Kontent qismiga oʻtish

Suzi Çelebi masjidi

Koordinatalari: 42°12′34″N 20°44′2″E / 42.20944°N 20.73389°E / 42.20944; 20.73389
Vikipediya, erkin ensiklopediya
Masjid
Suzi Çelebi masjidi
albancha: Xhamia e Suzi Çelebiut
Mamlakat  Kosovo
Shahar Prizren
Koordinatalar 42°12′34″N 20°44′2″E / 42.20944°N 20.73389°E / 42.20944; 20.73389
Yoʻnalishi sunniylik
Asosiy sana:
1523 (502 yil avval) (1523)

Suzi Chelebi masjidi (albancha: Xhamia e Suzi Çelebiut) Kosovoning Prizren shahridagi Usmonlilar davrida qurilgan masjiddir[1].

Ushbu masjid 1523-yilda qurilgan boʻlib, Prizren shahridagi ikkinchi eng qadimgi islomiy bino va birinchi toʻliq islomiy meʼmorchilik namunasi hisoblanadi. Masjid toʻrt qavatli tom bilan qoplangan toʻgʻri toʻrtburchak shaklida qurilgan. Uning tomi oʻn bir yogʻoch ustun ustiga oʻrnatilgan boʻlib, uchburchak koʻrinishga ega. Yogʻoch ustunlarning ustki qismida yorliq shaklidagi bezaklar ishlatilingan. Masjid hovlisida shaharning musulmon ruhoniylari qabristoni joylashgan. Shuningdek, bu yerda Prizrenning ilk shoirlaridan biri boʻlgan Suzi Çelebi va uning akasi Nehari ibn Abdullohning qabrlari ham bor[2][3].

  1. „LISTA E TRASHËGIMISË KULTURORE PËR MBROJTJE TË PËRKOHSHME“.
  2. Prizreni – Vendtakim i civilizimeve, Komuna e Prizren, Drejtoria për Turizëm dhe Zhvillim Ekonomik, 2012
  3. Trashegimia e evidentuar e Kosoves, Ministria e Kultures, Rinise dhe Sportit, 2005