Sulton Muhammad Tabriziy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Sulton muhammad tabriziydan yoʻnaltirildi)
Jump to navigation Jump to search

Sulton muhammad tabriziy (1470 y. oxiri — Tabriz1555) — musavvir, Tabriz miniatyura maktabi asoschilaridan. Safaviylar (Shoh Ismoil va Shahzoda Tahmosib I) saroy kutubxonasida ishlagan. Bexzod bilan hamkorlikda ijod kilgan, shahzoda Tahmosibga rayem oʻrgatgan. Ogʻa Mirak Isfahoniy, Mir Said Ali, Muzaffar Ali va boshqa bilan birga qoʻlyozma kitoblarga asarlar yaratgan. Asarlari yorqin, sof ranglar jozibasi, nozik chiziklari, ajoyib naqshlar va puxta oʻylangan tarhi, koʻtarinki obrazlar silsilasi bilan alohida ajralib turadi. Navoiyning "Devon"i (1527), Hofizning "Devon"i (1537), Nizomiyning "Hamsa" (1539—43, Britaniya muzeyida), Firdavsiyning "Shohnoma" (1537) asarlari qoʻlyozmalariga rasmlar ishlashda qatnashgan, portretlar va boshqa alohida miniatyuralar yaratgan.