Kontent qismiga oʻtish

Sviatlana Kudzelich

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Sviatlana Kudzelich

Sviatlana Kudzelich 2012-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlarida
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavallud sanasi 1987-yil 7-may (1987-05-07) (39 yosh)
Boʻyi 1.7 m (5 ft 7 in)
Vazni 51 kg (112 lb)
Sport
Mamlakat Belorussiya bayrogʻi Belarus
Qaysi sport yengil atletika

Svyatlana Mixailauna Kudzelich (belaruscha: Святлана Міхайлаўна Кудзеліч; 1987-yil 7-mayda Pinskda tugʻilgan) – belaruslik uzoq masofaga yuguruvchi. 2012 va 2016-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlarida ishtirok etgan. 2015-yilgi Yevropa chempionida kumush medalini qoʻlga kiritgan, biroq 2024-yilda Yelena Korobkinada doping aniqlanib, diskvalifikatsiya qilinishi ortidan Kudzelich 2015-yilgi yopiq inshootda oʻtkazilgan Yevropa chempionatida 3000 metr masofaga yugurish bahslari chempioni sifatida tan olingan[1].

Kudzelich 5-sinfda darsdan qochib, maktabda oʻtkazilgan kross musobaqasida qatnashishga qaror qilgan va kutilmaganda musobaqada gʻalaba qozongan. Keyinchalik shahar miqyosidagi yugurish musobaqasida ham gʻolib boʻlgan va shundan soʻng yugurish sportini oʻzining asosiy mashgʻulotiga aylantirgan[2] .

Toʻsiqlar osha yugurish boʻyicha shugʻullanishdan oldin Kudzelich uzoq masofalarga yugurgan va ushbu yoʻnalishda yoshligida yaxshi natijalarni koʻrsatgan. Oʻsmirlar oʻrtasidagi Yevropa chempionatida uchinchi, yoshlar oʻrtasida 5 kilometrga yugurish bahslarida ikkinchi oʻrinni egallagan. 2010-yilgi Yevropa chempionatida esa 10 000 metrga yugurgan, biroq musobaqa medallariga ega chiqmagan.

2020-yilning sentyabr oyiga qadar Favqulodda vaziyatlar vazirligining Mafkuraviy ishlar va kadrlar boʻlimida oʻqitish va sport inspektori sifatida katta leytenant lavozimida ishlagan. 2020-yil 18-avgust kuni Belarusda boʻlib oʻtgan norozilik namoyishlari chogʻida boshqa belaruslik sportchilar bilan birgalikda mamlakatdagi zoʻravonliklarni qoralab, yangi prezident saylovlarini oʻtkazishni talab qiluvchi ochiq maktubni imzolagan. Shundan soʻng, Favqulodda vaziyatlar vazirligidan ishdan boʻshatilib, maoshidan mahrum qilingan[3][4]. Shuningdek, bu ishi uchun milliy terma jamoa safidan ham chetlashtirilgan[5]. Uning eri va murabbiyi Igar Javaranak ham Lukashenko rejimi tomonidan taʼqib qilingan[5]. Biroq juftlik 2020-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlariga mustaqil ravishda tayyorgarlik koʻrishni davom ettirgan[5].