Supercalifragilisticexpialidocious

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
„Supercalifragilisticexpialidocious“
Julie Andrews va Dick Van Dyke qoʻshigʻi
„Mary Poppins: Original Cast Soundtrack“ albomidan
Chiqarilgan sanasi 1964
Janr
Davomiyligi 2:03
Leybl Disneyland
Matn muallif(lar)i Sherman Brothers
Klipi
„Mary Poppins - Supercalifragilisticexpialidocious“ YouTubeda
Supercalifragilisticexpialidocious soʻzining talaffuzi

Supercalifragilisticexpialidocious (oʻzbekcha transkripsiya — superkalifrijalistikekspialidoushes, talaffuzi /ˌspərˌkælɪˌfræɪˌlɪstɪkˌɛkspiˌælɪˈdʃəs/) — 1964-yilda Disney telekanali tomonidan suratga olingan „Mary Poppins“ musiqiy filmidagi qoʻshiq. Qoʻshiq Sherman Brothers tomonidan yozilgan va Julie Andrews va Dick Van Dyke tomonidan kuylangan[1].

2004-yilda Amerika kino sanʼati „Supercalifragilisticexpialidocious“ qoʻshigʻini „AFI's 100 Years...100 Songs“ Amerika kinosidagi eng yaxshi 100 ta qoʻshiq roʻyxatida 36-oʻringa qoʻygan. Film chiqqandan keyin 34 harfdan iborat Supercalifragilisticexpialidocious soʻzi filmda „nima deyishni bilmay turganingizda aytishingiz mumkin boʻlgan soʻz“ deb tushuntirilgan 28 harfdan uzunroq ingliz tilidagi eng mashhur soʻzga aylangan[2].

Filmda[tahrir | manbasini tahrirlash]

Mary Poppins, Bert, Jane va Michael Banks bo'r bilan chizilgan rasmlar olami boʻylab sayr qilishadi. Mary sehrli karuseldagi ot poygasida gʻolib chiqqanida, jurnalistlar unga yaqinlashib, savollar berishni boshlaydilar. Ulardan biri, Poppinsga ishora qilib, oʻz his-tuygʻularini tasvirlash uchun soʻz topa olmayotganini taxmin qiladi. Mary bir soʻz aytib vaziyatdan chiqib ketish maqsadida Bert bilan birgalikda „Supercalifragilisticexpialidocious“ qo‘shig‘ini kuylaydi.

Ertasi kuni, haqiqiy olamga qaygan Michael va Jane otalari George Banks bilan suhbatda Supercalifragilisticexpialidocious soʻzini ishlatishadi. Otasi ulardan bu soʻz nimani anglatishini soʻraydi va Jane „bu soʻz nima deyishni bilmaganingizda aytiladi“ deb tushuntiradi[~ 1]. Janob Banks har doim nima deyishni bilishini aytadi.

Film so‘ngida maʼlum bo‘lishicha, Banks oʻzi ishlayotgan bankni halokat yoqasiga qo‘yganiga bilvosita aybdor boʻladi. Janob Banks boshliq janob Dous Sr.ning kabinetiga chaqiriladi va ishdan boʻshatiladi.

Janob Dous tushkunlikka tushgan Banksdan aytadigan gapi bor-yoʻqligini soʻraydi. Bolalari aytgan soʻzni eslab, janob Banks Supercalifragilisticexpialidocious deydi. Shunday qilib, oʻzining eskirgan dunyosi va qadriyatlaridan voz kechgan Banks xursandligicha bank binosidan yugurib chiqib, bolalar bilan varrak uchirishga yoʻl oladi[3].

Plagiat ayblovlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

?, 1918 (Brother Sherman soʻzlariga koʻra) super-cadja-flawjalistic-espeale-dojus
„The Undying Monster“, 1942 super-cala-phegalus
Parker i Yung, 1949[4] super-cala-fajalistick-espiala-dojus
Parker va Young, 1951 super-cala-fajalistick-espeeala-dojus
Brother Sherman, 1964 super-cali-fragilistic-expiali-docious

1949-yilda Gloria Parker[~ 2] va Barnard A. Young[~ 3] „Supercalafajalistickespeealadojus (The Super Song)“ qoʻshigʻini yozgan. Qoʻshiq 1951-yilda Columbia Records studiyasi tomonidan yozilgan vaAlan Holmes & his New Tones guruhi tomonidan ijro etilgan. Parkerning soʻzlariga koʻra, „Supercalafajalistickespeealadojus“ ni guruh Nyu-Yorkdagi eng yaxshi mehmonxonalarda ijro etgan[5].

