Türksat (kompaniya)
|
Türksat kompaniyasi logotipi | |
| Sobiq nomi | Türksat Milli Haberleşme Uyduları |
|---|---|
| Turi | biznes va kompaniya |
| Tarmogʻi | Telekommunikatsiya, Media |
| Egasi | Turkiya boylik jamgʻarmasi (100%) |
| Status | Davlat korxonasi |
| Qachon asos solingan | 21-dekabr, 1990-yil |
| Joylashuvi | Gölbaşı, Ankara, Turkiya |
| Hududiy xizmati | Dunyo boʻylab (sunʼiy yoʻldosh), Turkiya (kabel) |
| Direktori | Hasan Hüseyin Ertok |
| Direktorlar kengashi raisi | Prof. Dr. Kemal Yüksek |
| Mahsulot(lar)i | Aloqa sunʼiy yoʻldoshlari, Kabel TV, KabloNet (Internet), e-Devlet xizmatlari |
| Brendlari | Türksat, KabloTV, KabloNet, KabloSes |
| Daromadi | 13.851 milliard ₺ (2023) |
| Boyligi | 41.663 milliard ₺ (2023) |
| Kapitallashtirish | 25.411 milliard ₺ (2023) |
| Shoʻba korxonalari | Eurasiasat S. A. M. |
| Vebsayti | turksat.com.tr |
| Til(lar)i | Turkcha, Inglizcha |
Türksat Satellite Communications Cable TV and Operations Incorporated (turkcha: Türksat Uydu Haberleşme Kablo TV ve İşletme A.Ş.) – Turkiyadagi yagona aloqa sunʼiy yoʻldoshi operatori. Kompaniya 1990-yil 21-dekabrda Anqarada davlat korxonasi sifatida tashkil etilgan.
Kompaniya sunʼiy yoʻldosh aloqasi, kabel televideniyesi (Teledünya) va keng polosali internet xizmatlarini taqdim etadi. Shuningdek, u Turkiyadagi „Elektron hukumat“ (e-Devlet) portalini boshqarish mas’uliyatini ham zimmasiga olgan.
Sunʼiy yoʻldoshlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Türksat A.Ş. oʻzining sunʼiy yoʻldoshlar seriyasini ishga tushirgan. Hozirda kompaniya Anqaradagi Gölbaşı yer usti stansiyasi orqali aloqa operatsiyalarini amalga oshiradi. Hozirda Turksat 4A ishlamoqda. Kompaniya Anqaradagi Gölbaşi yer usti stansiyasida sunʼiy yoʻldosh telekommunikatsiyasini amalga oshiradi[1][2]. Türksat 4A 2014-yil 17-fevralda Rosoboronexport bilan hamkorlikda uchirilgan[3].
| Sunʼiy yoʻldosh | Uchirilgan sana | Uchirish maydoni | Raketa-tashuvchi | Ogʻirligi | Holati | Izoh |
|---|---|---|---|---|---|---|
| 1994-yil 24-yanvar | 1743 kg | Muvaffaqiyatsiz | Uchirish paytida halokatga uchragan | |||
| 1994-yil 10-avgust | 1743 kg | Xizmatdan olingan (2006) | ||||
| 1996-yil 9-iyul | 1743 kg | Xizmatdan olingan (2010) | ||||
| 2001-yil 10-yanvar | 3530 kg | Xizmatdan olingan (2016) | Eurasiasat 1 nomi bilan ham tanilgan | |||
| 2008-yil 12-iyun | 3110 kg | Xizmatda | ||||
| 2014-yil 14-fevral | 4850 kg | Xizmatda | ||||
| 2015-yil 16-oktyabr | 4924 kg | Xizmatda | ||||
| 2021-yil 8-yanvar | 3500 kg | Xizmatda | ||||
| 2021-yil 19-dekabr | 4500 kg | Xizmatda | ||||
| 2024-yil 8-iyul | 4250 kg | Xizmatda | Turkiyada ishlab chiqarilgan ilk mahalliy aloqa sunʼiy yoʻldoshi |
Kabel TV va Internet
[tahrir | manbasini tahrirlash]Türksat 2008-yil 1-noyabrda oʻzining raqamli kabel televideniyesi va internet xizmati boʻlgan Teledünyaga (hozirda KabloTV va KabloNet) asos soldi. Kompaniya Turkiya boʻylab keng qamrovli kabel infratuzilmasiga ega.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Konya'da uydu kontrol merkezi açılacak“ (Turkish) (2009-yil 28-sentyabr). Qaraldi: 2014-yil 15-fevral.
- ↑ „Deprem Türksat'ı da vurabilir“ (Turkish) (2007-yil 23-dekabr). Qaraldi: 2014-yil 15-fevral.
- ↑ „Proton-M orbited the Turkish communications satellite“ (2014-yil 17-fevral). 2014-yil 17-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan.