qalkon, burmali oʻlka)ga toʻgʻri keladi. Mas., Sharqiy Yevropa tekislik oʻlkasi, Oʻrta Sibir yassitogʻlik oʻlkasi, Oʻrta Osiyo tekislik oʻlkasi, Oʻrta Osiyo togʻli oʻlkasi va h.k. T.g .oʻ.larni aniqlashda orografik va morfostrukturaviy xususiyatlardan tashqari makroiqlim va atmosfera jarayonlarining makroregional xususiyatlari, kengliklar boʻylab mintaqalanish kabi xususiyatlar ham eʼtiborga olinadi.