„Mary Poppins“ filmi 1964-yilda chiqarilgan. „Mary Poppins“ filmidagi aka-uka Sherman qoʻshigʻining nomi Parker va Youngning 1951-yilgi qoʻshigʻidagi soʻzga oʻxshardi — filmdagi soʻz bir harf uzunroq boʻlsa-da, qolgan 10 ta harfda ham farq boʻlgan boʻlsa-da, soʻzlar aytilishiga qarab deyarli farq qilmasdi[6]. Sherman Brothersning qoʻshigʻi singari, Smith va Youngning qoʻshigʻida „Itʼs supercalafajalistickespeealadojus“[7] iborasi mavjud edi. Parker filmdagi qoʻshiqni quyidagicha baholagan: "Ular musiqani buzgan, musiqamizning sehrli mavzusini olib, „supercalafajalistickespeealadojus“ ga „P“ harfini qoʻpol ravishda yopishtirishtirib qoʻyishgan"[~ 4][5].

Supercalifragilisticexpialidocious soʻzi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Soʻzlar boʻyicha mashhur kitoblar muallifi filolog Richard Lederer supercali… soʻzi mutlaqo maʼnosiz emas deb hisoblaydi. Super- inglizchada „yuqoridan“, degan maʼnoni bildiradi, -cali- yunoncha [1]καλός (chiroyli), -fragilistic- fragile (mo‘rt), -expiali- expiable (to‘lov), -docious ni esa Lederer educable (ta'lim olishga qodir) deb tushunadi. Butun supercali … soʻzini Lederer „yuqori bilim bilan kuchli va moʻrt goʻzallikni qutqarmoq“ deya taqlin qilgan[~ 5][2].

Boshqa ijod namunalarida[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Continental Cabaret („The Benny Hill Show“, 1977-yil 26-yanvardagi soni) sonida[8] Benny Hillning musiqachi personaji, qoʻshiqchi Diane Darveyga shunday deydi: „You know what you are? You are supercalifragilisticexpialidocious!“ (soʻz aksent bilan talaffuz qilingan)[9].
  • „Big Titties“ hip hop kompozitsiyasida (feat. Baauer va EarthGang) 2019-yil 24-aprelda Rikco Nasty quyidagi satrlarni aytadi: „I was raised up in the jungle where they shoot at thieves, I guess beinʼ in the sun but without no sunscreen, I’m so supercalifragilisticexpialidocious“.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Hischak, Thomas S.. The Disney Song Encyclopedia. Scarecrow Press, 2009 — 189 bet. ISBN 9780810869387. 
  2. 2,0 2,1 Richard Lederer. Crazy English: The Ultimate Joy Ride Through Our Language. Pocket Books, 1990 — 39 bet. ISBN 067168907X. 
  3. {{{заглавие}}}.
  4. Rex Gooch. Denser yet, and yet less dense.(ingl.) // Word Ways. — 2004-08-01. Архивировано 19 iyul 2012 года.
  5. 5,0 5,1 „Disney's Broadway "Mary Poppins" Brings Back Hurtful Memories!“ (en). Miss Gloria Parker Official Website. 2009-yil 7-noyabrda asl nusxadan arxivlangan.
  6. Robert Edgar Megarry, Bryan A. Garner. A new miscellany-at-law: yet another diversion for lawyers and others. Hart Publishing, 2005 — 326—327 bet. ISBN 1584776315. 
  7. „Life Music, Inc. v. Broadcast Music, Inc.“ (en). UCLA Law & Columbia Law School. Copyright Infringement Project. 2012-yil 24-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan.
  8. „Benny's Place • Benny Hill - The Naughty Early Years - Complete & Unadulterated - Set 3 (1975-1977) Review“. 2015-yil 2-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 26-mart.
  9. „【Diana Darvey feat. Benny Hill & Jackie Wright】The Benny Hill Show, 1977 - YouTube“. 2017-yil 26-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 29-sentyabr.

Izohlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Videoservis tarjimasi. Original — ingl. Itʼs something to say when you donʼt know what to say.
  2. Columbia Records tomonidan Patrisiya Smit laqabi berilgan. (inglPatricia Smith)
  3. Columbia Records tomonidan Don Fenton laqabi berilgan. (ingl. Don Fenton)
  4. inglizcha: They disguised the music, kept our magical theme and boldly added an R to Supercalafajalistickespeealadojus
  5. inglizcha: atoning for extreme and delicate beauty [while being] highly educable

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Peter Tamony. More on Supercalifragilisticexpialidocious (angl.) // American Speech. — Duke University Press, 1972. — Vol. 47, no. 3/4. — P. 307—308.