Suren Bogdasarov
Suren Bogdasarov | |
---|---|
Jinsi | erkak |
Tugʻilgan paytidagi ismi | Suren Petrosovich Bogdasarov |
Fuqaroligi |
![]() ![]() |
Qaysi sport | Oʻgʻir atletika |
Tavallud sanasi | 10-may 1920-yil |
Tavallud yeri | Oʻzbekiston |
Vafot sanasi | 13-sentyabr 2009-yil |
Medallar |
![]() SSSR xizmat koʻrsatgan murabbiy SSSR sport ustasi |
Suren Petrosovich Bogdasarov (1920- yil 10-may, Toshkent - 2009-yil 13-sentabr, Moskva) — sovet ogʻir atletikachisi va murabbiyi, SSSR chempionatining bronza medali sovrindori (1947). SSSR sport ustasi. SSSRda xizmat koʻrsatgan murabbiy (1957). Qizil Yulduz ordeni sohibi.
Biografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]
Suren Bogdasarov 1920-yil 10-mayda Toshkentda tugʻilgan. U 13 yoshida ogʻir atletika bilan shugʻullana boshlagan. 1947-yilda engil vazn toifasida (67,5 kg gacha) SSSR chempionatining bronza medali sovrindori boʻldi.
1954-yilda u Moskvaga koʻchib oʻtadi va u yerda Armiya markaziy sport klubida (CSKA) murabbiylik faoliyatini boshlaydi. 1956—1966-yillarda SSSR terma jamoasi murabbiylar shtabida faoliyat yuritgan. Suren Bogdasarov koʻplab shogirdlarni yetishtirdi, ular orasida Yuriy Vlasov eng mashhur shogirlaridan biri boʻlib,1960-yilgi Rim Olimpiya oʻyinlari chempionligini qoʻlga kiritti, shuningdek Yuriy Vlasov koʻp karra jahon va Yevropa chempioni edi.
Keyinchalik Suren Bogdasarov sportdagi natrijalari va tajribalarini targʻib qilish maqsadida jurnalistik va yozuvchik faoliyati bilan mashhur boʻldi. Koʻp yillar davomida u „Jismoniy madaniyat va sport“ jurnalida mualliflik ruknini ostida materiallar tayyorlab ushbu ruknni boshqargan, unda u sogʻlom turmush tarzini targʻib qilgan va jismoniy kuchni rivojlantirish uchun ishlab chiqqan mashqlar toʻplamini tavsiya qilgan[1]. 2003-yilda uning avtobiografik „Eski murabbiyning eslatmalari“[2] kitobi nashr etilgan.
Suren Bogdasarov 2009-yil 13-sentyabrda Moskvada vafot etdi.
Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
- ↑ „Сурен Богдасаров возобновляет свои уроки“. 4-mart 2016-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 26-sentabr 2015-yil.
- ↑ „Отрывки из книги «Записки старого тренера» (часть вторая)“. 26-yanvar 2016-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 26-sentabr 2015-yil.
Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
- Bogdasarov S.P. Eski murabbiyning eslatmalari. - M.: Arbat-Inform, 2003. - 223 b. — ISBN 5-89105-026-9
- Chidlovski.net saytidagi profil(ingl.) )
- S.P xotirasiga. Bogdasarova (1920—2009)