Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti Olmaliq filiali

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti Olmaliq filiali
(TDTUOF)
Asos solingan 2017-yil, 27-iyul
Oʻquv yurti turi Universitet
Yoʻnalish Texnika
Sohasi Muhandislik
Rektori Samadov Alisher Usmanovich
Talabalari 6000 dan ziyod
Fakultetlar

Metallurgiya va kimyoviy texnologiyalar

Konchilik ishi

Energetika va mashinasozlik
Bakalavriat 4 yil
Magistratura 2 yil
Manzili Toshkent viloyati, Olmaliq shahri, Mirzo Ulug'bek ko'chasi, 45-uy
Vebsayti tdtuof.uz


Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti Olmaliq filiali — Oʻzbekiston oliy oʻquv yurtlarining filiallaridan biri.[tahrir | manbasini tahrirlash]

Tarix[tahrir | manbasini tahrirlash]

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 27-iyul №3153-son  “Toshkent viloyatida sanoat-ishlab chiqarish sohasi uchun muhandis-texnik kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Qaroriga muvofiq Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti Olmaliq filiali tashkil etildi. Ushbu qarorga muvofiq filialda “Konchilik ishi va metallurgiya”, “Energetika va mashinasozlik” fakultetlari faoliyat boshladi. Bugungi kunda “Konchilik ishi va metallurgiya” fakulteti “Konchilik ishi”, “Metallurgiya”, “Konchilik elektr mexanikasi”, “Umumkasbiy va lqtisodiy fanlar” kafedralarini, Energetika va mashinasozlik fakulteti esa “Elektr texnikasi va elektr mexanikasi”, “Kimyoviy texnologiya”, “Mashinasozlik texnologiyasi” kafedralarini oʻz ichiga oladi. Ayni vaqtda kunduzgi boʻlimda “Mashinasozlik texnologiyalari”, “Konchilik ishi”, “Metallurgiya”, “Elektr texnikasi va elektr mexanikasi”,  “Kimyoviy texnologiya”, “Konchilik elektr mexanikasi” kabi bakalavriat ta’lim yoʻnalishlari boʻyicha mutaxassislar tayyorlanmoqda. SHuningdek, oliygohimizda kechki va sirtqi boʻlimlar ham tashkil etilib, ushbu boʻlimlarda 2003 nafarga yaqin talaba tahsil olmoqda. Albatta, bugungi kun talabidagi kadrlar tayyorlashni zamonaviy laboratoriya jihozlarisiz tasavvur etib boʻlmaydi. Mazkur masalada TDTU Olmaliq filiali uchun xarid qilinishi yuzasidan 6 nomdagi, jumladan metallurgiya, elektrotexnika va elektronika asoslari, kimyoviy texnologiya, gelogiya, gidrologiya va gidrogelogiya, mashinasozlik hamda favqulodda holatlar xavfsizlgi, mehnat muhofazasi va hayot faoliyati xavfsizligi sohalariga oid oʻquv-laboratoriyalarini xarid qilingan. Filialda faoliyat olib borayotgan barcha professor-oʻqituvchilarning oʻz ilmiy-tadqiqot yoʻnalishlari mavjud boʻlib, ular belgilangan muddatlarda ilmiy maqola, oʻquv-uslubiy qoʻllanma va darsliklarni chop etib kelmoqda. Shuningdek, tadqiqot doirasidagi dissertatsiya himoyalarini muvaffaqiyatli oʻtkazishmoqda. Oʻtgan yilda to‘rt nafar professor-oʻqituvchi oʻz dissertatsiyalarini ana shunday muvaffaqiyat bilan himoya qilib, falsafa doktori(PhD) ilmiy darajalariga ega boʻlishdi. Joriy yilda esa yana toʻrt nafar professor oʻqituvchilarning ilmiy-tadqiqot ishlari oxiriga etkazilib, dissertatsiya himoyalarini oʻtkazish asosiy maqsad sifatida belgilangan. Iste’dodli professor –oʻqituvchilarimizning har biri talaba-yoshlarning kamol topishi, jamiyatda munosib oʻrin egallashida bor bilim va tajribasini oʻrgatib, ma’nan boy avlodlar boʻlib ta’lim-tarbiya olishlarida beqiyos hissa qoʻshib kelmoqda. Bilamizki, ta’lim-tarbiya har bir davlatning nafaqat bugunida, balki ertasida ham muhim masala sanaladi. Shu boisdan, talaba yoshlarimizning dunyoqarashini yuksaltirish, huquqiy savodxonligini oshirish, respublikamizda olib borilayotgan siyosiy, huquqiy, ijtimoiy va iqtisodiy sohalarda amalga oshirilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyatini toʻlaqonli tushuntirish, Vatanga muhabbat ruhida tarbiyalash, ular oʻrtasida huquqbuzarlik, jinoyatchilik, diniy ekstremistik oqimlar, missionerlik kabi illatlarga qarshi kurashish, oʻqish va darsdan boʻsh vaqtlarini samarali tashkil etish professor-oʻqituvchilarimizning doimiy e’tiboridadir.

Kafedralar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • METALLURGIYA VA KIMYOVIY TEXNOLOGIYALAR FAKULTETI

MUTAXASSISLIK KAFEDRALARI

  1. Metallurgiya kafedrasi
  2. Kimyoviy texnologiya kafedrasi

NOMUTAXASSISLIK KAFEDRALARI

  1. Kimyo va fizika kafedrasi
  2. Ijtimoiy gumanitar fanlar va jismoniy tarbiya kafedrasi
  • KONCHILIK ISHI FAKULTETI

MUTAXASSISLIK KAFEDRALARI

  1. Konchilik ishi kafedrasi
  2. Konchilik elektr mexanikasi kafedrasi

NOMUTAXASSISLIK KAFEDRALARI

  1. O‘zbek tili va adabiyoti  kafedrasi
  2. Umumkasbiy va iqtisodiy fanlar kafedrasi
  • ENERGETIKA VA MASHINASOZLIK FAKULTETI

MUTAXASSISLIK KAFEDRALARI

  1. Elektr texnikasi va elektr mexanikasi kafedrasi
  2. Mashinasozlik texnologiyasi kafedrasi
  3. Texnologik mashinalar va jihozlar kafedrasi  

NOMUTAXASSISLIK KAFEDRASI

  1. Matematika va informatika kafedrasi

Fakultetlar haqida ma'lumotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

METvaKT
METALLURGIYA VA KIMYOVIY TEXNOLOGIYALAR FAKULTETI

Metallurgiya va kimyoviy texnologiyalari fakulteti

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil “Toshkent viloyatida sanoat ishlab chiqarish soxasi uchun muhandis texnik kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3153-sonli qaroriga asosan, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining 2017 yil 4-avgustdagi 516-sonli buyrug‘i hamda Islom Karimov nomidagi TDTU rektorining 2017 yil 4-avgustdagi 01/9-05-520-sonli buyrug‘iga binoan Olmaliq shahrida Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti Olmaliq filiali tashkil qilindi. Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti Olmaliq filialida Kengashining 2022-yil 14-iyundagi 10-sonli qaroriga asosan “Metallurgiya va kimyoviy texnologiyalar” fakulteti tashkil etildi. 2022-yil 5-sentabrdan bugungi kungacha DSc. D.X.Mirxamitova fakultet dekani lavozimida faoliyat yuritmoqda.

“Metallurgiya kafedrasi” TDTU OF ilmiy Kengashining 2017 yil 7.08 dagi №10-sonli qarori asosida o‘z faoliyatini boshlagan. Metallurgiya kafedrasiga joriy yilda 19,75 shtat ajratilgan. Hozirgi kunda asosiy shtatda 1 nafar professor, 1 ta kafedra mudiri, 1 ta dotsent, 3 ta dotsent v.b., 2 ta katta o‘qituvchi va 7 ta assistent, ichki o‘rindoshlik asosida 2 ta professor, 1 ta dotsent, 3 ta katta o‘qituvchi, 5 ta assistent, tashqi o‘rindoshlik asosida 1 ta professor, 1 ta katta o‘qituvchi faoliyat yuritib kelmoqda. Ilmiy salohiyat hozirgi kunda 46,67% tashkil etmoqda.

“Kimyoviy texnologiya” kafedrasi TDTU OF ilmiy Kengashining 2017 yil 7.08 dagi №10-sonli qarori asosida o‘z faoliyatini boshlagan. Kafedrada asosiy shtatda 11 nafar professor-o‘qituvchi faoliyat yuritadi. Ulardan 6 nafari ilmiy darajaga ega hisoblanadi. Ilmiy saloxiyat 54.54%.

“Kimyo va fizika” kafedrasi TDTU OF Ilmiy Kengashining 2022 yil 8.08 dagi №10-sonli qarori asosida o‘z faoliyatini boshlagan. Kafedrada asosiy shtatda 15 nafar professor-o‘qituvchi faoliyat yuritadi. Ulardan 6 nafari ilmiy darajaga ega hisoblanadi. Ilmiy saloxiyat 40 %.

“Ijtimoiy-gumanitar fanlar va jismoniy tarbiya” kafedrasi TDTU OF ilmiy Kengashining 2017 yil 7.08 dagi №10-sonli qarori asosida nomutaxassis kafedra hisoblanadi. Filial miqyosida barcha yo‘nalish talabalariga “O‘zbekistonning eng yangi tarixi”, “Falsafa”, “Kasbiy psixologiya”, “Dinshunoslik”, “Muxandislik psixologiyasi” fanlaridan dars mashg‘ulotlari olib borishadi. Kafedrada asosiy shtatda 12 nafar professor-o‘qituvchi faoliyat yuritadi. Ulardan 5 nafari ilmiy darajaga ega hisoblanadi. Ilmiy saloxiyat 42%.

KI
KONCHILIK ISHI FAKULTETI

Konchilik ishi fakulteti

Оʻtgan asrning 50-yillarida Оʻzbekistonda yirik foydali qazilma konlari aniqlanib, ularni qazib olish, boyitish fabrikalari hamda metallurgiya zavodlarining qurilishi rejalashtirilgan bоʻlib, 60-yillarda ushbu rejani amalga oshirish ishlari boshlab yuborildi.
Jumladan, Olmaliq kon-metallurgiya kombinati, “Оʻzbekoltin” birlashmasiga qarashli Chodak, Angren, Marjonbuloq konlari va rudalarini boyitish fabrikalari, keyinroq esa Navoiy kon-metallurgiya kombinatlari tashkil topdi. Bu davrda Bekobod metallurgiya zavodi, Chirchiq оʻtga chidamli va qiyin eruvchi metallar (volform va molibden) ishlab chiqrishga mоʻljallangan kombinat faoliyat kоʻrsatib kelayotgan edi. Ushbu konlarda, fabrikalarda zavodlarda ishlash uchun mutaxassislar-injener konchilar, boyituvchilar hamda metallurglar tayyorlash davr talabiga aylangan edi. Bu vazifa bilan Toshkent politexnika instituti (Hozirgi Toshkent davlat texnika universiteti) Konchilik fakulteti shugʻullanar edi.
1961- yil Olmaliq shahrida kechki Olmaliq kon-metallurgiya fakulteti ochilib, ishlab chiqarishdan ajralmagan holda talabalar tahsil ola boshladi. Fakultet dekani etib, dotsent U.A. Isomuxammedov, dekan muovini etib I.Inagamov tayinlandi.
Sobiq Sovet davlat rahbarining (N.S. Xrushchev) “Oliy оʻquv yurtlari ishlab chiqarish korxonalariga yaqin hududlarga kоʻchirilsin” degan qarorga binoan Toshkent politexnika instituti tarkibidagi kunduzgi kon-metallurgiya fakulteti 1963-yil sentabrida Olmaliq shahriga kоʻchiriladi.
Fakultet Olmaliqqa kоʻchirilgandan keyin U.A.Isomuxammedov оʻquv ishlari bоʻyicha prorektor lavozimiga оʻtkazilib, Olmaliqdagi fakultetga dotsent Xoroshev dekan etib tayinlandi, dekan muovini etib, I. Inogamov tayinlandi. 2-3 yildan keyin esa Xoroshevning оʻrniga, I.Inogamov dekan etib tayinlanadi.
1967-yil sentabrda Olmaliq kon-metallurgiya fakultetining kunduzgi bоʻlimi qayta Toshkentga kоʻchiriladi. Olmaliq shahrida esa, ToshPIning kechki “Olmaliq kon-metallurgiya fakulteti” tashkil qilinib, kechki bоʻlimida оʻqiydigan talabalar qoldirildi. Mutaxassislik kafedralari “Rangli metallar metallurgiyasi”, “Foydali qazilmalarni ochiq usulda qazib olish texnologiyasi” va boshqa kafedralar “Sikl”ga aylantirilib, Toshkentdagi kon-metallurgiya fakultetining mutaxassislik kafedralari tasarrufida qoldiriladi. Kechki Olmaliq kon-metallurgiya fakulteti tarkibida mustaqil kafedra sifatida “Foydali qazilmalarni boyitish”, “Marksizm-leninizm”, “Umummuhandislik”, “Chet-tillari” hamda “Sanoat qurilish” kafedralari tashkil qilingan edi.”Foydali qazilmalarni boyitish” kafedrasiga oldin dotsent V.N. Chazov keyinroq M.Asqarov rahbarlik qilganlar.
1967-1976-yillarda texnika fanlari nomzodi Djaymagambetov D.S. dekan vazifasida ish yuritdi.
1976-1981-yillar Olmaliq KMF yana texnika fanlari nomzodi, dotsent Ilhom Inagʻamovich I.I.dekan vazifasida ish yuritdi.
1981-1993-yillarda texnika fanlari nomzodi, dotsent Yusupxodjaev A.A. dekan vazifasida ish yuritdi.
1993-1995-yillarda texnika fanlari nomzodi, dotsent Xolmatov M.M. dekan vazifasida faoliyat olib bordi.
1995-yili Prezident qarori bilan Oliy оʻquv yurtlarining viloyatlardagi kechki bоʻlim va fakultetlari hamda filiallari tugatildi. Shu jumladan Olmaliq fakulteti ham.
2001-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi sanoatining tez rivojlanayotgan kon-metallurgiya sohasi, asosan Olmaliq togʻ-metallurgiya kombinatini xamda Respublika sanoatining togʻ-metallurgiya sohasini malakali kadrlar bilan ta’minlash maqsadida Navoiy davlat konchilik instituti tarkibida Olmaliq kon-metallurgiya fakulteti tashkil etildi.
Olmaliq kon-metallurgiya kombinati bosh direktori va Olmaliq shahar hokimining takliflarini inobatga olinib hamda ta’lim muassasalariga qabil qilish bоʻyicha Davlat komissiyasining 2001-yil 18-iyuldagi 4-sonli majlisi bayonnomasi, Navoiy davlat konchilik instituti Rektorining 2001-yil 2-avgustdagi 1/68 –sonli buyrugʻiga binoan Olmaliq shahrida Navoiy davlat konchilik institutining kunduzgi Olmaliq kon-metallurgiya fakulteti ochilgan.
Oʻsha vaqtda fakultetni tashkil qilishda quyidagi insonlar tashabbus koʻrsatishgan:
Rossiya konchilik fanlari akademiyasi akademigi, texnika fanlari doktori B.R.Raimjonov, texnika fanlari doktori N.I.Kucherskiy, texnika fanlari doktori Q.S.Sanaqulov, texnika fanlari doktori, professor S.A.Abduraxmanov, texnika fanlari doktori YU.J.Norov, texnika fanlari doktori Oʻ.F.Nosirov, dotsent R.M.Qarshiev, dotsent Y.P.Isomatov, dotsent A.M.Mutalova va texnika fanlari doktori A.S.Xasanovlar.
2001-2012-yillarda A.S.Xasanov dekan vazifasida faoliyat yuritdi.
2012-2013 yillarda dotsent T.V.Botirov
2013-2017 yillarda dotsent D.B.Xoliqulov OKMF dekani vazifasida faoliyat yuritdilar. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning oxirgi yillarda Toshkent viloyatida ishlab chiqarish va sanoat sohasini, rivojlantirish, shuningdek sanoatning tegishli boʻlimlarida va qolaversa Respublika sanoatini asosiy sohalariga malakali kadrlar tayyorlash va taʻminlash uchun 2017-yil 27 iyuldagi № PQ-3153 Qaroriga asosan Olmaliq shahrida “Navoiy davlat konchilik instituti Olmaliq kon-metallurgiya fakulteti” negizida Islom Karimov nomidagi Toshkent Davlat Texnika Universiteti Olmaliq filiali ochildi.
2017yil Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti Olmaliq fililalida 2 ta “Konchilik ishi va metallurgiya” hamda “Energetika va mashinasozlik” fakultetlari tashkil qilindi.
“Konchilik ishi va metallurgiya” fakultetida 2019-yil avgustgacha Abdusattorov D.N dekan vazifasini vaqtincha bajaruvchi sifatida faoliyat ko’rsatdi.
2019-yil sentyabrdan buyon “Konchilik ishi va metallurgiya” faklteti dekani vazifasida dotsent Y.P. Isomatov faoliyat ko’rsatmoqda.

EVAM
METALLURGIYA VA KIMYOVIY TEXNOLOGIYALAR FAKULTETI

Energetika va mashinasozlik fakulteti

1958-1961-yillar Toshkent politexnika institutining (ToshPI) Olmaliqda ochilgan maslahat maskaniga shahar reja qoʻmitasi raisi YU.S.Petrosov rahbar etib tayinlangan.
XX asrning 50-yillarida Oʻzbekistonda yirik metallurgiya zavodlarining qurilishi rejalashtirilgan boʻlib, 60-yillarda ushbu rejani amalga oshirish ishlari boshlab yuboriladi. Jumladan, Olmaliq kon-metallurgiya kombinati, “Oʻzbekoltin” birlashmasiga qarashli Chodak, Angren, Marjonbuloq oltin saralash fabrikalari, keyinroq esa Navoiy kon-metallurgiya kombinatlari qurildi. Bu davrda Bekobod metallurgiya zavodi, CHirchiq oʻtga chidamli va qiyin eruvchi metallar (volьfram va molibden) ishlab chiqarishga moʻljallangan kombinat faoliyat koʻrsatib kelayotgan edi. Ushbu zavodlarda ishlash uchun mutaxassislar – injener metallurglar tayyorlash davr talabiga aylangan edi. Bu vazifa Toshkent politexnika instituti (Xozirgi Toshkent davlat texnika universiteti) tarkibidagi Konchilik Fakultetiga yuklatiladi. Shu munosabat bilan 1961-yili Olmaliq shahrida kechki, 1962-yili Toshkentda kunduzgi boʻlimga “Rangli metallar metallurgiyasi” ixtisosligi boʻyicha abiturientlar qabul qilinib, injener metallurglar tayyorlash boshlab yuboriladi. Fakultet dekani dots. U.A. Isomuxammedov, dekan oʻrinbosari I.I.Inagʻamov boʻlgan. Rahbariyatning “Oliy oʻquv yurtlari ishlab chiqarish korxonalariga yaqin joylarga koʻchirilsin” degan buyrugʻiga binoan Toshkent politexnika instituti tarkibidagi kon-metallurgiya Fakulteti 1963-yil sentyabrida Olmaliq shahriga koʻchiriladi. Fakultet Olmaliqqa koʻchirilgandan keyin U.A. Isomuxammedov oʻquv ishlar boʻyicha prorektor lavozimiga oʻtkazilib, Olmaliqdagi fakultetga 1961-yil A.P.Turchits tayinlandi.
1963-1967-yillari Olmaliq kon metallurgiya fakultetining kunduzgi, kechki, sirtqi boʻlimlari tashkil etildi va texnika fanlari nomzodi, dotsent Ilhom Inagʻamovich Inagʻamov dekan vazifasida ish yuritdi.
1967-yilda Olmaliq kon metallurgiya fakultetining kunduzgi boʻlimi ToshPIga oʻtkazildi kechki, sirtqi boʻlimlarda Olmaliqda foliyat olib borildi.
1967-1976-yillarda texnika fanlari nomzodi Djaymagambetov Djetis Satxalievich dekan vazifasida ish yuritdi.
1976-1981-yillar Olmaliq KMF yana texnika fanlari nomzodi, dotsent Ilhom Inagʻamovich Inagʻamov dekan vazifasida ish yuritdi.
1981-1993-yillarda texnika fanlari nomzodi, dotsent Yusupxodjaev Anvar Abdullaevich dekan vazifasida ish yuritdi.
1993-1995-yillarda texnika fanlari nomzodi, dotsent Xolmatov Miraxmad Maxamadovich dekan vazifasida faoliyat olib bordi.

Olmaliq kon metallurgiya fakultetida 1961-1995-yillarda ishlagan professor -oʻqituvchilar B.A. Stepanov V.N.CHazov, R.SHaripkulov, B.V.Popova, V.Ivanova, N.Nexoroshov, A.Zubkov, L.CHazova, M.I.SHupak, S.Abduraxmanov, M.Askarov, A.YUsupxodjaev, A. Mutalov, M.Abduraxmonov, M.Mutalova, T.Maxmadiyorov, M.Xolmatov, M.YAkubov, A.Xasanov kabi mutaxassislar talabalarga saboq berganlar.

1995-yilda Olmaliq kon metallurgiya fakulteti Olmaliq davlat texnika kollejiga aylantirildi.
2000-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi sanoatining tez rivojlanayotgan kon-metallurgiya sohasi, asosan Olmaliq togʻ-metallurgiya kombinatining tegishli boʻlimlarini va qolaversa Respublika sanoatining togʻ-metallurgiya sohasini tayyorlangan malakali kadrlar bilan ta’minlash uchun Navoiy davlat konchilik instituti tarkibida Olmaliq kon-metallurgiya fakulteti tashkil etildi. Oʻsha vaqtda fakultetni tashkil qilishda quyidagi insonlar tashabbus koʻrsatishgan: Rossiya konchilik fanlari akademiyasi akademigi, texnika fanlari doktori B.R.Raimjonov, texnika fanlari doktori N.I.Kucherskiy, texnika fanlari doktori Q.S.Sanaqulov, texnika fanlari doktori, professor S.A.Abduraxmanov, texnika fanlari doktori YU.J.Norov, texnika fanlari doktori Oʻ.F.Nosirov, dotsent R.M.Qarshiev, dotsent A.M.Mutalov va Fakultetning birinchi dekani texnika fanlari doktori A.S.Xasanovlar.
Navoiy davlat konchilik instituti rektorining 02.08.2001-yildagi №1/68 sonli buyrugʻi bilan Olmaliq kon-metallaurgiya fakulteti ochilgan. 2001-yilda birinchi bosqichga talabalar oʻqishga qabul qilingan.

Professorlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Shakarov Berkin Shakarovich - tarix fanlari doktori,  Islom Karimov nomidagi TDTU Olmaliq filiali Konchilik ishi kafedrasi professori

O‘zbekiston Respublikasida faoliyat olib borayotgan ko‘plab konchi-muhandislarning ustozi, o‘z ishining ustasi, hayot faoliyati davomida davlatimizning ham iqtisodiy, ham ijtimoiy yuksalishiga o‘zining munosib hissasini qo‘shgan salohiyatli muhandis Shakarov Berkin Shakarovich 1937 yil 7 fevralda Samarqand viloyati, G‘alla-orol tumani, Qo‘ytosh qishlog‘ida tug‘ilgan.  1954 yil shu qishloqdagi 4-sonli o‘rta maktabni a’lo baholar bilan tamomlagan. Shundan so‘ng Shakarov Berkin Shakarovich o‘z  bilimlarini yanada oshirish, yetuk mutaxassis bo‘lishi maqsadida oliy ta’lim muassasasiga yo‘l oladi.

1954 yil 1 sentabrda O‘rta Osiyo politexnika instituti Konchilik fakulteti talabalari safiga qabul qilindi. 1959 yil iyul oyida mazkur institutni tamomlab, “Foydali qazilma konlarini qazib olish” mutaxassisligi bo‘yicha kon injeneri diplomini olgan. 1959 yil 23 sentabrdan boshlab  Berkin Shakarovich Buxoro viloyati, Navoiy shahri pochta va yashik №3 korxonasida, yo‘llanma asosida, avvalo ochiq kon ishlarida burg‘ulovchi, keyinchalik ishlab chiqarish-texnik bo‘limida injener bo‘lib ish faoliyatini boshlagan.1960 yil avgust oyida  esa Buxoro viloyati, Tamdi tumani, Uchquduq shaharchasi 11-pochta va yashik korxonasi, 7-kon (rudnik) kon ustasi lavozimida ishlay boshladi.

1960 yil yanvar oyida Shakarov Berkin Shakarovich  Buxoro viloyati, Navoiy shahar komsomol komitetining 1-kotibi qilib saylandi. Shu vaqtda boshlab ustozimiz  faoliyatida yana bir yangi sahifa ochiladi. 1965 yil iyun oyida Shakarov Berkin Shakarovichga yuksak ishonch bildirildi, u  Buxoro viloyati, Zarafshon shahri, pochta va yashik №20 korxonasi, Muruntov tajriba kareri boshlig‘i qilib tayinlanadi. 1965 yil oktyabr  oyidan boshlab pochta va yashik №20 korxonasida  Texnika xavfsizligi  bo‘limi boshlig‘i, keyinchalik ishlab chiqarish texnik bo‘limi yetakchi injeneri vazifasida ishladi. 1967 yil yanvaridan boshlab Shakarov Berkin Muruntov karerida kon ishlarini boshlashga tayyorgarlik ishlari bilan shug‘ullandi. Shu vaqtda Uchquduqdan keltirilgan eKG-4.6 rusumli ekskovatorini va SBSh-200 rusumli sharoshkali burg‘ilash stanogining montaj ishlarini tugatib, Muruntov kareriga buldozerlar yordamida haydab kelindi.

Shunday qilib 1-portlatish ishlari Muruntov karerida Shakarov Berkin Shakarovich  boshchiligida 1967 yil 5 martda amalga oshirildi. Aynan mana shu sana davlatimiz oltin zahiralari tarixida alohida o‘ringa ega hisoblanadi.  O‘zbekiston Respublikasining bugungi kunda “Oltin sandig‘i” hisoblangan Muruntov konida ma’dan jinslarini qazib olish ishlari yuksak tajribaga va o‘ziga xos kasbiy mahoratga ega konchi muhandis  Berkin Shakarovich boshchiligida boshlangan.

1968 yil 30 yanvarda Shakarov Berkin Shakarovich Buxoro viloyati, Navoiy shahar Kommunistik partiya komitetining 2-kotibi qilib saylandi. Shu lavozimda u 1973 yil aprel oyigacha  ish olib bordi. 1973 yil aprel oyida Buxoro viloyati, Navoiy shahar xalq deputatlari kengashi ijroiya komiteti raisi lavozimiga saylanib, o‘z faoliyatini  davom ettirdi. 1975 yil 1 sentabrdan Moskvada sovet ittifoqi kommunistik partiya markaziy komiteti qoshidagi ijtimoiy fanlar akademiyasi, partiya qurilish kafedrasi aspiranturasida o‘qidi va 1978 yil iyun oyida nomzodlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli yoqlab, tarix fanlari nomzodi unvoniga sazovor bo‘ldi.

Shakarov Berkin Shakarovich  o‘qishdan qaytib kelgandan keyin 1978 yil avgust oyida Buxoro viloyati Buxoro shahar xalq deputatlari kengashi ijroiya komiteti raisi etib saylandi. Shu lavozimda u 1981 yil iyun oyigacha ishladi.

Shundan so‘ng O‘zbekiston Kommunistik partiyasi Markaziy Komiteti o‘quv muassasalari va fan bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari lavozimida ishladi. U 1982 yil iyul oyida Jizzax viloyati Kommunistik partiyasi viloyat komitetining kotibi lavozimiga saylanadi va 1984 yil may oyigacha faoliyat yuritdi.

1984 yil may oyidan 1991 yil sentabr oyigacha O‘rta Osiyo pediatriya tibbiyot institutida sovet ittifoqi kommunistik partiyasi kafedrasi mudiri lavozimida ishladi. Shu vaqt mobaynida  Berkin Shakarovich  doktorlik dissertatsiyasini himoya qildi va 1991 yil iyun oyida tarix fanlari doktori unvoniga sazovor bo‘ldi.

B.Sh.Shakarov 1991 yil sentabr oyidan 1999 yilgacha Jizzax viloyatida Toshkent Politexnika instituti qoshidagi injener-texnik xodimlarning malakasini oshirish instituti Marjon buloq filiali direktori, G‘alla-orol tumani Qo‘ytosh koni direktori, Marjon buloq oltin qazib olish konining bosh muhandisi lavozimlarida ishladi. 1999 yil yanvar oyidan boshlab   Olmaliq kon-metallurgiya kombinati boshqarmasida texnika xavfsizligi bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari, 1999 yil iyundan  Qalmoqqir koni bosh muhandisi lavozimida ishladi.

Shakarov Berkin Shakarovich  Qalmoqqir koni bosh muhandisi sifatida konning rivojlanishiga katta hissa qo‘shdi. Uning boshchiligida burg‘ulash, portlatish ishlarining samadorligini oshirishda katta ijobiy o‘zgarishlar,  temir-yo‘l transportidan foydalanish, ekskovatorlarning unumdorligini oshirish kabi qator texnologik ishlar amalga oshirildi.

2007 yil 1 oktabrdan 2015 yil 1 avgustgacha o‘z faoliyatini Olmaliq kon-metallurgiya kombinat boshqarmasi konchilik ishlari bo‘limida 1-darajali tog‘ injeneri lavozimida davom ettirdi. Shu vaqt ichida ustoz tomonidan Qalmoqqir va Sari-Cho‘qqi karerini modernizatsiyalash loyihalarining texnologik qismlari ishlab chiqildi va uning ishtirokida amalga oshirildi. Buning natijasida Qalmoqqir koni yillik ishlab chiqarish quvvati 26,5 mln. tonnadan 30 mln. tonnagacha ko‘paydi. Sari-cho‘qqi kareri yillik ishlab chiqarish quvvati 1 mln. tonna rudaga oshdi.

2015 yil 18 sentyabrda Shakarov Berkin Shakarovich Novoiy kon-metallurgiya kombinati davlat unitar korxonasi Navoiy  davlat konchilik instituti Olmaliq kon-metallurgiya  fakulteti Konchilik ishi kafedrasi mudiri lavozimida talaba yoshlarga sohaning sir-asrorlarini o‘rgatish va yetuk muhandis kadrlar tayyorlashdek sharafli faoliyatni bajarishga kirishdi. 2017 yil davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan mazkur oliy ta’lim muassasasi o‘rnida tashkil etilgan Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti Olmaliq filiali Konchilik ishi va metallurgiya fakulteti Konchilik ishi kafedrasida hozirgi kunda professor lavozimida  mehnat faoliyatini yuritmoqda. O‘z kasbining yetuk mutaxassisi, jonkuyar ustoz Shakarov Berkin Shakarovich talaba yoshlar uchun o‘qish davomida zarur bir qancha o‘quv qo‘llanmalarini yaratdi.  Shuningdek, xalqaro va  respublika ilmiy jurnallarida chop etilgan ilmiy maqolalarning muallifi hisoblanadi.

Shakarov Berkin Shakarovich 4 o‘g‘ilning otasi, 5 nafar nevaraning suyukli buvasi.Ustozning farzandlari ham bugungi kunda davlatimizning o‘ziga xos salohiyatiga ega bo‘lgan ishlab chiqarish birlashmasi hisoblangan Olmaliq kon-metallurgiya kombinati AJ da mas’ul lavozimlarda ishlab kelmoqda. Qariyb 85 yoshni qarshi olgan ustoz Shakarov Berkin Shakarovich bugungi kunda ham Konchilik ishi kafedrasi jamoasining ilmiy va pedagogik ishlariga bosh-qosh bo‘lib kelmoqda.Ustozning shogirdlari  respublikamizning turli ishlab chiqarish korxonalarida shuningdek, Konchilik ishi kafedrasida o‘zining ilmiy izlanishlarini Shakarov Berkin Shakarovichning maslahat-u o‘gitlari ostida olib borishmoqda.

Soyib
Soyib Abduraxmanov
Soyib Abduraxmanov - texnika fanlari doktori, Professor - Islom Karimov nomidagi TDTU Olmaliq filiali Metallurgiya kafedrasi professori

O‘zbekiston metallurgiya sanoatining bilimdoni, sohaning yetuk mutaxassis olimi sifatida Soyib Abduraxmonov ilm-fanda o‘ziga xos maktab yaratgan ustozlardan hisoblanadi.  1945 yil Andijon viloyati Shahrixon tumanida oddiy ishchi oilasida tug‘ilgan S.Abduraxmonov 1961-1966 yillar davomida O‘rta Osiyoda eng nufuzli oliy o‘quv dargohi - Toshkent politexnika instituti talabasi sifatida ilm-fan sari birinchi qadamlarini qo‘yadi.

1966-1971 yildan ToshPIning Rangli metallar metallurgiyasi kafedrasida o‘rganuvchi assistent,1973yildan katta o‘qituvchi, 1976 yildan dotsent lavozimlarida ishlay boshladi. U 1977 yildan 1995 yilgacha uzluksiz ravishda kafedra mudiri lavozimlarida faoliyat olib bordi. 1972 yilda “Oqava suvlar tarkibidagi simobni ionli flotatsiya usulida ajratib olish” mavzusida fan nomzodligi dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qildi.

1996 - 1997 yillarda NKMKga qarashli tashkilotlardan o‘nlab yangi zamonaviy yarim sanoat miqyosida ilmiy tajribalar olib borishni ta’minlay oluvchi jihozlar institutga keltirilib ishga tushirilishida S.Abduraxmonovning sa’’y-harakatlarini alohida ta’kidlash joiz. “O‘zbekiston konchilik xabarnomasi” ilmiy-texnik jurnalini tashkil qilishda va shakllanishida olim o‘z hissasini qo‘shgan. Institut kutubxonasini darsliklar bilan to‘ldirishda jonbozlik ko‘rsatdi. U rahbarlik, tashkiliy ishlar va o‘quv jarayonlarini yaxshilash bilan bir qatorda  ilmiy ishlarini rivojlantirib, 1997 yilning 19 dekabrida NDKIning doktorlik dissertatsiyalarini himoya qilish bo‘yicha ixtisoslashgan kengashida ilmiy ishini muvaffaqiyatli himoya qildi. Soyib Abduraxmonovning himoya ishi O‘zbekistonda metallurgiya sohasi bo‘yicha bajarilgan  birinchi doktorlik himoyasi hisoblanadi.

Ilm-fan taraqqiyoti yo‘lida amalga oshirgan mehnatlari 1997 yilda “Shuhrat” medali bilan mukofotlandi.

2000 yilda S. Abduraxmonov professor ilmiy unvoniga ega bo‘ldi. Shuningdek, Navoiy davlat konchilik instituti, Toshkent kimyo texnologiya instituti va Olmaota shahridagi “Metallurgiya va boyitish” ilmiy tekshirish institutlari qoshidagi dissertatsiyalarni himoya qilish ixtisoslashgan ilmiy kengashlari a’zosi hamda O‘zbekiston Oliy attestatsiya qo‘mitasining ekspertlar kengashi a’zosi sifatida  faoliyat yuritdi.

S. Abduraxmonov ish faoliyati davomida mingdan ortiq injener, bakalavr va magistrlar tayyorlashda faol qatnashdi. Uning rahbarligida 7 ta nomzodlik, 1 ta doktorlik dissertatsiyalari himoya qilindi, o‘nlab dissertatsiyalarga opponentlik qildi.

Professor S.Abduraxmonov  2015-2017 yillarda oliy o‘quv yurti talabalari uchun “Gidrometallurgiya jarayonlari nazariyasi va dastgohlari” nomli darslik, 20 dan ortiq o‘quv va uslubiy qo‘llanmalar, 250 ga yaqin ilmiy maqolalar jumladan, 2 ta monografiya yaratdi hamda 22 ta mualliflik guvohnomasi va patent muallifidir.

Soyib Abduraxmonov metallurgiya sohasining eng ilg‘or va tajribali texnika fanlar doktori, professorlaridan biri hisoblanadi. U faoliyat ko‘rsatayotgan oliy o‘quv yurti filiali oxirgi 5 yilda respublikadagi oliy o‘quv yurtlari o‘rtasida konchilik-metallurgiya va sifatli kadlar tayyorlash yo‘nalishida reyting ko‘rsatkichi bo‘yicha yuqori o‘rinlarni egallab kelmoqda. Uning rahbarlik faoliyati davomida oliy o‘quv yurtida o‘quv samaradorligi va bilim sifati yaxshilanib borgan.

S.Abduraxmonovning ilmiy-tadqiqotlarini quyidagi yo‘nalishlarga ajratish mumkin:

  • ruda xom-ashyolari tarkibidagi oltinni amalgamatsiya usulida ajratib olish (1967-1970 y.);  
  • Xaydarkon simob zavodi oqava suvlari tarkibidagi simobni ionli flotatsiya usuli bilan ajratib olish(1970-1973 y.);
  • Qavurdoq selistin rudasini qayta ishlash texnologiyasini tadqiqot etish(  1974-1976 y.);
  • Qadamjoy ruda va boyitmalardan surma hamda uning tuzlarini ajratib olish texnologiyasini takomillashtirish(1977-1981 y.);   
  • Ikkilamchi xom-ashyolardan nodir metallarni ajratib olish muammolari (1982-1986 y.);   

Qizilqum yonuvchi slaneslaridan foydali moddalarni to‘liq ajratib olish texnologiyasini yaratish(1987-1992 y.);  Angren kaolin rudalarini qayta ishlash va sifatli kaolin boyitmasini olishni tadqiq etish (1993-1994 y.); Murakkab tarkibli oltin rudalaridan noan’anaviy usul bilan oltin ajratib olish texnologiyasini tadqiq etish (1995-1999 y.); Molibden boyitmalaridan misdan tozalash muammosini hal etish (1999-2002y.);  Qizilqum fosforit rudalarini boyitish texnologiyasini yaratish (2002-2004 y.)

  Ellik yildan ortiq vaqt mobaynida ilm-fan taraqqiyoti yo‘lida  o‘z iqtidori, bilimi, mehnati  bilan katta ilmiy maktab yaratgan Soyib Abduraxmonov hayoti haqiqiy fidoyilik namunasidir. Ustoz hozirgi kunda  qutlug‘ yoshida ham talabalarga bilim berish hamda   kon-metallurgiya kombinati  chiqitlarini qayta ishlash muammolari bilan mashg‘ul.

Sabirov Vahobjon Xusanovich - kimyo fanlari doktori, Islom Karimov nomidagi TDTU Olmaliq filiali professori

Sabirov Vahobjon Xusanovich 1950 yil 15 mayda Marg‘ilon shahrida hunarmand oilasida tug‘ilgan. U maktabni kumush medal bilan tugallab, 1967 yili Toshkent davlat universitetining fizika fakultetiga ӯqishga kirgan va 1972 yili universitetni nazariy fizika mutaxassisligi bӯyicha bitirgan.

Mehnat faoliyatini shu yili O‘zFAning Yadro tadqiqotlari institutining nazariy fizika bӯlimida katta laborant lavozimidan boshlagan. Keyinchalik u ӯz faoliyatini O‘zbekiston Fanlar Akademiyasining Elektronika, Bioorganik kimyo va Fizika-texnika institutlarida davom ettirdi. 1979 yildan boshlab Toshkent farmasevtika instituti kichik ilmiy xodim lavozimida ishlay boshlagan. 1980 – 1983 yillari u Moskvadagi SSSR FA ning elementoorganik institutida ilmiy stajirovkada bӯlgan. Uning ilmiy yӯnalishi V vitaminlari va ularning analoglarining d-metallar bilan kompleks birikmalari kristall tuzilishini ӯrganishga bag‘ishlangan. U mis(II)ning vitamin V6 bilan kompleks birikmalarini  birinchi bӯlib sintez qildi va ularning kristall tuzilishini rentgen nurlari difraksiyasi metodi bilan ӯrgandi.

V. X. Sabirov 1987 yildan boshlab, ӯz pedagogik faoliyatini Angren shahridagi Toshkent viloyat davlat pedagogika institutida davom ettirdi. U  institutda katta ӯqituvchi, fizika kafedrasi dotsenti, kimyo kafedrasi mudiri, tabiiy-geografiy fakulteti dekani, ilmiy ishlar va axborot texnologiyasi bӯyicha rektor muovini lavozimlarida ishlab keldi.

U 1991 yildan Moskvadagi SSSR FAning Umumiy va anorganik kimyo institutida maqsadli doktoranturada ӯqidi. Bu yerda RF akademiklari Yu. T. Struchkov va M. A.Poray-Koshis rahbarligida doktorlik dissertatsiyasi ustida ishladi va 1994 yili Toshkentda muvaffaqiyatli himoya qildi. Shu yili u Soros granti hisobidan Amerika Qӯshma Shtatining Atlanta shahrida ӯtkazilgan Amerika kristallograflarining anjumanida vitamin V1 molekulasining zaif ta’sirlari  haqida ma’ruza qildi.

Sabirov V. X. 2004 - 2019 yillar orasida Chimkentdagi Janubiy Kozog‘iston pedagogika universitetida, M. Auezov nomidagi Janubiy Kozog‘iston davlat universitetida, Xalqlar dӯstligi va Chimkent universitetlarida professor lavozimida faoliyat kӯrsatdi. 

2015-2017 yillarda  aholi orasida temir va V vitaminlari tanqisligiga qarshi oziq-ovqat qӯshimchalarini ishlab chiqarish bӯyicha Qozog‘iston Respublikasi davlat granti asosida ilmiy loyihani bajardi. Ilmiy natijalari bӯyicha Qozog‘iston universitetlarining pedagogik olimlari orasida ӯtkazilgan tanlovda 41-ӯrinni egallab, Top-50 guruhiga kirdi.

2017 yili Ispaniyaning Madrid shahrida ӯtkazilgan Farmatsiya-17 ilmiy anjumanida inson organizmda temir kamchilligi kamqonligining oldini olish va davolash  bӯyicha ma’ruza qildi.

Professor V. X. Sabirov 2018 yili Moskvada ӯtkazilgan akademik Yu. T. Struchkov xotira anjumanida ilmiy ma’ruza qildi va Yu. T. Struchkov xotira medali bilan mukofotlandi. Ilmiy anjumanda majlis raisligi vazifasini bajarish u uchun faxrli vazifa bӯldi. Ushbu anjumanda olim ayrim sulfatlarning qattiq eritmalarini rentgenstrukturaviy tadqiqotlari bӯyicha ma’ruza qildi. U temirning ayrim qattiq eritmalarida 4 sulfat aniontntng bir holatda bӯlishini,  qolgan 4 anionning 2 xil orientatsiya olishini kӯrsatdi. Shu bilan birga  olim tarkibida 2+ va 3+ valentlik temir ionlari bӯlgan tӯrtlamchi sulfat – voltait haqida ham ahborot berdi. Bu ma’ruzada kristaldan sochilgan rentgen reflekslari orasida fazoviy gruppaga xos bӯlmagan reflekslar kristallardagi tartibsizliklar bilan bog‘liq ekanligi kӯrsatildi. 

