Ta'lim uchun Xalifa mukofoti

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Ta'lim uchun Xalifa mukofoti - Birlashgan Arab Amirliklari prezidenti va Abu Dabi hukmdori Xalifa bin Zoid Ol Nahayon tomonidan asos solingan ta'lim mukofoti hisoblanadi. Ushbu mukofot BAA va arab dunyosida ta'lim sohasini qamrab olgan barcha toifalarini o'z ichiga oladi.

Ushbu mukofot,jamiyatdagi o'qituvchi murabbiylarning innovatsion imkoniyatlarini ochib berishga va ularning ta'lim qobiliyatlarini e'tirof etishga yordam berish, sog'lom raqobatda ustunlik qilishlari uchun qulay shart-sharoit yaratish orqali o'qituvchilarning potentsial imkoniyatlarini yanada oshirishga qaratilgan. Mukofot Birlashgan Arab Amirliklari Prezidenti Shayx Xalifa bin Zoid Ol Nahayon homiyligi asosida ta’sis etilgan va Abu-Dabi valiahdi, BAA Oliy qo‘mondoni o‘rinbosari Shayx Muhammad bin Zoid Ol Nahayonning doimiy kuzatuvi ostida bo'ladi. Qurolli kuchlar va Bosh vazir o'rinbosari, Prezident ishlari vaziri va Ta'lim bo'yicha Xalifa mukofotining Vasiylar kengashi raisi Shayx Mansur bin Zoid Al Nahayonning doimiy rahbarligi ostida ushbu mukofot topshiriladi. Ushbu yo'nalishlarga muvofiq, Mukofotning Vasiylar kengashi, uning Bosh kotibiyati va Ijroiya qo'mitasi BAAda ham, keng arab dunyosida ham ta'lim sohasida ishlaydigan barcha toifalarni o'z ichiga olishga qaror qildi. Mukofot mahalliy darajadagi quyidagi toifalarni o'z ichiga qamrab oladi: Umumiy o'rta ta'lim; Maxsus ehtiyojli odamlar uchun yaratilgan ta'lim; Bilim tarmoqlarini yaratish; Yangi media va ta'lim; Ta'lim va barqaror atrof-muhit; Ta'lim va jamoat xizmati.

Birlashgan Arab Amirliklaridad va butun arab dunyosida beshta umumiy ta'lim toifalari mavjud bo'lib, ular quyidagilarni tashkil qiladi: Oliy ta'lim; Ta'lim tadqiqotlari; Loyihalar va innovatsion taʼlim dasturlari, bolalar uchun taʼlim muallifligi va mukofot homiysi, Birlashgan Arab Amirliklari Prezidenti Shayx Xalifa bin Zoid Ol Nahayon haqida yozma akademik ish.

Ushbu mukofotdan ko'zlangan asosiy maqsad nafaqat BAAda balki umuman arab dunyosida ta'lim sohasining rivojlanishini rivojlantirish va rag'batlantirishdan iborat bo'lib, mukofot kengashi va Bosh kotibiyatning ushbu ikkala soha bir-birini to'ldiradigan soha ekanligiga ishonch bildirishadi. Ta'lim bo'yicha Xalifa mukofoti tashkil etilganidan beri, kashshof muassasa sifatida, mukammallik va innovatsiya madaniyatini targ'ib qilish va ta'lim sohasidagi taniqli ko'nikmalarni nishonlashga sodiqdir.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yana qarang[tahrir | manbasini tahrirlash]