Suzuvchi orol

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Suzuvchi orol
Ujuvad saarekesed.jpg
Turi Desert
Asosiy komponentlari beze (tuxumning oqi, shakar va sut)

Suzuvchi orol yoki île flottante beze va ingliz kremidan tashkil topgan fransuzcha desertdir.

Beze suv hammomida pishiriladi va ingliz kremi qatlamida tortiladi, natijada desert haqiqatan ham krem dengizida suzuvchi orolga oʻxshaydi.[1][2] U karamel, bodom boʻlaklari, maydalangan praline yoki limon qobigʻi bilan bezatilishi mumkin.[1]

„Suzuvchi orol“ga oʻxshash desert boʻlmish qorchalar (fransuzcha: œufs à la neige) shakar kukuni va limon kislotasi bilan aralashtiriladigan koʻpirtirilgan tuxum oqsilidan tayyorlanadi, qoshiq bilan sharik yoki pilakchalar shaklida kesiladi va 3-5 daqiqa davomida suv yoki sutda qaynatiladi. Tayyor qorchalar kapgir bilan olinadi va suvi toʻkib tashlanadi, soʻngra shirinlik yoki salat idishlarida vanil yoki meva qaylasi bilan servirovka qilinadi.[3][4]

Desertning ikkala navi ham Fransiya va AQShda mashhurdir.[5] Soʻrovlarga koʻra, „suzuvchi orol“ fransuzlarning sevimli desertlaridan biri.[6][7]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. 1,0 1,1 Larousse gastronomique 2007.
  2. „Larousse“ gastronomik entsiklopediyasi 2011, s. 374.
  3. Les produits laitiers.
  4. „Œufs à la neige“. Larousse Cuisine. Qaraldi: 23-fevral 2018-yil.
  5. Joy of cooking 1997.
  6. „Desserts préférés des Français : les tops et les flops“. Leparisien.fr. Qaraldi: 23-fevral 2018-yil.
  7. „Les desserts préférés des Français“. Arts & Gastronomie. 14-iyun 2018-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 23-fevral 2018-yil.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Le Grand Larousse gastronomique. Larousse, 2007 — 465 bet. ISBN 978-2-03-582360-1. 
  • Irma S. Rombauer, Marion Rombauer Becker, Ethan Becker, Maria Guarnaschelli. Joy of cooking. Simon and Schuster, 1997 — 1035 bet. 
  • Абатуров П. В., Цыплёнков Н. П.. Сладкие блюда, напитки. Госторгиздат, 1959 — 75—76 bet. 

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

[sayt ishlamaydi]