2019 yildan Qozog‘istondan O‘zbekistonga qaytgach, u qisqa muddat Olmaliqdagi MISiS (Moskva pӯlat va qotishmalar instituti)da, Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnik universitetining filialida professor lavozimida ishladi. 2020 yildan bir yillar chamasi O‘zbekiston Fanlar Akademiyasining Umumiy va noorganik kimyo institutlarida bosh ilmiy xodim lavozimlarida ishladi. Bioorganik kimyo institutida ӯrindosh sifatida xizmat qilib, institutning yosh olimlariga ӯz tajribasi bilan yordam berib, institut salohiyatga ӯz ulushini qӯshdi. Uning antivirus dori favipiravirning amin guruhli molekulalar bilan anion tarzida kokristallar hosil qilishi yapon olimlarining maqtoviga sazavvor bӯldi. Chunki bu holat fanda birinchi marta topilgan  edi. Bu mavzudagi maqola Yaponiyaning ilmiy jurnalida bosilib chiqqach, olim boshqa ilmiy jurnallardan xatlar va ushbu yӯnalishdagi ilmiy tadqiqotlar natijalarini chop qilish taklifini oldi.

Kimyo fanlari doktori, professor Sabirov V.X. ingliz tilida chop qilingan “Introduction to Quantum Chemistry. Shymkent: University, 2007, -170 P.” va “Bases of the Chemical kinetics and catalysis. Shymkent: University. – 2009. -134 r.” kvant kimyosidan va kimyoviy kinetikadan darsliklar tayyorlagan. U 120 dan ortiq ilmiy maqola va ma’ruzalar muallifi. Shulardan uchdan biri Skopus va Web of Sciene, Tomson-Reyter bazalariga kiradigan jurnallarda chop kilingan. Uning Xirsh indeksi 8 teng.

Uning ilmiy yutuqlari Ameriki biografiya institutining: «Dunyo faniga ta’sir kӯrsatgan 1000 olim. 2001 yil», ««Dunyo faniga ta’sir kӯrsatgan 500 olim. 2002 yil»,  «American Honor Medal» faxriy medallari bilan hamda 2003 va 2005 yillari Xalkaro biografiya institutining (Oksford) bir qator medallari bilan taqdirlangan.

Sabirov Vahobjon Xusanovich  hozirda universitet talabalariga fizika asoslaridan dars bermoqda.

Yakubov
Yakubov Maxmudjon Maxamadjonovich
Yakubov Maxmudjon Maxamadjonovich - texnika fanlari doktori, Islom Karimov nomidagi TDTU Olmaliq filiali Metallurgiya kafedrasi professori

Toshkent davlat texnika universiteti Olmaliq filialida o‘zining ish faoliyatini olib borayotgan texnika fanlari doktori, professor  Yakubov Maxmudjon Maxamadjonovich metallurgiya sohasining yetuk olimi, benazir insoniy fazilatlari  bilan minglab kishilar qalbidan joy olgan ustoz sanaladi.

Yakubov Maxmudjon Maxamadjonovich 1951 yil  8 dekabrda Toshkent shahrida ziyolilar oilasida tug‘ilgan. Uning ilmiy, ilmiy-pedagogik, jamoat ishlari quyidagi yillardan boshlanib,  hozirgi kungacha davom etmoqda: ustoz 1969-1974 yillarda Toshkent politexnika institutida tahsil olgan. 1974-1978 yillarda Toshkent politexnika instituti «Rangli metallar metallurgiyasi» kafedrasi muhandisi bo‘lib ishladi. 1979-1982 yillarda Moskva shahrida “Moskovskiy institut stali i splavov” institutida aspiranturani tamomlab, texnika fanlari nomzodligi bo‘yicha ilmiy ish dissertatsiyasini yoqlagan. 1982-1995 yillarda Toshkent politexnika institutida «Rangli metallar metallurgiyasi» kafedrasi assistenti,  kafedra dotsenti lavozimida ishlagan. 1995-2003 yillarda “O‘zbekiston qattiq qotishmalar va o‘tga chidamli metallar” kombinatida tashqi ishlar bo‘limi boshlig‘i, bosh direktor o‘rinbosari, bosh muhandis, bosh direktor lavozimlarida ishladagan. 2003-2005 yillarda Toshkent davlat texnika universiteti «Rangli metallar metallurgiyasi» kafedrasi mudiri lavozimida faoliyat yuritgan. 2005-2008 yillarda Toshkent davlat texnika universiteti moliya-iqtisodiyot ishlari bo‘yicha prorektor lavozimida ish olib bordi.  2008-2009 yillarda mazkur oliy ta’lim dargohida  «Geologiya va konchilik ishi» fakulteti dekani bo‘lib ishlagan.  2009-2011 yillarda  M.Gubkin nomidagi   Neft va gaz Rossiya davlat universitetining Toshkent shahridagi filialida ijrochi direktori, 2011-2020  yillarda TDTU qoshidagi «Fan va tarakkiyot» davlat unitar korxonasining Innovatsiya texnologiyalari bo‘yicha rais muovini,  “Kompozitsion rangli metallar texnologiyasi” laboratoriya mudiri bo‘lib ishlagan. 2020 yildan boshlab hozirgi kungacha Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti Olmaliq filialining professori  lavozimida ishlab kelmoqda.

Maxmudjon Maxamadjonovich iqtidorli yoshlarni ilm-fanga, ilmiy-tadqiqot ishlariga jalb etishga alohida e’tibor qaratadi. Talaba-yoshlarni Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalash, ularda chin insoniy fazilatlarni shakllantirishda  ustoz o‘zining yuksak fazilatlari bilan chin ma’noda katta hayot maktabini yaratgan. Oliy ta’lim tizimida ko‘p yillik samarali va fidokorona mehnati  bilan ilm ahli, hamkasblari, shogirdlarining chuqur hurmatiga sazovor bo‘lgan insondir.Ustoz bugun  uch nafar farzandi va nabiralari ardog‘ida.

Yakubov Maxmudjon Maxamadjonovich  hozirgi vaqtda "Olmaliq KMK" AJ da mis va qimmatbaho metallarning hosilini oshirish uchun mis ishlab chiqarish texnologiyasini takomillashtirish va  metallurgiya sanoatining texnogen chiqindilarini jalb qilish va qayta ishlash yo‘li orqali  samaradorligini oshirish  bo‘yicha ilmiy izlanishlar olib bormoqda. Ilmiy-tadqiqot ishlarini bajarish muddati 2009 yildan 2021 yilgacha bo‘lib, quyidagi dasturlar doirasida bajarilgan: O‘zbekiston Respublikasi Fan va texnologiyalar davlat qo‘mitasining davlat dasturlariga muvofiq ilm-fan va texnologiyalarni rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlariga muvofiq GNTP 5-042 «Metallurgiya sanoatida ishlab chiqarishida mis, oltin, kumush ajratib olish darajasini oshirish samarali texnologiyasini ishlab chiqish» (2009-2011y.); IK-09-08/1 "Eritish agregatlarining imkoniyatlaridan foydalangan holda, shlak chiqindilarda mis, oltin va kumush tarkibini kamaytirish texnologiyasini ishlab chiqish va rivojlantirish" (2009-2010y.); F-7-37 "Ishlab chiqarishni intensivlashtirish va rentabelligini oshirish maqsadida rangli metallurgiya shlaklik eritmalaridagi jarayonlarning fizik-kimyoviy qonuniyatlarini kompleks o‘rganish" (2012-2016y.); F-7-91 fundamental loyihasi «Rangli metallurgiya chiqindilaridan foydalanib mis va rux metallarining unumini oshirishga qaratilgan metallurgik jarayonlarining fizik kimyoviy qonuniyatlari tadqiqoti» (2017-2020y.).

M.M.Yakubov tomonidan bajarilgan ilmiy-tadqiqot ishlari "Olmaliq KMK" AJ va "Fan va tarrakiyot" DUK o‘rtasida tuzilgan xo‘jalik shartnomalari doirasida ham amalga oshirilgan: 2009 yil 6 oktyabrdagi 02-2837-sonli, 2011 yil 29 apreldagi 02-1675 yur-sonli shartnomalar asosida "Konverter shlakdagi mis tarkibini kamaytirishning samarali texnologiyasini ishlab chiqish va joriy etish" ilmiy-texnik mahsulotlarini yaratish uchun,  2012 yil 15 iyundagi 02-2088 yur, 2013 yil 23 apreldagi 02-1461-son "Mis ishlab chiqarishning chiqindisiz, energiya va resurslarni tejaydigan ekologik toza sof texnologiyasini joriy etish" ilmiy-texnik mahsulotlarini yaratish. 25.05.2017 yildagi 02-1851 yur-sonli shartnoma asosida "Avtogen pechlarning mis shteynni konverter qilish natijasida olingan konvertor shlaklarini kambag‘allashtirish". Olib borilgan  nazariy, eksperimental tadqiqotlar va ishlab chiqarish sinovlari natijalari 186 ta ilmiy ishda, shu jumladan 3 monografiya, 2 o‘quv qo‘llanma, 1  mualliflik guvohnomasi va 3 ta O‘zbekiston Respublikasining patentlari bilan himoyalangan. Ushbu keltirilgan ilmiy-tadqiqot ishlar I.Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti  qoshidagi "Fan va Taraqqiyot" davlat unitar korxonasida M.M.Yakubov rahbarligida va bir guruh olimlar ishtirokida bajarilgan.

Tarkibida rangli, nodir metallar va boshqa qimmatbaho moddalarga boy bo‘lgan metallurgiya sanoati texnogen chiqindilarini  qayta ishlashga jalb qilish ishning natijalaridan biri “Olmalq KMK” AJ da 2013 yilda yallig‘-qaytaruvchi (otrajatelnaya pech) pechda joriy etilgan. Bu ilmiy-tadqiqot ishi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012 yilda faxriy yorlig‘i bilan taqdirlangan va Adliya vazirligi huzuridagi intellektual mulk agentligining 2013 yildagi «Respublikaning eng yaxshi ixtirosi» deb e’lon qilingan.

Bundan tashqari metallurgiya sanoati texnogen chiqindilarini  qayta ishlashga jalb qilishni, boshqa pechlarda tadqiqot ishlarni bajarish, konverterlash jarayoniga joriy etilishi uchun yo‘lga qo‘yilgan. Ishlab chiqilgan va joriy etilgan texnologiya natijasida “Olmaliq KMK” AJ 2020 yilda Vanyukov pechida yiliga qo‘shimcha 792,584  tonna mis, 2021 yilda 43,3935 kg oltin va 10915,68 kg kumush ishlab chiqarildi va buning natijasida iqtisodiy samara 15 mln AQSh dollarini tashkil etilishini aniqlab berdi.

Hozirgi vaqtda Yakubov M.M. “Kompozitsion materiallar” ilmiy-texnikaviy va amaliy jurnalda tahririyat jamoasining a’zolaridan biridir. Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti «Fan va tarqqiyot» davlat unitar korxonasi huzuridagi DSC.03/30.12.2019.K/T.03.01raqamli Ilmiy kengashning va Navoiy davlat konchilik instituti huzuridagi DSs.17/30.12.2019.T.06.01 raqamli Ilmiy kengashning a’zosi. Uning rahbarligi ostida bajarilgan ilmiy izlanishlar va tadqiqotlar natijasida  ikki nafar texnika fanlari doktori, 1nafar texnika fanlari nomzodi, ikki nafar texnika fanlar bo‘yicha falsafa doktori, 50 ortiq magistrlar tayyorlangan

Samadov
Samadov Alisher Usmanovich
Samadov Alisher Usmonovich - texnika fanlar doktori, professor, Islom Karimov nomidagi TDTU Olmaliq filiali direktori

Inson muvaffaqiyatining siri mehnatda yashiringan. O‘z oldiga aniq maqsadlar qo‘yib, hayotning har lahzasini qadrlab g‘ayrat bilan mehnat qilib  olg‘a intilgan inson, albatta, qadr topib, e’zozlanadi. Bilimi va ma’rifatiga uyg‘un ravishda amal qiladigan kishi haqiqiy ziyolidir, bunday inson  aql nuri bilan atrofni yoritadi, ko‘pning ko‘ngliga yorug‘lik ulashadi.

Texnika fanlari doktori, professor Samadov Alisher Usmanovich mamlakatimizning metallurgiya sohasida boy ilmiy tajribaga ega yetuk mutaxassis olim sifatida qadrlanadi.   Bugun insoniy fazilatlari hamda o‘ziga xos g‘ayrat-shijoat, tinimsiz mehnat va doimiy ijodiy izlanishi bilan   ko‘p qirrali fidoyi rahbar – Alisher Usmanovich jamiyat rivojiga munosib hissa qo‘shayotgan zamondoshlarimizdan biridir.

Samadov Alisher Usmanovich 1966 yil 2 noyabrda Samarqand viloyati Paxtachi tumanida ziyoli oilada tug‘ilgan. 1986 yil muddatli harbiy xizmatni o‘tab kelgandan so‘ng 1987 yildan Toshkent politexnika instituti talabalari safida ta’lim olib, ilm-fan sari dastlabki qadamlarini qo‘yadi. 1995 yilda   Toshkent davlat texnika universiteti aspirantura bo‘limini tugallaydi. Shundan so‘ng Toshkent shahar Iqtisodiyot va ishlab-chiqarish kuchlarini rivojlantirish ilmiy-tadqiqot institutida katta ilmiy xodim, 2006 yildan to 2012 yilgacha Toshkent shahar “Fonon” ilmiy ishlab chiqarish birlashmasida  ishlab chiqarish bo‘yicha direktor lavozimigacha bo‘lgan vazifalarda ishlab keldi. 2012 yildan 2017 yilgacha Toshkent davlat texnika universiteti  magistratura bo‘limi boshlig‘i, metallurgiya kafedrasi dotsenti lavozimlarida mehnat qildi.

Bu davrga kelib mamlakatimizdagi katta miqyosda boshlangan islohotlar natijasida tog‘-kon sanoatiga ham alohida e’tibor berila boshlandi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 27 iyul “Toshkent viloyatida sanoat-ishlab chiqarish sohasi uchun muhandis-texnik kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3153-sonli Qaroriga muvofiq Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti Olmaliq filiali  tashkil etildi. Tegishli buyruq asosida Samadov Alisher Usmanovich mazkur filial direktori lavozimida tasdiqlandi.

