Sultonali Mannopov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Sultonali Mannopov (1948.1.1, Quva tumani) — xonanda, dirijyor. Oʻzbekiston xalq artisti (1999). Fargona pedagogika institutini tugatgan (1974). Xonandalik sanʼati sirlarini T. Qodirov, M. Madaliyev kabi ustozlardan oʻrgangan. Fargʻona davlat untida oʻqituvchi (1974—78), kafedra mudiri (1992-yildan), professor (2001-yildan); Fargʻona viloyati musiqali drama va hajviya teatrida xormeyster, direktor (1978-88), bosh dirijyor (1978-88; 2001-yildan), Fargʻona viloyati filarmoniyasida yakkaxon xonanda, badiiy rahbar (1988—2001). Ijro dasturidan "Ushshoq", "Bayot", "Qalandar", "Abdurahmonbegi" kabi mumtoz ashula turkumlari, "Bogʻaro", "Kirib boʻstonni kezdim" kabi katta ashulalar, yallalar ("Ul kun jonon", "Ul parivash" va boshqalar), zamonaviy ba-stakorlar yaratgan ("Gulzorga qarasam", A. Ismoilov; "Vatanni sevmoq iymondandur", K. Soliyev va boshqalar), shuningdek, Uzi bastalagan ("Qalandar ishqi", "Vodiy taronasi", "Oʻzbekistonim", "Kelsa sanamim" va boshqalar) asarlar urin olgan. Oʻzbek musiqasi mavzuidagi ilmiy-ommabop va badiiy risolalar ("Anʼ-anaviy qoʻshiq ijrosi", "Tavakkal Qodirov", "Soʻnmas navolar" va boshqalar) muallifi.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil