Kontent qismiga oʻtish

Taʼziya

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Taʼziya (arabcha: تعزية‎ — yupatish, hamdardlik bildirish) — azador kishiga tasalli berish, ahvol soʻrash odati. Taʼziyada marhumning oila aʼzolari va yaqinlariga qarindoshlari, doʻst-yorlari, qoʻshnilari, hamkasblari tomonidan hamdardlik bildiriladi. Islomda taʼziya bildirish savob ishlardan hisoblanadi. Vafot etgan birodarga eng kerakli va foydali narsa uni duo qilishdir. Janoza va taʼziyadan maqsad aynan shunday duodir. Taʼziyaning muddati va adadi 3 kun ichida bir bor taʼziya bildirish, mabodo buning iloji boʻlmasa, soʻng bildirsa ham boʻladi. Kimsaning vafoti haqidagi yozma xabar — taʼziyanoma (nekrolog), motam marosimi oʻtkazilayotgan xonadon — taʼziyaxona, motam tutgan, azador kishi — taʼziyachi deyiladi[1].

  1. „Taʼziya“, Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (T-harfi). Toshkent: „Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi“ Davlat ilmiy nashriyoti, 2000–2006-yillar.