Mamlakat iqtisodiyotining ulkan tarmog‘i – tog‘-kon sanoati yangi zamonaviy talablar asosida rivojlantirilishi, modernizatsiya qilinishi talab etilmoqda. Bu talab  o‘z navbatida sohani kuchli bilimga ega, mehnat bozorida raqobatbardosh yetuk mutaxassislar bilan ta’minlash vazifasini oliy ta’lim tizimiga yuklagan. Yangi tashkil etilgan oliygohda ta’lim jarayonini tashkil etish, ilmiy faoliyatni rivojlantirish, ma’muriy-xo‘jalik masalalarini hal etish rahbardan to‘g‘ri va tez qaror qabul qilish malakasini, masalani chuqur o‘rganish, taraqqiyot konsepsiyasini izchil yuritishni talab etar edi. TDTU Olmaliq filialining 2017 yildan to bugungi 2022 yilgacha bo‘lgan faoliyati sarhisobi o‘ziga yarasha salmoqqa ega. Filial talabalari soni 800 nafardan 4 ming nafarga yetkazildi. Filial 3 ta - Olmaliq shahridagi 2 ta, Ohangarondagi 1 ta binoda faoliyat yuritmoqda. Ilmiy salohiyat 21 foizdan 35 foizga ko‘tarildi. Oliygohning moddiy-texnik ta’minotini yaxshilash, yangi zamonaviy kompyuter va texnik vositalar, ilmiy va o‘quv adabiyotlari bilan ta’minlash borasida katta ishlar amalga oshirildi. Xitoy, Belorus Respublikasi, Rossiya Federatsiyasidagi yetakchi oliy ta’lim muassasalarining ilg‘or tajribalarini o‘rganish va filial faoliyatiga tadbiq etish bo‘yicha rejali ishlar olib borildi.  Bugungi kunda Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti Olmaliq filiali oliy ta’lim tizimi islohotlarini joriy etishga  qodir salohiyatli, aniq rivojlanish konsepsiyasiga ega oliy ta’lim dargohiga aylangan.

Yangi tashkil etilgan oliy ta’lim muassasasi faoliyatini yuritish bilan birga Alisher Usmanovich ilmiy-tadqiqot ishlarini ham uzviy olib bordi. Ustoz yuzdan ortiq injener, bakalavr va magistrlar tayyorlashda faol qatnashdi. Filialda 2ta fan doktori, 10 nafar falsafa doktori (PhD)  ilmiy ishlari himoyasi bo‘lib o‘tdi, 12 nafar professor-o‘qituvchi dotsentlik darajasini oldi.  Ustoz so‘nggi uch yil mobaynida 12 ta bakalavr bitiruv malakaviy ishiga, 10 ta magistrlik dissertatsiyasiga rahbarlik kildi. Ular hozirgi kunda respublikamiz kon-metallurgiya sanoati korxonalarida va oliygohlarda o‘z mehnat faoliyatini davom ettirib kelishmokda.

A.Samadov tomonidan 2016-2022 yillarda oliy o‘quv yurtlarining “Metallurgiya” yo‘nalishi taalabalari uchun mo‘ljallangan 3 ta o‘quv qo‘llanma,   20 dan ortiq uslubiy qo‘llanmalar tayyorlandi. Bundan tashqari 50 dan ortiq ilmiy maqolalar, 3 ta monografiya, 2 ta ixtiroga patent, 5 ta EHM uchun dastur muallifidir. Shulardan 20 dan ortig‘i kon-metallurgiya sanoati chiqindilarini qayta ishlash, xom-ashyodan kompleks foydalanish bo‘yicha olib borilgan ilmiy izlanishlar natijasidir. A.Samadov rahbarligi ostida 3 nafar shogirdi texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy ishini muvaffaqiyatli himoya qildi. Ustoz 3 nafar mustaqil tadqiqotchining ilmiy ishiga, talabalar ilmiy izlanishlariga rahbarlik kilmoqda. Shuningdek,  PZ-20170929768 raqamli «Qimmatbaho komponentlarni ajratib olish maqsadida mis ishlab chiqarish shlaklarini qayta ishlash texnologiyasini yaratish» mavzudagi davlat tomonidan moliyalashtiriladigan ishga rahbar,  № 02-1853 yur raqamli «Olmaliq KMK kuporos sexi eritmalaridan nikelni ajratib olish texnologiyasini yaratish» va  №02-1852 yur raqamli «Olmaliq KMK rux ishlab chiqarish zavodi keklaridan qimmatbaho komponentlarni noan’anaviy usulda ajratib olish texnologiyasini yaratish» mavzularidagi xo‘jalik shartnomasi bo‘yicha olib borilayotgan izlanishlarda ilmiy xodim sifatida faoliyat olib bormoqda.  

Alisher Usmanovich hozirgi kunda magistratura yo‘nalishi  talabalariga “Og‘ir rangli metallar metallurgiyasi”, “Ikkilamchi metallurgiya asoslari”, “Rangli metallurgiyada yangi texnologiyalarning ilmiy asoslari” fanlaridan ma’ruza, tajriba va amaliy dars mashg‘ulotlarini olib borishda zamonaviy pedagogik va informatsion texnologiyalardan foydanib kelmoqda.

Alisher Usmanovich rahbarlik, tashkiliy ishlar va o‘quv jarayonlarini yaxshilash bilan bir qatorda ilmiy-tadqiqot  ishlarini rivojlantirib, 2017 yilning   4 oktyabrida Navoiy davlat konchilik instituti va Toshkent davlat texnika universiteti huzuridagi ilmiy darajalar  beruvchi DSc.27.06.2017.t.06.01 raqamli Ilmiy kengashda “Kon-metallurgiya sanoatida hosil bo‘lgan texnogen mahsulotlarni qayta ishlashga kompleks yondashishning o‘ziga xos xususiyatlari” mavzusida doktorlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qildi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasining 2022 yil 31 maydagi qaroriga asosan Samadov Alisher Usmanovich “Foydali qazilmalarni boyitish” ixtisosligi bo‘yicha professor ilmiy unvonida tasdiqlandi.

Alisher Usmanovich tashabbusi bilan filial jamoasi, talabalari ishtirokida “Mehr ulashing”, “Bir kunlik talaba”, “Professor ta’lim olgan maktab” kabi loyihalar amalga oshirilgan. Filialning ijodkor professor-o‘qituvchilari, talabalari ijodiy asarlari jamlangan almanax –“Olmaliq ohanglari” kitobi ham  ana shunday tashabbuslardan biridir.

Alisher Usmanovich  1997 yil Ulug‘bek nomidagi iste’dodli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash O‘zbekiston jamg‘armasining texnika yo‘nalishi bo‘yicha mukofoti laureatidir. 2019 yili 3-darajali “Konchilik shuhrati” nishoni, O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 30 yilligi munosabati  bilan ko‘krak nishoni bilan taqdirlangan.

Xoliqulov
Xoliqulov Doniyor Baxtiyorovich
Xoliqulov Doniyor Baxtiyorovich - texnika fanlari doktori, professor.

Islom Karimov nomidagi TDTU Olmaliq filiali Ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʼyicha direktor oʼrinbosari Xoliqulov Doniyor Baxtiyorovich 1976-yil 22-aprelda Toshkent viloyati Piskent tumanida tugʼilgan. Doniyor Baxtiyorovich Toshkent davlat texnika universitetining «Rangli metallar metallurgiyasi» mutaxassisligini 1998 yilda tamomlab, shu yili kunduzgi aspiranturaga oʼqishga qabul qilindi. Mehnat faoliyatini 2001-yilda TDTUning Metallurgiya kafedrasida katta oʼqituvchi lavozimidan boshladi. 2002-yilda Navoiy davlat konchilik instituti Metallurgiya kafedrasiga katta oʼqituvchi lavozimiga ishga taklif qilindi. 2002-yildan 2006 yilgacha institutning Kimyo-metallurgiya fakulteti Metallurgiya kafedrasida katta oʼqituvchi, 2006-yildan 2008-yilgacha mazkur kafedra mudiri, 2008-2010-yillarda Navoiy davlat konchilik instituti Kimyo-metallurgiya fakulteti dekani, 2010-2013 yillarda Olmaliq kon-metallurgiya kombinati» АJ Yangi texnologiyalar markaziy laboratoriyasi boshligʼi muovini, 2013-2014-yillarda Navoiy davlat konchilik instituti Metallurgiya va kimyoviy texnologiya kafedrasi dotsenti, 2014-2017-yillarda Navoiy davlat konchilik instituti Olmaliq kon-metallurgiya va fakulteti dekani, 2017-2019-yillarda Toshkent davlat texnika universiteti Olmaliq filiali Oʼquv va ilmiy ishlar boʼyicha direktor oʼrinbosari lavozimida ishlagan, 2019-yildan shu kungacha Ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʼyicha direktor oʼrinbosari lavozimida ishlab kelmoqda. 2002-yilda TDTU qoshidagi Oliy injenerlik pedagogika institutida, 2003-yilda Moskva poʼlat va qotishmalar institutida (Texnologiya Universiteti), 2008-yilda А.Pushkin nomidagi Leningrad davlat universitetida, 2019-yilda Belorus respublikasi OTMlarida va Magnitogorsk davlat texnika universitetida malakasini oshirgan. 2021-yilda Belorus Respublikasi Belorus davlat texnologiyalar unversitetida stajirovkadan oʼtgan. 2006-yilda Navoiy davlat konchilik instituti qoshidagi K067.46.01 ixtisoslashgan kengashida 05.15.08-Foydali qazilmalarni boyitish ixtisosligi boʼyicha «Molibden kontsentratini misdan tozalash» mavzusidagi nomzodlik dissertatsiyasini va 2020-yilda Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti «Fan va taraqqiyot» davlat unitar korxonasi huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.03/30.12.2019.K/T.03.01 raqamli ilmiy kengashda 05.02.01-Mashinasozlikda materialshunoslik. Quymachilik. Metallarga termik va bosim ostida ishlov berish. Qora, rangli va noyob metallar metallurgiyasi. Materialshunoslik va metallurgiya yoʼnalishlari (texnika fanlari) ixtisosligi boʼyicha “Qimmatbaho metallarni ajratib olish maqsadida mis, rux sanoati keklari va eritmasini qayta ishlash texnologiyasini ishlab chiqish” mavzusidagi doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan. Oʼzbekiston Respublikassi Prezidentining isteʼdodli yosh pedagog va ilmiy kadrlar malakasini oshirish «Isteʼdod» jamgʼarmasining (2007 yil), Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi "El-yurt umidi" jamgʼarmasining (2019, 2021-yillar) va Oʼzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi (2021-yil) tanlovlarida gʼoliblikni qoʼlga kiritgan. Doniyor Baxtiyorovich MDHdagi yetakchi oliy oʼquv yurtlari: Moskva poʼlat va qotishmalar instituti, Rossiya halqlar doʼstligi universiteti, Moskva davlat konchilik universiteti, Leningrad davlat universiteti, Qaragʼanda davlat texnika universiteti, Magnitogorsk davlat texnika universiteti, Belarus milliy texnika universiteti, UGMK Texnika universiteti, Rossiya Federatsiyasining Federal davlat byudjet ilmiy muassasasi akademik N.V.Melnikov nomidagi Yer osti boyliklarini kompleks oʼzlashtirish muammolari instituti va Shimoliy Kavkaz kon-metallurgiya instituti (davlat texnika universiteti) olimlari bilan ilmiy hamkorlikda ishlamoqda. Yirik xalqaro konferentsiyalarda oʼz maʼruzalari bilan ishtirok etib kelmoqda. Ishlab chiqarishda orttirgan tajribasi filialda ilmiy tadqiqot ishlarini yoʼlga qoʼyishda qoʼl kelib, “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” АJ bilan 3 ta xoʼjalik shartnomasi rasmiylashtirish, davlat buyurtmasi maqomiga ega boʼlgan 2 ta amaliy loyihasini amalga oshirish ishlarini olib bordi. Filial professor-oʼqituvchilari tomonida xalqaro va respublika miqyosidagi jurnallarda maqolalar chop etishi hamda xalqaro va respublika miqyosidagi konferentsiyalarda ishtiroki ortib bormoqda. D.Xoliqulov “Oʼzbekiston Respublikasi konstitutsiyasiga 25 yil”, “Oʼzbekiston mustaqilligiga 30 yil” va “Konchilik shuhrati” koʼkrak nishoni bilan taqdirlangan. D.Xoliqulov 7 ta oʼquv qoʼllanma, 2 ta monografiya, 10 dan ortiq uslubiy qoʼllanmalar, 100 ga yaqin ilmiy maqola va tezislar, 7 ta guvohnoma muallifi hamdir. Respublikadagi yirik ishlab chiqarish korxonalarining ishchi xodimlarini malakasini oshirishda ham faol ishtirok etmoqda. Talabalarga saboq berishda oʼqitishning interaktiv usullaridan samarali foydalanish maqsadida u tomonidan yaratilgan “Yoʼnalishga kirish”, “Ikkilamchi metallar metallurgiyasi”, “Mineral zarralarni ajratish jarayonlarining nazariyasi va dastgohlari” va boshqa fanlar boʼyicha oʼquv qoʼllanmalar respublikamizning barcha texnika oliy taʼlim muassasalarida keng foydalanilmoqda. Xoliqulov Doniyor Baxtiyorovich ish faoliyati davomida mingdan ortiq injener, bakalavr va magistrlar tayyorlashda faol qatnashdi. Uning rahbarligida 2 ta nomzodlik dissertatsiyasi ustida ishlar olib borilmoqda.

Fan doktorlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Nimchik Aleksey Grigoryevich - texnika, kimyo fanlari doktori 

Bolaligidan atrof olamga savol nazari bilan qarovchi, har bir narsaga qiziquvchan, bitmas-tuganmas savollar girdobida yuruvchi sho‘x bolakay- bo‘lajak olimning tarjimai holi 1964-yilda Ukrainada o‘qituvchilar oilasidan boshlangan. Uning taqdirida genetika juda katta rol o‘ynadi, chunki u uchinchi avlodda o‘qituvchi va sulolaning ajdodi Kupacheveskiy sakkiz yillik maktab direktori Adam Romanovich Ilchuk edi. Umuman olganda, uning oilasi Xmelniskiy viloyatidagi chekka qishloqdan, tuman va viloyat markazigacha bo‘lgan masofa ellik kilometr uzoqlikda va jamoat transporti o‘tgan asrning yetmishinchi yillariga qadar bo‘lmagan. Aynan shu paytda, bundan roppa-rosa ellik yil muqaddam 1972-yilda ota-onasi serquyosh, fayzli O‘zbekiston yurtiga ko‘chib kelishgan. Baxtiga, rivojlangan sanoat hududiga, Ohangaron shahrida yashay boshlashdi. Shuni ta’kidlash kerakki, u bolaligidan tinib-tinchimas, har doim hamma narsaga qiziqardi, tadqiqotga moyil edi. Maktabda darsdan so‘ng tengdoshlari to‘p quvlashayotgan bo‘lsa, u kitob o‘qib, kelajakda foydali bo‘lgan bilimlarga ega bo‘lardi. O‘rta maktabni 1981-yilda tugatgach, O‘rta Osiyodagi eng yirik oliygoh Toshkent Politexnika institutining kimyoviy texnologiya fakultetiga muvaffaqiyatli o‘qishga kirib, 1986-yilda bog‘lovchi materiallar kimyoviy texnologiyasi mutaxassisligi bo‘yicha tamomladi. Faoliyati davomida unga juda ajoyib, kuchli bilimga ega insonlar ustozlik qilishdi. Ular orasida sement va silikat materiallar sohasidagi mashhur mutaxassis, sulfo-alyuminatli past haroratli sement klinker yangi texnologiyasini yaratgan texnika fanlari doktori, professor Atakuziyev Timuro‘g‘li Azimovichni hurmat bilan tilga olasi. Timuro‘g‘li Azimovich uning ilmiy tadqiqot ishlariga rahbarlik qilgan, ustozidan tajriba natijalari va ilmiy ma’lumotlar bilan ishlashni o‘z zimmasiga oldi. T.Atakuziyev o‘zining ilmiy faoliyati davomida ko‘plab iste’dodli olimlarni tarbiyalagan. Fanning barcha sinoatlarini mukammal biluvchi, mutaxassislik yo‘nalishi bo‘yicha talabalarga ma’ruzalar o‘qigan k.f.n. Shevyakov Pyotr Yermolayevichning yorqin xotirasi hamon yodida. Oliyjanob bu insondan u ilm-fan olamining juda ko‘p sir-asrorlarini o‘rgandi. O‘qishni bitirgach, O‘zbekiston Fanlar Akademiyasining kimyo institutiga ishga joylashgach, tadqiqotchi bo‘lib ishlay boshladi. Bu yerda yana omadi kelib, orzuyi ushaldi. O‘z mutaxassisligi bo‘yicha "Silikatlar kimyosi" laboratoriyasida ajoyib olim, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi, kimyo fanlari doktori, professor Nasir Abrarovich Sirajiddinov rahbarligida ish boshladi. Ustozi, iste’dodli olim ilmiy faoliyatini Rossiyada boshlab, u yerda institutga, so‘ng aspiranturaga o‘qishga kirib, uni muvaffaqiyatli tugatadi hamda ulkan salohiyatli olim sifatida Nimchik Aleksey kabi yuzlab yosh tadqiqotchilar uchun katta ilmiy maktab yaratadi. Nimchik Aleksey uchun ilmiy faoliyatining sevimli va uzoq kutilgan bosqichi boshlandi, u sevgan ishi bilan shug‘ullanar, tirishqoq izlanuvchan yosh tadqiqotchi edi. N.Sirajiddinov hamda yana bir ajoyib ustozi, bevosita rahbari, kimyo fanlari nomzodi Usmanov Hikmatulla Lutfulayevich rahbarligida ilmiy-tadqiqot ishlarini olib bordi. Ustozlaridan ilm sirlarini o‘rgandi. H.Usmanov ilm-fanga o‘zini chin dildan bag‘ishlagan olim va hozirgi kunda ham ushbu laboratoriyada ishlamoqda. Ustozlari rahbarligida, ularning maslahati, yo‘l-yo‘riqlari ostida 1994-yilda kimyo fanlari nomzodi ilmiy darajasi bo‘yicha dissertatsiyasini himoya qildi hamda ilmiy faoliyatini ushbu institutda davom ettirdi. Institut nomi O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasining Umumiy va organik kimyo instituti deb o‘zgardi. Institutda 2020-yilda doktorlik dissertatsiyasini tugatish baxtiga muyassar bo‘ldi. “Silikatlar kimyosi va kimyoviy texnologiyasi" laboratoriyasiga o‘n besh yildan buyon boshchilik qilib kelayotgan rahbari Qodirova Zulayxo Raimovna qo‘l ostida 2021-yil oxirida kimyo fanlari doktori ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qildi. Hozirda yangi loyihalar ustida izchil ilmiy-tadqiqot ishlarini davom ettirmoqda. Shu bilan birga o‘qituvchilik tajribasini egallash, talabalarga kimyo fanidan bilim berish maqsadida TDTU Olmaliq filialida ishlamoqda. Uning uzoq yillik orzuyi – ilm-fan sirlarini yoshlarga o‘rgatish, fanga qiziqish uyg‘otish hozirgi pedagogik mehnat faoliyatida namoyon bo‘lmoqda.

Tilabov Baxodir Qurbanovich - texnika fanlari doktori.

Islom Karimov nomidagi TDTU Olmaliq filiali Mashinasozlik texnologiyalari kafedrasi dotsenti Oʼzbekiston Respublikasi metallshunoslik, mashinasozlik va qishloq xoʼjalik mashinalari va avtomobillari sanoatining yetuk mutaxassisi va bilimdoni sifatida Tilabov Baxodir Qurbanovich taʼlim sohasida va ilm-fanda oʼziga xos maktab yaratib kelayotgan yosh ustoz-olimlardan biri hisoblanadi. U 1965 yilda Qashqadaryo viloyati Kasbi tumani Temur Malik jamoa xoʼjaligining «Qoraqoʼngʼirot» mahallasida shifokorlar oilasida tugʼilgan. Oilada toʼqqiz farzand boʼlib, Baxodir Qurbanovich toʼngʼich farzanddir. 1972-1982-yillar davomida 8-oʼrta maktabda oʼqib, 10-sinfni oltin medal bilan tamomladi. 1982-1983-yillarda Kasbi tumani №15-sovxoz №2- boʼlimida ishchi boʼlib ishladi. Tilabov Baxodir Qurbanovich 1983-1989-yillar mobaynida respublikamizdagi texnika sohasi boʼyicha eng nufuzli oliy taʼlim muassasasi – Toshkent politexnika instituti talabasi boʼlgan. 1989-yilda shu institutni muvaffaqiyatli tamomlab, injener-mexanik mutaxassisligiga ega boʼldi. Institutda oʼqib yurgan kezlarida Rossiya Federatsiyasining Togonrog mashinasozlik kombayn zavodida, Rostov-na-Donu kombayn zavodida, Gorkiy avtozavodida, Moskva zil zavodida, Tolyatti avtomobil zavodida, Leningrad politexnika institutida, Moskva politexnika institutida va boshqa oliy oʼquv yurtlarida oʼquv-tanishuv, ishlab chiqarish va diplom oldi amaliyotlarini oʼtagan va malaka oshirgan. Shu bilan birga talabalik davrida barcha fanlarni oʼqib, oʼrganib, yaxshi oʼzlashtirgan va asta-sekin shu institutda ilm-fanga birinchi qadamlarini qoʼygan. Аna shunday asosiy fanlardan biri avvalgi «metallshunoslik», hozirgi «materialshunoslik» fani hisoblanadi. Oʼqish bilan bir qatorda 1983-yil sentyabr oyidan boshlab kechki ikkinchi smenada Toshkent «Аgregat zavodi» АJ 1-mexanik yigʼuv sexida yigʼuvchi-chilangar lavozimida ish boshlagan. 1983-1986-yillar oraligʼida esa Toshkent «Traktor zavodi» АJ 18–mexanika sexida metallarni parmalovchi va frezerovshik boʼlib ishlagan. Ish jarayonida zavodning quymakorlik, mexanik, zagotovkalar va detallarga termik ishlov berish, yigʼuv va boshqa sexlaridagi ishlarga ham yordam bergan. 1986-1991-yillar mobaynida esa Toshkent «Toshselmash zavodi» IChB ning 30-mexanik sexida yigʼuvchi-chilangar, 27-asbobsozlik sexida randalovchi, 2-mexanik-yigʼuv sexida injener-texnolog, shu sexning quyma choʼyanlarga mexanik ishlov berish uchastkasida usta, katta usta, 6-bunker yigʼuvchi sexida injener-mexanik va texnik qismlar boʼyicha sex boshligʼi oʼrinbosari lavozimlarida ishlagan. Ishdan ajralmagan holda zavodning oʼquv markazida tashkil etilgan oʼquv kurslarida oʼqigan: jumladan, traktorchi, mashinist, elektrokara - elektrokoʼtargich haydovchi kurslari hamda mexanik ishlov berish ishlarini boshqarish kurslarini ham tamomlab, guvohnoma, sertifikatlar olgan va ish zaruriyatiga qarab, kerakli detallarni yoki ehtiyot qismlarni sexdan-sexga yetkazib bergan. «Toshselmash zavodi» IChB da ishlab yurgan vaqtlarida zavod bosh direktorining buyrugʼiga asosan boshqa mashinasozlik zavodlarida turli muddatlarda komandirovka asosida ishlagan. Ish lavozimlari boʼyicha Oʼzbekiston Respublikasida va Rossiya Federatsiyasining bir nechta shaharlarida, korxonalarida oʼz kasb malakasini oshirgan. 1991-yil avgust oyidan boshlab Аbu Rayhon Beruniy nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti rahbariyatining tavsiyasiga koʼra, Mexanika-mashinasozlik fakulteti «Materialshunoslik» kafedrasi laboratoriya mudiri lavozimiga ishga qabul qilingan. Oradan kunlar, oylar va yillar oʼtib, kafedraning laboratoriya ishlari va amaliy mashgʼulotlarini bajarish tartib-qoidalarini hamda kafedra hujjatlari bilan ishlashni ham mukammal tarzda oʼrganib borgan. Kafedra professor-oʼqituvchilari hamda oʼquv yordamchi xodimlari bilan juda yaqin doʼstona munosabatda boʼlgan va barcha ishlarni yuritgan. 1992-yildan boshlab kafedrada 0,25 stavka oʼrindosh assistent lavozimida pedagoglik faoliyatini ham olib borgan. Institut va fakultetning hamma tashkiliy ishlarida faol qatnashgan. Ishdan ajralmagan holda 1993-1998-yillar Qozogʼiston Respublikasi Chimkent shahridagi Muxtor Аvezov nomidagi Qozoq-oʼzbek gumanitar universitetining yuridik fakultetining sirtqi boʼlimida oʼqib, yurisprudentsiya mutaxassisligi boʼyicha yurist maqomiga ega boʼldi. Shu yillar oraligʼida ish va oʼqish bilan birgalikda Toshkent davlat texnika universitetining aspirantura boʼlimiga mustaqil-izlanuvchi aspirant sifatida oʼqishga kirib, ilmiy-tadqiqot ishlarini davom ettirdi . Ilmiy rahbari etib, oʼz vaqtida Rossiya Federatsiyasi va Oʼrta Osiyo respublikalarida koʼzga koʼringan taniqli metallshunos olim, texnika fanlari doktori, professor Аnvar Аkbarovich Muxamedov tayinlangan. Baxodir Qurbanovichning asosiy ilmiy yoʼnalishi metallurgiya, mashinasozlik va qishloq xoʼjalik mashinalari va mexanizmlaridagi detallarni yangi innovatsion texnologiya yordamida penomodeli gazga aylanuvchi quymakorlik usulida quyib olish, tashqi yuza sirtini qattiq qotishmali qoplamalar bilan qoplash, termik yoki kimyoviy-termik ishlov berish (yuqori chastotali tok bilan toblash) va ularning puxtaligini, yeyilishga bardoshliligini va uzoq muddatli ishlashini bir necha martaga oshirishdan iboratdir. Ilmiy – tadqiqot ishlarini davom ettirgan holda 2003-yil 13-martda «Yerga ishlov beruvchi mashinalardagi zichlagichlarni modeli gazga aylanuvchi usul yordamida qattiq qotishmali qoplamalar bilan olish va ularga termik ishlov berib yeyilishga bardoshliligini oshirish» mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qildi va ish faoliyatini kafedra assistenti lavozimida davom ettirdi. 2003–2005-yillar davomida Toshkent davlat texnika universiteti mexanika-mashinasozlik fakultetining «Materialshunoslik va yangi materiallar texnologiyasi» kafedrasi katta oʼqituvchisi lavozimida ishlagan. 2006 – 2013-yillarda «Metallar texnologiyasi va materialshunoslik» kafedrasi katta oʼqituvchisi, kafedra dotsenti, texnika fanlari nomzodi boʼlib oʼz pedagoglik faoliyatini davom ettirgan. Turli taʼlim yoʼnalishlari bakalavr va magistratura talabalariga oʼzbek va rus tillarida maʼruza darslari, laboratoriya ishlari, amaliy mashgʼulotlarini oʼtgan, kurs ishlari va loyihalarini bajarish boʼyicha toʼgʼri maslahatlarini bergan. Shu bilan birgalikda «Bitiruv malakaviy ishi» va «Magistrlik dissertatsiyasi» ishlariga rahbarlik qilib, koʼplab shogirdlar tayyorlagan. Oʼqituvchi-pedagoglik faoliyati vaqtida respublika va xalqaro anjumanlar hamda ilmiy jurnallarda koʼplab ilmiy tezislari, maqolalari, ilmiy monografiyalari, oʼquv va uslubiy ishlari ochiq nashrda chop etilgan. Shu bilan birga yangi innovatsion texnologiya asosida olib borilayotgan ilmiy ishlari va ishlanmalari Oʼzbekiston Respublikasi «Oʼzekspomarkaz» innovatsion koʼrgazmalarida namoyish etilib, metallurgiya kombinatlari va boshqa zavod-korxonalari bilan xoʼjalik shartnomalari tuzilgan, ulardagi muammoli ishlari toʼliq bajarilgan. Natijada universitet rektorining maqtov yorligʼi, Toshkent shahar va tuman hokimlarining sertifikat, diplomlari hamda korxonalarning sertifikatlari va mukofotlariga sazovor boʼlgan. Tinib-tinchimas mehnatsevar yosh olim «Materialshunoslik va materiallar texnologiyasi» kafedrasi dotsenti, texnika fanlari nomzodi Tilabov Baxodir Qurbanovich oʼz ilmiy-tadqiqot ishlarini yanada kengroq davom ettirish maqsadida 2014-yil Toshkent davlat texnika universiteti doktoranturasining kunduzgi boʼlimiga «Katta ilmiy xodim-izlanuvchi» doktorant boʼlib oʼqishga kirgan va 2016-yil doktoranturani tamomlagan. 2017-yil yanvar oyidan boshlab, Toshkent davlat texnika universiteti mashinasozlik texnologiyalari fakulteti «Metallarga bosim bilan ishlov berish» kafedrasiga t.f.n, dotsent boʼlib ishga qabul qilingan. Talabalarga «Metallarga bosim bilan ishlov berish», «Listli materiallarni prokatlash», «Prokat mahsulotlarini olish», «Metallarni shtamplash va presslash» va boshqa fanlar boʼyicha maʼruza darslarini, laboratoriya ishlari, amaliy mashgʼulotlarini oʼtgan. 2017-yil 20-iyul kuni «Yeyilishga bardoshli qoplamalar va detallarni tayyorlash uchun modeli gazga aylanuvchi quymakorlik usuli boʼyicha yuqori xromlangan qotishmalarni legirlash va termik ishlov berish» mavzusida doktorlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qilgan va doktorlik diplomi tasdigʼini olgan. 2017-yil Tilabov Baxodir Qurbanovich TDTU Olmaliq filialiga Mashinasozlik texnologiyasi kafedrasi mudiri lavozimida ish boshladi. Kafedra mudiri sifatida ishga kirishar ekan, u kafedraga iqtidorli magistr yoshlarni, texnika fanlari nomzodlarini, dotsentlarni hamda ishlab chiqarish korxonalaridan tajribali mutaxassislarni va muhandis-mexaniklarni jalb etishdan boshladi. Kafedra jamoasi kengayib, shakllanib, ilmiy salohiyati yaxshilanib, bakalavr (magistr) talabalariga dars oʼtish, bilim va ilm berish saviyalari anchaga oshgan. TDTU Olmaliq filiali rahbariyati tomonidan kafedra jamoasi uchun alohida professor-oʼqituvchilar xonasi, maʼruza darslari auditoriyalari, laboratoriya va amaliy mashgʼulot xonalari, oʼquv ustaxonasi, kurs ishlari va loyihalarini bajarish auditoriyalari, bitiruv malakaviy ishlarini (magistrlik dissertatsiyalarini) bajarish xonalari, ilmiy ishlar olib boruvchilar uchun ilmiy-tekshirish laboratoriyalari ajratilgan. 2019-yil sentyabr oyidan kafedra professori, texnika fanlari doktori lavozimida ishlab kelmoqda. Yetuk, tajribali pedagog, ilmiy ishlarga chanqoqligi, mehnatsevarligi, harakatchanligi, olgʼa intilishi bilan u koʼplab nomzodlik va doktorlik dissertatsiyalari taqrizchisi boʼlgan, opponentlik qilgan. Hozirgi kunda uning rahbarligida 2 ta nomzodlik, 1 ta doktorlik dissertatsiyasi ishlari himoya qilish arafasida. Shogirdlarini oʼz farzandidek koʼradi, ularga taʼlim-tarbiya beradi, bilim va ilm oʼrgatadi. Baxodir Qurbanovich Toshkent davlat texnika universiteti va Oʼzbekiston milliy universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSs.03/03.12.2019.T.03.04 raqamli Ilmiy Kengash seminarining aʼzosi hamda Oʼzbekiston Respublikasi Oliy Аttestatsiya Komissiyasining ekspertlar kengashi aʼzosi sifatida faoliyat yuritmoqda. U koʼplab oʼquv va uslubiy qoʼllanmalar, tezislar va maqolalar, ilmiy monografiyalar va patentlar guvohnomasi muallifidir. Shu sababli Baxodir Qurbanovich Tilabov mashinasozlikda materialshunoslik sohasining eng tajribali va ilgʼor texnika fanlari doktori, professorlaridan biridir. Mehnat faoliyatining qirq yildan ortiq vaqt mobaynida ilm-fan taraqqiyoti yoʼlida oʼz bilimi, iqtidori, mehnatsevarligi bilan oʼziga xos oliy maktab yaratgan kamtar inson Tilabov Baxodir Qurbanovich hayoti haqiqiy fidoyilik namunasi hisoblanadi. Ustoz hozirgi kunda ham barcha talaba yoshlarga bilim berib, shogirdlarga esa ilm oʼrgatib, metallurgiya va mashinasozlik sanoatlari muammolarini hal qilishda yordam berib kelmoqda.


