Svetlana Inamova

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Svetlana Inamova
Tavalludi 1951
Fuqaroligi  Oʻzbekiston
Kasbi shifokor
Millati oʻzbek
Mukofotlari Mehnat shuhrati ordeni Sogʻlom avlod uchun ordeni (medali)-1.jpg

Svetlana Tursunxodjayevna Inamova — (1951-yil, Andijon, Oʻzbekiston SSR, SSSR) — Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan Sogʻliqni saqlash xodimi.

Tarjimayi holi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Svetlana Inamova 1951-yil Andijon shahrida tugʻilgan. Oliy maʼlumotli. Svetlana Inamova 1974-yil Andijon davlat tibbiyot institutini tamomlagan. Svetlana Inamova 1988—2002-yillarda Andijon ko’p tarmoqli bolalar shifoxonasi bosh shifokori, 2002—2004-yillar „Sog’lom avlod uchun“ xalqaro xayriya fondi boshqaruvi raisi, 2005—2008-yillar Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri oʻrinbosari, Oʻzbekiston Xotin-qizlar qoʻmitasi raisi, 2008-yildan „Sogʻlom avlod uchun“ xalqaro xayriya jamgʻarmasi boshqaruv kengashi raisi sifatida faoliyat olib borgan. Svetlana Inamova harakatlari natijasida 2015—2017-yillar fondga 130,889 mln AQSh dollari, 4105,4 mln soʻm, xalqaro tashkilotlardan 862,078 ming AQSh dollar va 67,984 ming yevro jalb qilingan. Mablagʻga ekologik noqulay, chekka hududlarda yashovchi aholiga 9 marta tashkil etilgan tibbiy yordam „Salomatlik poyezdlari“ aksiyasi doirasida 25 972,8 mln soʻmlik dori, kiyim-kechak, sanitariya-gigiyena vositalari yetkazib berilgan. 2013-yil AQShning „Ameri Cares“ va boshqa tashkilotlari 200,1 ming AQSh dollari 367 700 juft qishki va yozgi bolalar va oʻsmirlar oyoq kiyimlarini maxsus maktab-internatlari oʻquvchilari, koʻp bolali oilalar farzandlariga tarqatildi. 148 nafar nogiron bola Koreya, Ukraina, Germaniya, kabi davlatlarda davolanishdi, 1070 dan ortiq bemor bola Oʻzbekistonda operatsiya qilindi. Janubiy Koreyaning „Save the Children“ fondi 332 nafar yurak tugʻma nuqsoni boʻlgan bolalarni „oksigenator“lar bilan taʼminladi[1].

Mukofotlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Svetlana Inamova 1994-yil I darajali „Sogʻlom avlod uchun“ ordeni, 2006-yil „Mehnat shuhrati“ ordeni, 2013-yil „O’zbekiston Respublikasida xizmat ko’rsatgan Sog’liqni saqlash xodimi“ faxriy unvoni bilan mukofotlangan[2].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]