Suraya Pakzad
| Suraya Pakzad | |
|---|---|
|
| |
| Tavalludi |
1975-yil |
| Fuqaroligi |
|
| Kasbi | ayollar huquqlari himoyachisi |
Suraya Pakzad (1975-yil, Afgʻoniston) — afgʻonistonlik ayollari huquqlari himoyachisi[1].
Tarjimayi holi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Suraya Pakzad 1975-yil Afgʻonistonda tugʻilgan. 1998-yilda Suraya qizlarga oʻqishni oʻrgatadigan „Ayollar ovozi“ (inglizcha: „Voice of Women“) tashkilotiga asos solgan, hozirda tashkilot ayollarga boshpana, maslahat berish va ish oʻrgatish bilan ham shugʻullanadi[2][3]. Tashkilot 2001-yilgacha Tolibon tufayli yashirin ravishda faoliyat olib borgan[2][3][4]. Tolibonning olib borgan siyosati tufayli tashkilotda oʻqishni oʻrgatayotgan qizlar qoʻlga tushishdan qoʻrqib, ikki marotaba kitoblarini yoqib yuborishga majbur boʻlishgan[5]. 2001-yilda „Ayollar ovozi“ tashkiloti rasmiy ravishda nodavlat notijorat tashkilot deb eʼlon qilingan va 2002-yilda Afgʻoniston hukumatida tomonidan rasman roʻyxatdan oʻtkazilgan[2]. Shuningdek, Suraya boshchiligida tashkilot Afgʻoniston konstitutsiyasini ishlab chiqishga yordam bergan[2]. Pakzad 2008-yilda AQSh davlat kotibi tomonidan „Jasorati uchun“ xalqaro ayollar mukofoti va Afgʻoniston prezidenti tomonida „Malali medali“ bilan taqdirlangan[1][3]. Suraya 2009-yilda „Time 100“ roʻyxatiga kiritilgan[6]. 2010-yilda Pensilvaniya universitetining faxriy doktor unvonini va Burlington okrugi kollejida faxriy sanʼat doktori unvonini olgan, shuningdek, „Clinton Global Citizen Awards“ mukofoti bilan taqdirlangan[7]. 2011-yilda Newsweek Surayani dunyoni lol qoldirgan 150 ayoldan biri deb eʼlon qiladi[8]. 2012-yilda Pakzad Germaniyadagi Avstriya ayollar yetakchilik jamgʻarmasi tomonidan „Yilning yetakchi ayoli“ mukofoti bilan taqdirlangan[7].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- 1 2 „International Women of Courage Award Ceremony: 2008“. 2001-2009.state.gov (2008-yil 10-mart).
- 1 2 3 4 „Yahoo!“. www.politicsdaily.com.
- 1 2 3 „Suraya Pakzad | WISE Muslim Women“. 2016-yil 10-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2026-yil 28-mart.
- ↑ Hill, Evan „Interview: Suraya Pakzad“. www.aljazeera.com.
- ↑ Jordan, Mary „Two Afghan women among recipients of new Women, Power and Peace Awards“ (2009-yil 13-noyabr).
- ↑ Hosseini, Khaled (30 April 2009). „The 2009 TIME 100 - TIME“. Time — content.time.com.
- 1 2 „Voice of Women Organization - Home“. vwo.org.af. 2020-yil 1-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2026-yil 28-mart.
- ↑ „Eleven U.S. Department of State International Exchange Alumnae Among NEWSWEEK's "150 Women Who Shake the World"“.