Sxug

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Sotishga tayyorlangan sxug

Sxug (arabcha: سحوق ‎ sxug, sxuk, zxuk[1] yoki arabcha: سحاوق ‎, sahaweg, zahavek[2], ivritcha: סחוג или זחוק ,yoki sxug, zxug) — achchiq qalampir, sarimsoq va qoʻshimcha ziravorlardan tayyorlanganYaman achchiq sousi.

Asosiy turlari va ingrediyentlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Sxugning asosiy turlari — quritilgan qizil achchiq qalampir poʻstlogʻi asosidagi „qizil sxug“ va yangi yashil achchiq qalampir poʻstlogʻi asosidagi „yashil sxug“. „Jigarrang sxug“ — ezilgan pomidor bilan yashil sxug aralashmasi.

Urugʻlari olib tashlanmaydigan tuyilgan yoki maydalangan qalampirdan tashqari, sxug tarkibiga, odatda, sarimsoq, kashnich (yoki yalpiz), oʻsimlik moyi, tuz, limon sharbati va qoʻshimcha ziravorlar, masalan: qalampirmunchoq, zira (kamun, zira), qora murch va hil kiradi[3].

Tarqalishi va foydalanish[tahrir | manbasini tahrirlash]

Sxug, ezilgan pomidor sousi va tuxum bilan birga tortilgan jahnun

Yamandan sxug Yaqin Sharq mamlakatlariga tarqalgan.

Sxug, ayniqsa, Isroilda[4] keng tarqalgan boʻlib, u yerga yamanlik yahudiylar olib borgan. Sxug ziravor sifatida ham, spred sifatida ham keng ommalashgan boʻlib, xumus va tahini bilan birga falafel noʻxat sharlari yoki shaurma bilan toʻldiriladigan ichi boʻsh pitaning ichiga surtish uchun ishlatiladi (bu maqsadda uni oddiygina xarif deb ataladi — soʻzma-soʻz „achchiq“, ivritcha: חריף).

Sxug, koʻpincha, jahnun va malavah kabi anʼanaviy Yaman xamirli pishiriqlari bilan birga ham beriladi[4].

Tayyorlanishi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Anʼanaga koʻra, sxug murchni tekis tosh yuzasida yanchib maydalash orqali tayyorlangan. Hozir, odatda, ingrediyentlarni tosh hovoncha yoki blenderda maydalash orqali tayyorlanadi[5].

Yana qarang[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Variatsii proiznosheniya osnovani na raznoobrazii yemenskix govorov.
  2. Dr. Lamya Almas, Shetney, Zhug or Zahaweg (Doktor Lamya Almas, „Shitni, zxug ili zaxaveg“), na sayte yemeniyah.com.(ingl.)
  3. „Йеменские блюда — зхук, на сайте temani.net“ (he). 2012-yil 13-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 21-sentyabr.
  4. 4,0 4,1 Red Skhug: a Recipe and a Story (Krasniy sxug: resept i istoriya).(ingl.)
  5. Audrey Bourget, Zhug is the Yemeni hot sauce that gives a kick to your cook (Odri Burje, „Zxuk — eto yemenskiy ostriy sous, dobavlyayuщiy xaraktera v vashi blyuda“), na sayte SBS (3.6.19)(ingl.)