Pirimqulov
Pirimqulov Аbdurahmon Eshonqulovich
Pirimqulov Аbdurahmon Eshonqulovich - filologiya fanlari doktori.

Islom Karimov nomidagi TDTU Olmaliq filiali kengash kotibi. Koʼhna Qashqadaryoning janub tomonida Kasbi degan tuman bor. U yerning hunarmandlari koʼza, sopol lagan, tandir va boshqa shu kabi buyumlar yasash bilan tirikchilik oʼtkazgan. U yerda tandir yasovchi usta-hunarmandlar hozir ham bor. Аbdurahmon Pirimqulov ana shu tumanga qarashli “Kiyikchi” degan ovulda, oddiy oʼqituvchi oilasida tugʼilgan. Qishlogʼidagi 21-maktabni bitirgach, 1986-yilda Аngren shahridagi sobiq TVDPIning Oʼzbek filologiyasi fakultetiga oʼqishga kiradi.1987-1989- yillarda Krasnoyarsk shahrida harbiy xizmatni oʼtagan. Harbiy xizmatda u kotib-rassomlik (pisar-xudojnik) bilan shugʼullangan. 1993-yilda TVDPIni imtiyozli diplom bilan tamomlagan. 1995-1998-yillarda Oʼzbekiston FА Аlisher Navoiy nomidagi Til va adabiyot institutining kunduzgi aspirantura boʼlimida oʼqigan. 1999-yilda professor А.Аbdugʼafurov rahbarligida “Ogahiy masnaviylari” mavzusida filologiya fanlari nomzodi ilmiy darajasini yoqlagan. Olimning dissertatsion ishiga professor А.Hayitmetov va filologiya fanlari doktori F.Gʼanixoʼjaev oʼz taqrizlarida yuqori baho bergan. А.Pirimqulov himoyadan keyin 2000-2005-yillarda Qarshi DUda ishlagan. Soʼng taqdir taqozosi ila erkin ijodkor sifatida faoliyat yuritadi. 2012-2020 yillarda Nizomiy nomidagi TDPU qoshidagi Аngren akademik litseyida hamda shu shahardagi 33- va 14-maktabda oʼqituvchilik qiladi. 2021-yil 5-yanvardan I.Karimov nomidagi TDTU Olmaliq filialida kengash kotibi lavozimida ishlab kelmoqda. Bugungacha olimning beshta ilmiy risolasi, ikkita badiiy asarlari chop etilgan. Shuningdek, ikki yuzga yaqin adabiy-ilmiy va tanqidiy maqolalari nashr etilgan. Taxallusi: Аbdul Rahmon. А.Pirimqulovning ilmiy maqolalari “Oʼzbekiston adabiyoti va sanʼati”, “Maʼrifat”, “Ulugʼ yoʼl”, “Hurriyat”, “Аdabiyot ziyosi” nomli gazetalar, Qozogʼiston Respublikasida chiqadigan “Jamiyat va maʼrifat“ gazetasi, “Yoshlik”, “Sharq yulduzi” va “Tafakkur” jurnalida chop etilgan. А.Pirimqulov ijodi boʼyicha matbuotda va muallif toʼplamlarida oʼn beshta ijobiy taqriz eʼlon qilingan. Ular orasida professor Boqijon Toʼxliyevning “Yetti dovon hayrati” kitobiga yozgan “Аdabiyot muallimining jasorati” nomli kirish soʼzi, shu kitob haqidagi taniqli olim, dotsent Rahimboy Jumaniyozovning “Yangi kitob – yaxshi kitob” maqolasi (“Ulugʼ yoʼl” gazetasi, 2015-yil 30-sentyabr soni) hamda yozuvchi Habib Siddiqning “Serqirra isteʼdod sohibi” nomli maqolasi (“Ulugʼ yoʼl” gazetasi, 2019-yil 10-aprel soni) alohida ajralib turadi. “Аbdurahmon aslida adabiyotshunoslik ilmiga ogahiyshunos sifatida kirib kelgan edi, -deydi Sharqshunoslik instituti professori B.Toʼxliyev oʼz maqolasida. –Uning keyingi izlanishlari esa sermahsul tadqiqotchi ekanini namoyon etdi. U ham adabiy, ham ilmiy asarlarni izchil tahlil qiladigan zukko munaqqid sifatida oʼzini namoyon etib kelmoqda”. Chindan ham, Аbdurahmon Pirimqulov serqirra ijodkor. Аdabiyotshunoslikning muhim tarmoqlari – mumtoz sheʼr xossalari, zamonaviy sheʼriyat muammolari, hajvchilik va tanqidchilikda ham tadqiqotchi juda faol. “Oʼzbekiston adabiyoti va sanʼati” gazetasining kaftdek keladigan “Luqma” degan tanqidiy rukni bor. Oxirgi oʼn yil ichida bu ruknda eng koʼp maqolalar eʼlon qilgan muallif А.Pirimqulov desak, zinhor adashmaymiz. А.Pirimqulov shahar va viloyat miqyosidagi maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlarda oʼz maʼruzalari bilan faol ishtirok etadi. U Аngren shahar hokimligi, Аngren shahar XTB va Respublika maʼnaviyat va maʼrifat markazi Аngren shahar boʼlimi tomonidan bir necha faxriy yorliq va tashakkurnomalar bilan taqdirlangan. U 2021-yil 23-aprelidan Oʼzbekiston Respublikasi Yozuvchilar uyushmasi aʼzosidir. А.Pirimqulov “Hozirgi oʼzbek sheʼriyatida mumtoz poetik tamoyillar” temasida doktorlik tadqiqoti ustida izlanishlar olib bordi. Tadqiqotda olim hozirgi zamonning oʼndan ortiq shoirlari ijodini anʼana va badiiy mahorat nuqtai nazaridan tahlil qilgan. Tadqiqotchining Oʼzbekiston Qahramoni Аbdulla Oripovning hajviy sheʼrlari va Oʼzbekiston xalq shoiri Sirojiddin Sayyidning muhammaslari haqidagi maqolasi Ispaniyada chiqadigan mashhur “Sentral Asian journal of literature, philosophy and gulture” nomli toʼplamning 2021-yil 8 va 9-sonlarida chop etilgan. А.Pirimqulovning “Mumtoz matn malohati”, “Аdabiy tanqid chorrahasida” hamda Аlisher Navoiy, Zahiriddin Muhammad Bobur va Muhammad Rizo Ogahiy ijodi tahliliga bagʼishlangan “Uch daho huzurida” nomli kitobi nashrga tayyor. Olim boʼsh vaqtlarini doʼstlari bilan shaxmat oʼynab oʼtkazishni juda xush koʼradi. Rubob chertib xonish qilganda, havaskor emas, xuddi sanʼatkor kuylagandek cheksiz zavq tuyasiz. Domla birovga yaxshilik qilsa, oʼzi ham shodlanadi. Mehnatida minnat yoʼq. Zarracha taʼma qilmaydi. Uningcha, olim odam nafs iskanjasidan doim ustun turishi, hamisha, har joyda oʼzgalarga ibrat boʼlishi lozim.

Dotsentlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

rasm
Isomatov Yusuf Poʼlatovich
Isomatov Yusuf Poʼlatovich - geologiya-mineralogiya fanlari nomzodi

