Sybille Bammer

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Sybille Bammer
Mamlakat Avstriya bayrogʻi Avstriya
Istiqomat joyi Linz, Avstrya
Tugʻilishi 27-aprel 1980-yil (1980-04-27) (43 yosh)
Linz
Boʻyi 1.74 m sm
Professionallik 1997-yil
Faoliyati tugashi 2011-yil
Ishlatadigan qoʻli chap qoʻl
Olgan jami pul mukofot(lar)i miqdori $$1,732,746
Yakkalik bahslar
Rekordi 363–338
Jami titullari 2 WTA, 9 ITF
Eng yuqori pozitsiyasi No. 19 (17-dekabr 2007-yil)
„Katta dubulgʻa“ turniri yakkalik bahslari natijalari
Australian Open 3R (2006-yil)
French Open 4R (2007-yil)
Wimbledon 3R (2006-yil)
US Open QF (2008-yil)
Juftlik bahslari
Rekordi 31–91
Jami titullari 0 WTA, 1 ITF
Eng yuqori pozitsiyasi No. 236 (15-yanvar 2007-yil)
„Katta dubulgʻa“ turniri juftlik bahslari natijalari
Australian Open 1R (2006, 2007, 2008)
French Open 2R (2006-yil)
Wimbledon 1R (2006, 2007, 2008, 2009)
US Open 1R (2006, 2007, 2008)

Sybille Bammer (1980-yil 27-aprelda tugʻilgan) — avstriyalik sobiq professional tennischi.

U WTA Tourdagi gastrolga qaytishdan oldin qizi Tinani dunyoga keltirgan. U 2007-yilda Pattaya Open musobaqasida gʻolib chiqqanida, 1989-yilda Laura Arrayyadan keyin 18 yil ichida birinchi marta ona sifatida turnirda gʻolib chiqqan tennischi boʻldi[1].

Tennisdagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Linz shahrida tugʻilgan Bammer 2000-yilda Klagenfurt musobaqasida WTA turnirining asosiy toʻr bosqichida debyut qiladi va u yerda nemis tennischisii Andrea Glassga yutqazadi. U Wimbledon chempionati, US Open va Linsdagi turnirda ishtirok eta olmaydi.

2001-yil davomida u qizi Tinani dunyoga keltirish uchun tennisdan tanaffus oladi. Nafaqaga chiqqanida 238-oʻrinni egallagan va endi tennisdagi faoliyati tugaganiga ishongan. U qiziga qarash uchun Avstriyaning Ottenshaym qishlogʻida bir yil qoladi. Chaqaloqning otasi, Kristof Gshvendner, Bammer gastrol safariga qaytishi uchun Tinaga gʻamxoʻrlik qilish uchun muhandislik faoliyatidan tanaffus qilishni taklif qiladi[2].

Uning qizi Tina tez-tez olomon orasida boʻlgan. Bammer qizi haqida shunday dedi: „U har doim maydonda boshqalarga jim boʻlishni aytadi, chunki bu onasiga diqqatini jamlashiga yordan beradi“[3].

2007-yil fevral oyida u professional boʻlganidan oʻn yil oʻtib, nihoyat oʻzining birinchi WTA turniri unvonini qoʻlga kiritdi va birinchi raundda Vasilisa Bardinani, keyin, Anastasiya Rodionova, Martina Sucha, Peng Shuaidan yarim finalda magʻlub etidi. Finalda Gisela Dulko ustidan gʻalaba qozonish yoʻlida uchta oʻyin ochkosini saqlab qoldi[4][5].

Qizi 2007-yil sentyabr oyida Avstriyada maktabni boshlaganligi sababli, Bammer oʻz mavsumini bir oydan koʻproq vaqt davomida uydan uzoqlashtirmaslikka qaror qildi[3].

Bammer oʻzining soʻnggi professional turniri boʻlgan 2011-yilgi Gastein Ladies musobaqasida soʻng nafaqaga chiqdi.

U Serena Williamsga qarshi 2-0 hisobidagi natijaga ega boʻlib, bu uni Serenaga qarshi gʻalaba qozongan kam sonli tennischidan biriga aylantirdi[6]

WTA finallari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yakkalik[tahrir | manbasini tahrirlash]

2009-yilgacha 2009-yildan boshlab
Katta Dubulgʻa
I daraja Premer
II daraja Premer 5
III daraja Premer
IV va V daraja (1) Xalqaro (1)
Natija Yoʻq. Turnir Maydon Raqib Hisob
Gʻolib 1. Pattaya Open, Tailand Qattiq Argentina Gisela Dulko 7-5, 3-6, 7-5
Gʻolib 2. Praga Open, Chexiya Qumli Italiya Francesca Schiavone 7-6 (4), 6-2
Turnirlar 2005 2006 2007 2008 2009 2010 2011 W–L
Australian Open A 3R 1R 2R 1R 2R 1R 4-6
French Open A 1R 4R 1R 2R 2R 1R 5-6
Wimbledon A 3R 2R 2R 1R 1R 1R 4-6
US Open 1R 2R 4R QF 1R 2R A 9-6
Gʻalaba — magʻlubiyat 0-1 5-4 7-4 6-4 1-4 3-4 0-3 22-24

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Branch, John. „Tennis: Raising a child and her ranking“. The New York Times (28-iyun 2007-yil).
  2. Araton, Harvey. „Success in Singles for a Doubles Team“. The New York Times (30-avgust 2009-yil). Qaraldi: 8-fevral 2014-yil.
  3. 3,0 3,1 „Bammer Thrives on Motherhood: BBC Sport 25 June 2007“. 12-sentabr 2007-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 23-sentabr 2022-yil.
  4. Bammer takes title with epic win
  5. „Austriaʼs Bammer wins her first WTA Tournament“. 5-oktabr 2009-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 23-sentabr 2022-yil.
  6. „Head to Head | Serena Williams vs Sybille Bammer H2H“.