Tabaqa pardoz

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Tabaqa Pardozdan yoʻnaltirildi)

Tabaqa pardoz - oʻymakorlikda pardoz turi; uyma gul — naqshlarni 2 yoki 3 qatlamli oʻymalar bilan pardozlash usuli. Oʻymalari uncha chuqur boʻlmasada, naqshlar hajmdor koʻrinishga ega boʻlib, ajoyib jozibadorlik hosil qiladi. Pardozlar ichida eng murakkabi boʻlgani uchun ustadan yuksak kasbiy mahorat talab etadi. Buxorolik ustalar Tabaqa pardoz usulini keng qoʻllaydi. Jumladan, Us t a Shirin Murodov Tabaqa pardozning imkoniyatlaridan mahorat bilan foydalanib, jozibador naqsh mujassamotlari yaratgan.