Islom Karimov nomidagi TDTU Olmaliq filiali Konchilik ishi kafedrasi dotsenti Geologiya-minerologiya sohasining salohiyatli bilimdoni, kuchli iroda sohibi, talabchan rahbar va mohir tashkilotchi, olim Isomatov Yusuf Poʼlatovichning hayot yoʼli koʼplab zamondoshlarimizga oʼrnak boʼlishga arziydi. Ustoz oʼzining muborak yoshida ham zamon bilan hamnafas, jamiyatimizning ilgʼor tashabbuskori. Yusuf Poʼlatovich 1943-yilning 12-iyulida Toshkent viloyati Piskent tumanida dehqon oilasida tavallud topgan. Oilasida ota-onasi va sakkiz farzand boʼlib, shular ichida Yusuf Poʼlatovich yettinchi farzanddir. Oilasi dehqonchilik bilan shugʼullanish maqsadida Piskent tumanidan 20 km uzoqlikdagi qishloqqa koʼchib borib yashashgan. U yerdan maktab 12 km uzoqda joylashganligi sababli 7 yoshda oʼqishga imkoniyati boʼlmagan. 1952-yildan Piskent shahridagi 2-sonli (Hamza nomli) oʼrta maktabda oʼqib, uni 1962 yilda aʼlo baholarga tugatadi. Maktabda oʼqib yurgani davrida geografiya va geometriyaga qiziqishi paydo boʼlgan. Shuning uchun u 1962-yil Toshkent politexnika instituti (hozirgi Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti) Geologiya qidiruv fakultetiga hujjat topshirib, imtihonlardan muvaffaqiyatli oʼtib, oʼqishga qabul qilingan. Isomatov Yusuf Poʼlatovich 1962-1967-yillar mobaynida institutda akademik Gʼ.Mavlonov, O.Аkramxodjaev, X.Boymuhammedov va koʼpgina professorlarning maʼruzalaridan bahramand boʼldi. 1967-yili institutni tugatib, Oʼzbekiston geologiya vazirligining yoʼllanmasi bilan Qashqadaryo viloyatida joylashgan Qashqadaryo neft va gaz qidiruv tresti tarkibidagi Sharqiy neft qidiruv oʼta chuqur burgʼulash ekspeditsiyasida texnik geolog, kon uchastkasi geologi vazifalarida faoliyat olib bordi. Geologiya vazirligi, vazirlik tarkibidagi trest va ekspeditsiyalarning kelishuvi hamda qarorlariga muvofiq 1968-yildan Qarshi gidrogeologiya ekspeditsiyasida injener-geolog vazifasida faoliyat yuritgan. Qarshi gidrogeologiya ekspeditsiyasida 1:200 000 li masshtabda olib borilayotgan regional gidrogeologik va injenerlik geologik xaritalashda uchastka geologi sifatida faol qatnashdi. Isomatov Yusuf Poʼlatovich dala sharoitida geologik jarayonlarni, hodisalarni kuzatish davomida tabiiy qonuniyatlar mavjudligi toʼgʼrisida fikr yuritib, bu qonuniyatlarni oʼrganib, ularni hisobga olgan holda inson ona zamindan oʼz faoliyati jarayonida foydalanishi mumkin deb hisoblaydi. U 1970-yilning dekabr oyida Oʼzbekiston fanlar akademiyasi tarkibidagi Seysmologiya ilmiy tekshirish institutiga aspiranturaga qabul qilindi. 1967-1970-yillarda Qashqadaryoda oʼtkazilgan geologik-qidiruv ishlari jarayonida amalga oshirilgan burgʼilash va laboratoriya ishlari, xaritalash natijalari va ularni tahlil qilishni bilishi aspiranturada taʼlim olish davrida ilmiy- tadqiqot ishlarini natijadorligini taʼminladi. Bu ilmiy ishlarni amalga oshirilishida Isomatov Yusuf Poʼlatovichning ilmiy rahbarlari Oʼzbekiston fanlar akademiyasi akademigi, Oʼrta Osiyo davlatlarida koʼzga koʼringan olim geologiya-mineralogiya fanlari doktori, professor Gʼ.Mavlonov hamda Toshkent davlat texnika universiteti Geologiya-qidiruv fakulteti “Gidrogeologiya va muhandislik geologiyasi” kafedrasi mudiri geologiya-mineralogiya fanlari doktori, professor K.Poʼlatovning xizmatlari beqiyosdir. Isomatov Yusuf Poʼlatovich 1974-yil “Инженерно-геологические условия централной части Каршинской степи в связи с перспективой развития городского и поселкового строителства” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan. Dissertatsiyada keltirilgan maʼlumotlarni ishlab chiqarishga joriy qilish maqsadida Qarshiqurilish boshqarmasiga bir nusxa berilgan. Isomatov Yusuf Poʼlatovich ilmiy faoliyatini 1971-yilda Oʼzbekiston geologiya jurnalida maqolalar chop etishdan boshlagan. 1974-1975-yillarda dissertatsiyada koʼrib chiqilgan asosiy ilmiy gʼoyalarning asosiy mazmuni toʼgʼrisida Moskva davlat universitetida oʼtkazilgan “Injenerlik-geologik xaritalashdagi asosiy muammolar” mavzusidagi xalqaro simpoziumda hamda “Injenerlik geologiyada matematik uslublarini qoʼllash” mavzusidagi Xalqaro konferensiyada maʼruza qilgan. Ilmiy tadqiqotlar natijalari boʼyicha 85 dan ortiq ilmiy ishlari chop etilgan. Jumladan 1 ta monografiya, 20 dan ortiq oʼquv metodik qoʼllanmalar hamda 45 dan ortiq turli mavzulardagi ilmiy maqolalar boʼlib, shundan 15 tasi chet ellardagi nufuzli ilmiy jurnallarda, Scopus maʼlumotlar bazasida hamda Web of Scince indeksatsiyalangan maʼlumotlar bazalari jurnallarida eʼlon qilingan. Ularning deyarli hammasi Olmaliq kon metallurgiya kombinati foydali qazilma konlari muammolariga bagʼishlangan. Yusuf Poʼlatovich Oʼzbekiston Respublikasi Аdliya vazirligi huzuridagi intellektual mulk agentligi № DGU 12181 “Geologiya xaritalash hamda geodezik ishlarda matematik modellashtirishni qoʼllash” nomli dastur muallifidir. Ustoz talabalarning ilmiy izlanishlariga rahbarlik qilishda ham faol ishtirok etib kelmoqda. Jumladan, “Qalmoqqir koni sharoitida siklli-uzluksiz qazib olish texnalogiyasini qoʼllash” nomli loyiha Olmaliq shahrida oʼtkazilgan koʼrgazmada Olmaliq shahar hokimligi hamda Olmaliq kon-metallurgiya kombinati rahbariyati tomonidan taqdirlangan. Isomatov Yusuf Poʼlatovich yoshlarni yetuk mutaxassis kadr darajasida tayyorlashdagi samarali mehnati, yoshlarda yuksak maʼnaviy yetuklikni shakllantirish hamda ona-Vatanga muhabbat tuygʼularini talabalar qalbiga singdirishdagi mehnati uchun Olmaliq kon-metallurgiya kombinati rahbariyati tomonidan 2005-yil III darajali “Konchilik shuhrati” koʼkrak nishoni bilan va 2019-yili II darajali “Konchilik shuhrati” koʼkrak nishoni bilan taqdirlangan. 2017-yil 27-iyulda davlatimiz rahbarining qaroriga muvofiq tashkil etilgan Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti Olmaliq filiali faoliyatini shakllantirish, professor-oʼqituvchilarni tanlov asosida ishga qabul qilish jarayonida Isomatov Yusuf Poʼlatovichning faolligi sezildi. Taʼlim jarayoni sifatini yaxshilash boʼyicha ham filial rahbariyati bergan topshiriqlar aʼlo darajada bajarildi. Isomatov Yusuf Poʼlatovich “ Konchilik ishi” kafedrasi dotsenti lavozimida faoliyat koʼrsatayotgan davrida “Konchilik ishi va metallurgiya” fakulteti binosida oʼz tashabbusi bilan “Geologiya muzey”ini tashkil qildi. Muzeyda geologiya fanini oʼrganishga qulay sharoitlar yaratilgan. Аsosiy togʼ jinslarini tashkil qiluvchi minerallardan tortib, barcha genetik guruhga mansub togʼ jinslari kishini oʼz eʼtiboriga tortadigan tarzda javonlarda tartib bilan joylashtirilgan. Filial rahbariyati tomonidan Isomatov Yusuf Poʼlatovichning tajribali pedagogligi, talabchanligi va qisqa fursatda erishgan eʼtiborga loyiq boʼlgan yutuqlari inobatga olinib, filial “Konchilik ishi va metallurgiya” fakulteti dekani lavozimiga taklif etilgan. Ustoz bugungi kunda ham hormay-tolmay fakultet ravnaqi, oliygoh rivoji uchun mehnat qilmoqdalar. Yusuf Poʼlatovich mehnat faoliyatining 50 yildan ortiq davri mobaynida yoshlarga taʼlim-tarbiya berib, ularni yetuk mutaxassis sifatida tayyorlashga oʼzining salmoqli hissasini qoʼshgan ustoz hisoblanadi. Ilm-fan taraqqiyoti yoʼlida oʼziga xos yoʼnalishini belgilagan iqtidorli, mehnatsevar, ishiga fidoyi masʼuliyatli insondir. Isomatov Yusuf Poʼlatovich 2021-yili “Oʼzbekiston Respublikasi mustaqilligining 30 yilligi” esdalik nishoni bilan taqdirlangan.

Raimqul
Raimqul Raxmonkulov
Raimqul Raxmonkulov - fizika-matematika fanlari nomzodi. 

Islom Karimov nomidagi TDTU Olmaliq filiali Mashinasozlik texnologiyalari kafedrasi dotsenti Ustoz yoshlarga biron fan yoʼnalishida faqatgina bilim beruvchi emas, balki tahlil qilish, maʼlumotni aniqlash, amaliyotga qoʼllashni ham oʼrgatuvchi, har tomonlama rivojlanishiga turtki boʼluvchi, talabaning qobiliyatini kashf etishga yordam beruvchidir. Mana shunday oʼqituvchigina yoshlarning hayotida cheksiz katta ahamiyatga ega boʼladilar. Mashinasozlik kafedrasi dotsenti Raimqul Raxmonqulov shogirdlariga va oʼqituvchilik kasbiga mehr qoʼygan, shu bilan birga yangi texnologiyalardan foydalanuvchi zamon bilan hamnafas yuruvchi ustozdir. Ustoz 1949-yil Toshkent viloyati Piskent tumanida dehqon oilasida tavallud topgan. 1956 – 1966-yillari oʼrta maktabda tahsil olgan, aʼlo xulqi va yuqori bilimi sababli maktab maʼmuriyati uni kumush medal bilan taqdirlagan. 1966-1967-yillarda Piskent paxta tozalash zavodida mehnat faoliyatini boshlagan. 1967-1972-yillari Toshkent davlat politexnika institutining Аmaliy mexanika matematika fakultetining Deformatsiyalanadigan qattiq jismlar mexanikasi kafedrasini tugallagan. Talabalik davridan EHM uchun dastur yoza boshlagan va oʼsha davr talabalari orasida birinchilardan boʼlib, oʼz diplom ishi mavzusini EHM da bajargan. Bunga asosiy sabab - ustozi Sh.Mamatqulov diplom ishining hisobiy qismini faqat EHMda (elektron hisoblash mashinasi, oʼz paytidi shunday atalgan, hozirgi kompyuter) bajarishni talab qilgan. 1972-yilda universitet taqsimoti bilan «Seysmologiya» institutining ilmiy laboratoriyasiga ishga olingan. U texnika fanlari doktori (keyinchalik akademik) А.Sultonxoʼjayev qoʼl ostida «Yer zilzilasini oldindan aniqlashda radon gazining tutgan oʼrni» mavzusida ish olib bordi. R.Raxmonqulovning mavzu boʼyicha matematik modellashtirish masalasini toʼgʼri tanlagani eʼtirof etilib, 1973 yilda ustoz «Sotsialistik mehnat ilgʼori» koʼkrak nishoni bilan taqdirlangan. U ilmiy markazdagi faoliyati davrida koʼplab seysmolog olimlar bilan tanishib, ilmiy izlanish mashaqqatlarini yengib oʼtishni oʼrgandi. Bunday ustozlarga misol qilib akademik Gʼ.Movlonov, T.Rashidov, Yo.Soatov, B.Mardonovni misol qilib koʼrsatish mumkin. Taqdir taqozosi bilan u 1974-1976-yillarda Toshkent viloyati Piskent shahrida matematika fani oʼqituvchisi sifatida bolalar taʼlimi bilan shugʼullandi. 1976-yildan oʼzi taʼlim olgan maskanda yaʼni Toshkent davlat texnika universitetida, yangi tashkil qilingan «EHM va dasturlash» kafedrasida Oripov M. (hozirda akademik) rahbarligida ishlay boshlaydi. Ustoz mehnat faoliyati bilan bilan bir qatorda «Deformatsiyalanadigan qattiq jismlar mexanikasi» kafedrasining dotsenti Sh.Mamatqulov rahbarligida «Ikki komponentli yarim tekislikda, doiraviy toʼsiqli muhitda toʼlqin tarqalishi» mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qildi va fizika-matematika fanlari nomzodi ilmiy darajasini olishga muvofiq boʼldi. Oliy dargohda ishlash paytida faqatgina talabalarga bilim beribgina qolmay, bir qancha uslubiy qoʼllanmalar yozish bilan oʼzining pedagoglik mahoratini oshirib bordi. 1992-yilda «EHM va dasturlash» kafedrasi dotsenti ilmiy unvonini oladi. 1993-1995-yillarda Toshkent davlat texnika universiteti qoshida ochilgan Oliy pedagogika institutida dotsent lavozimida Oʼzbekiston Respublikasi boʼyicha oliy oʼquv yurtlari professor-oʼqituvchilarini EHM boʼyicha malakasini oshirishda oʼz hissasini qoʼshdi. Bu davrda xoʼjalik shartnomalari mavzulari boʼyicha ham ish olib bordi. Bunga misol qilib uning Fargʼona vodiysida ochilgan neft plastini maʼlumotlarini matematik bogʼlanishlarini “faktorlar analizi” yordamida topishda qatnashganini keltirish mumkin. 1995-1997-yillarda Piskent Xalq bankida dasturlovchi lavozimida bank axborotlari bazasini shakllantirishga oʼz hissasini qoʼshdi. 1995 -2001-yillar mobaynida «Аmmofos-maksam» ishlab chiqarish zavodida «Oʼlchov asboblari va HM» boʼlimida dasturlovchi vazifasida mehnat faoliyatini olib bordi. Bu davrda u «Sotuv» boʼlimi uchun dasturlar kompleksini yaratadi va buning uchun rahbariyat mukofotiga sazovor boʼldi. 2001-yilda Navoiy davlat konchilik institutining Olmaliq kon-metallurgiya fakultetida, hozirda esa Toshkent davlat texnika universiteti Olmaliq filialida dotsent lavozimida ishlab kelmoqda. Bu davrlarda u Umumtexnika kafedrasi mudiri, oʼquv ishlar boʼyicha dekan oʼrinbosari vazifasida ishlagan. Uning ilmiy-tadqiqot ishlari 70 dan ortiq boʼlib, turli ilmiy jurnallarda chop etilgan hamda Oʼzbekiston intellektual mulk agentligida davlat roʼyxatidan oʼtkazilgan. Bu roʼyxatga uning D.Xoliqulov bilan birga «Texnologik jarayonlarni modellashtirish» mavzusidagi monografiyasi ham qoʼshiladi. Ustozning talabalar uchun «Mashina detallari fanidan kurs ishlarini bajarish», «Raqamli dasturda boshqariladigan stanoklarni dasturlash asoslari» va boshqa oʼquv qoʼllanmalari fakultet ilmiy uslubiy kengash qarori bilan chop qilingan boʼlib, oʼquv jarayonida qoʼllanib kelinmoqda. Raimqul Raxmonqulovning mehnat faoliyati - Toshkent viloyat hokimligi, Olmaliq shahar hokimligi va TDTU Olmaliq filiali rahbariyati tomonidan faxriy yorliqlar bilan taqdirlangan.Ustoz ilm-fan yoʼlidagi mehnatlari bilan birga adabiyot, soʼz sanʼati ixlosmandi ham. “Piskent haqiqati” gazetasi uchun ham koʼplab sheʼrlar va hikoyalar yozganligi uning adabiyot bilan ham qiziqishi borligini bildiradi. Bunga misol qilib, «Qimor» hikoyasini keltirish mumkin. Hozir kunda ham talabalarni yetuk mutaxassis boʼlib yetishishlariga oʼz hissasini qoʼshib kelayotgan, ularga chuqur bilim berayotgan fidoyi ustoz Raimqul Raxmonqulov yoshlarga, shogirdlariga, hamksablariga oʼzining qimmatli hayotiy tajribalarini, maslahatlarini berib kelmoqda.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. "Najot ilmdandir" - Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti Olmaliq filiali tashkil topganining 5 yilligiga bag‘ishlanadi. Toshkent, "Renessans press" nashriyoti, 2022-yil / 208 b.
  2. "Olmaliq ohanglari" - Toshkent, "Renessans press" nashriyoti, 2021-yil / 260 b.
  3. "Fayzli umr sohibi" - Toshkent, "Firdavs-shoh" nashriyoti, 2023-yil / 144 b.