Sven Hannawald

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Sven Hannawald
Shaxsiy maʼlumotlari
Fuqaroligi  Germaniya
Tavallud sanasi 9-noyabr 1974-yil (1974-11-09) (49 yosh)
Erlabrunn, Sharqiy Germaniya
Sport
Qaysi sport (Changʻida sakrash), futbol, avtopoyga

Sven Xannavald — (1974-yil 9-noyabrda tugʻilgan) nemis sobiq chang'ida sakrash yoʻnalishidagi sportchi. Sven 1992-yildan 2004-yilgacha musobaqalarda qatnashgan, faoliyatidagi eng yaxshi yutugʻi 2002-yilgi Toʻrt tepalik turniri gʻolibi boʻlgan va undan tashqari tarixda bir xil turnirdagi toʻrtta musobaqada ham gʻalaba qozongan birinchi sportchi hisoblanadi. U shuningdek, Jahon kubogi mavsumida ikki marotaba ikkinchi oʻrinni egallagan, changʻidan sakrash boʻyicha jahon chempionatida toʻrtta medalni, bundan tashqari, qishki Olimpiya oʻyinlarida va changʻida uchish boʻyicha jahon chempionatlarida uchta medalni qoʻlga kiritgan.

Changʻida sakrash faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Xannavald 2004-yil

1998-yilda Xannavald va 1998-yilda Oberstdorfda boʻlib oʻtgan changʻi uchish boʻyicha jahon chempionatida kumush medalni qoʻlga kiritgan. Naganoda boʻlib oʻtgan Olimpiya oʻyinlarida jamoaviy katta tepalik musobaqasida kumush medalni qoʻlga kiritgan.

1998—1999-yilgi mavsumda changʻidan sakrash boʻyicha Jahon kubogida umumiy hisobda beshinchi oʻrinni egallagan. Ramsauda boʻlib oʻtgan jahon chempionatida u Martin Shmittdan keyingi pogʻonada katta tepalik boʻyicha yakka tartibda kumush medalni qoʻlga kiritgan, shuningdek, jamoaviy katta tepalik musobaqasida oltin medalni qoʻlga kiritgan.

2000-yilda Xannavald Vikersundda changʻi uchish boʻyicha jahon chempionatida gʻolib boʻlgan. Oʻsha yili Xolmenkollen changʻi festivalida changʻidan sakrash musobaqasida ham gʻolib chiqqan.

2000—2001-yilgi mavsumda Xannavald Lahti shahrida boʻlib oʻtgan jahon chempionatida jamoaviy yirik tepalik bahsida oltin va jamoaviy oddiy tepalik bahsida bronza medalini qoʻlga kiritgan.

Keyingi 2001—2002-yilgi qish uning faoliyatidagi eng muvaffaqiyatlisi boʻlgan: Xannavald Jahon kubogida ikkinchi oʻrinni egallagan va Toʻrt tepalik turnirida yakkalik bahslarida sakrash boʻyicha barcha toʻrtta unvonni qoʻlga kiritgan va buni tarixda birinchi amalga oshirgan. U changʻi uchish boʻyicha jahon chempioni unvonini muvaffaqiyatli himoya qila olgan. Solt-Leyk-Siti shahrida boʻlib oʻtgan qishki Olimpiya oʻyinlarida jamoada katta tepalikda oltin va yakka tartibli oddiy tepalikda kumush medalni qoʻlga kiritgan va hatto Germaniyada yilning eng yaxshi sportchisi nominatsiyasiga nomzod etilgan. Biroq, barcha muvaffaqiyatlariga qaramay, Xannavald Jahon kubogi umumiy reytingida Adam Malyshdan ustun kela olmagan.

Changʻidagi faoliyatidan soʻng[tahrir | manbasini tahrirlash]

2008-yil 26-sentyabrda Xannavald Germaniya Kreysligasining TSV Burgau futbol klubi bilan ikki yillik shartnoma imzolagan va u yerda hujumchi sifatida oʻynagan[1].

2010-yilda Xannavald ADAC GT Masters musobaqasida Touring Car poygasi haydovchisi sifatida debyut qilgan[2][3]. Sven oʻzining birinchi poygasini 2010-yil 10-aprelda Oscherslebenda oʻtkazgan.

Jahon chempionati natijalari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Turnir jadvali[tahrir | manbasini tahrirlash]

Mavsum Umumiy natijalar 4H SF NT JP
1992—1993-yil 59 Yoʻq Yoʻq
1993—1994-yil 90 60 Yoʻq Yoʻq
1994—1995-yil 63 Yoʻq Yoʻq
1995—1996-yil 65 Yoʻq
1996—1997-yil 59 34 55 55
1997—1998-yil 6 2nd 1st 2nd 9
1998—1999-yil 6 11 9 3rd 5
1999—2000-yil 4 4 1st 2nd 5
2000—2001-yil 9 4 9 Yoʻq
2001—2002-yil 2nd 1st Yoʻq 3rd Yoʻq
2002-2003-yl 2nd 2nd Yoʻq 4 Yoʻq
2003—2004-yil 24 12 Yoʻq Yoʻq

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]