Susima jangi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Susima jangi (1905) - rus-yapon urushi (1904 - 1905) davrida Rossiyaning 2-Tinch okean eskadrasi (qoʻmondon — vitse-admiral Z.P.Rojestvenskiy) bilan Yaponiya floti (qoʻmondon — admiral Togo) oʻrtasida Koreya boʻgʻozida Susima o.lari yaqinida boʻlib oʻtgan dengiz jangi [14-15(27-28-may)]. Susima jangi rus eskadrasining butunlay magʻlubiyati bilan tugagan. Ruslarning 5 ming kishisi va 27 jangovar kemasi yakson qilingan. Jangda yaponlarning 3 minonosetsi yoʻq qilinib, bir necha kemasi shikastlangan. Susima jangi natijasida podsho Rossiyasi urushni uzil-kesil boy bergan. Natijada Rossiya sulh muzokaralari olib borishga majbur boʻlgan.

Vitse-admiral Z.P.Rojestvenskiy