Suron

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Suron — qoʻshinlarning jang maydonida birbiriga qaramaqarshi turgan yoki hujum vaqtidagi askarlar qayqirigʻi. Oʻrta asrlarda chingiziylar, temuriylar va shayboniylar qoʻshinida askarlarning jangovar ruhini koʻtarish, dushmanni vahimaga solish maqsadida keng qoʻllanilgan taktik amaliyot. S arabcha "Alloh akbar" hamda turkiycha "Hayu hay", "Ura"ga mos tushgan. Temuriylar qoʻshinida oʻtkaziladigan harbiy koʻriklar chogʻida safda turgan jangchilar oliy bosh qoʻmondonga oʻzlarining boʻlajak yurishlarga shayligini, kayfiyatini izhor etish maqsadida birdan va baravariga S solganlar.