Sven Bender

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Sven Bender
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Sven Bender[1]
Tavallud sanasi 27-aprel 1989-yil (1989-04-27) (34 yosh)
Tavallud joyi Rosenheim, Germaniya
Boʻyi 1.86 m
Ampluasi Markaziy himoyachi
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
1993—1999 TSV Brannenburg
1999—2002 SpVgg Unterhaching
2002—2006 1860 Munich
Total 352 (12)
Xalqaro medallar

‡ Milliy terma jamoadagi gollari (2016-yil 20-avgust uchun)

Sven Bender (talaffuzi: Sven Bender) (27-aprel 1989-yil Bavariya) — nemis futbolchisi, yarim himoyachi . Sobiq futbolchi va Bayer 04 sardori Lars Benderning egizak ukasi.

Faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Sven Bender " Myunxen 1860 " ning aʼzosi

Sven Bavariyaning Rozenxaym shahrida tugʻilgan. Egizak akasi Lars bilan birga u Brannenburg futbol maktabida oʻqishni boshlagan, u yerdan koʻtarilish uchun Unterhahing klubi maktabiga borgan. 2003-yilda isteʼdodli yigitlar Myunxenning ikkinchi eng muhim klubi " Myunxen 1860 "da koʻzga tashlangan. 2006-yilda Sven Myunxenning ikkinchi jamoasiga oʻtganini eʼlon qilagan va tez orada birinchi jamoa bilan shartnoma imzolagan. Akasi bilan birgalikda ular darhol oʻynashni boshladilar va maydonning oʻrta chizigʻida juda ajoyib oʻyin namoyish etishgan. Hammasi boʻlib Sven 1860 Myunxen safida 65 ta oʻyin oʻtkazib, 1 ta gol urgan.

2009/10-yilgi mavsum oldidan yosh oʻyinchiga Dortmundning „Borussiya“ klubiga qiziqish bildirgan va keyinchalik u bilan shartnoma imzolagan. Bu yerda ularning yoʻllari akalari bilan ajralib ketagan akasi Bayerga borishni tanlagan. Sven Bundesligadagi debyutini 2009-yilning 19-sentyabrida 6-tur doirasidagi safarda " Gannover "ga qarshi o‘tkazgan va 1:1 hisobidagi durang bilan yakunlangan. Sven ilk daqiqalardan maydonga tushgan va yaxshi oʻyin oʻtkazgan[2]. Umuman olganda, birinchi mavsumda u „Borussiya“ tarkibida 19 ta oʻyinda maydonga tushgan.

2017-yilning 13-iyulida Dortmundning „Borussiya“ klubi Sven Benderning " Bayer 04 "ga 2021-yilning yozigacha[3] o‘tishi haqida eʼlon qilgan.

Faoliyatining oxiri[tahrir | manbasini tahrirlash]

Sven va uning ukasi Lars 2020/2021-yilgi mavsum tugaganidan keyin nafaqaga chiqgan.

Milliy terma jamoa[tahrir | manbasini tahrirlash]

Turli yoshdagi yoshlar jamoalarida oʻynagan. 2008-yilda u 19 yoshgacha boʻlganlar oʻrtasida Yevropa chempioni boʻlgan. Keyinchalik u asosiy terma jamoaga chaqiruv olgan.

2016-yilning 15-iyulida Rio Olimpiadasida ishtirok etish uchun futbol bo‘yicha Germaniya olimpiya terma jamoasiga kiritilgan va kumush medalni qo‘lga kiritgan.

Oila[tahrir | manbasini tahrirlash]

Uning Lars Bender ismli egizak akasi bor. Ikkalasi ham faoliyatini Bayer Leverkuzenda yakunlagan. 2016-yil 20-noyabrda Sven va uning rafiqasi Simona Maksimilian ismli oʻgʻil farzand koʻrganlar.

Karyera statistikasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Klub Mavsum Liga Mamlakat kubogi Yevropa Boshqa Jami
Divizion Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol
1860 Munich II 2006—2007 Regionalliga Süd 15 2 0 0 15 2
2007—2008 1 0 0 0 1 0
Jami 16 2 0 0 0 0 0 0 16 2
1860 Munich 20062007 2. Bundesliga 13 0 0 0 0 0 13 0
20072008 27 1 3 0 0 0 30 1
20082009 25 0 1 0 0 0 26 0
Jami 65 1 4 0 0 0 0 0 69 1
Borussia Dortmund II 20092010 3. Liga 3 0 0 0 3 0
20122013 1 0 0 0 1 0
Jami 4 0 0 0 0 0 0 0 4 0
Borussia Dortmund 20092010 Bundesliga 19 0 0 0 0 0 0 0 19 0
20102011 31 1 1 0 7 0 0 0 39 1
20112012 24 1 3 0 4 0 1 0 32 1
20122013 20 1 1 0 11 0 0 0 32 1
20132014 19 1 2 0 5 0 1 0 27 1
20142015 20 0 5 0 6 0 1 0 32 0
20152016 19 0 5 0 11 0 0 0 35 0
20162017 6 0 1 0 1 0 0 0 8 0
Jami 158 4 18 0 45 0 3 0 224 4
Bayer Leverkusen 20172018 Bundesliga 29 2 5 0 0 0 34 2
20182019 27 0 2 0 3 0 0 0 32 0
20192020 33 2 5 1 9 1 0 0 47 4
20202021 18 0 1 0 1 0 0 0 20 0
Jami 107 4 13 1 13 1 0 0 133 6
Karyerada jami 350 12 35 1 58 1 3 0 446 13


Yutuqlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

"Borussiya Dortmund''
  • Germaniya chempioni (2): 2011, 2012
  • Germaniya kubogi sohibi: 2012 yil
  • Germaniya Superkubogi sohibi (2): 2013, 2014
Germaniya terma jamosi
  • 2008-yil 19-yoshgacha boʻlganlar oʻrtasidagi Yevropa chempioni.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „S. Bender“. Soccerway. Global Sports Media. Qaraldi: 2011-yil 2-oktyabr.
  2. „Spielstatistik Hannover 96 — Borussia Dortmund 1:1 (0:1)“ (de). fussballdaten.de. 2012-yil 2-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 17-iyul.
  3. „Sven Bender vor Wechsel zu Bayer 04 Leverkusen“ (de). Официальный сайт «Боруссии (Дортмунд)». 2018-yil 1-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 13-iyul.