Sulton Mahmud Mirzo

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Sulton mahmud mirzodan yoʻnaltirildi)
Sulton Mahmud Mirzo
Tavalludi 1453
Vafoti 1495
Otasi Abu Said

Sulton Mahmud Mirzo (1453, Samarqand — 1495) — Samarqand hokimi (1494—1495). Temuriylar dan. Abu Said mirzoning 3oʻgʻli. Otasi davrida Astrobod viloyati hokimi. Abu Said Mirzo vafoti (1469) dan soʻng Termiz, Chagʻoniyon, Hisor, Xuttalon, Qunduz, Badaxshon va Hindukush togʻlarigacha boʻlgan yerlar uning tasarrufiga oʻtgan. Akasi Sulton Ahmad Mirzoning vafoti (1494)dan soʻng esa, Samarqand taxtiga oʻtirgan. U zulmni haddan oshirgani uchun mamlakatning katta kichik aslzodalari, sipohiylar va oddiy xalq har tarafga tarkalib qocha boshlagan. Sulton Mahmud Mirzo taxtga daʼvogar boʻlib kelgan amakivachchasi Malik Muhammad Mirzo va u bilan birga kelgan mirzolarni qatl ettirgan. Sulton Mahmud Mirzo oʻz hukmronligi davrida 2-marta Husayn Boyqaro bilan jang qilib, ikkalasida ham magʻlub boʻlgan. Boburning Sulton Nigor xonim ismli xolasi uning toʻrtinchi xotini.

Sulton Mahmud Mirzo 1495-yil yanvar oyida ogʻir kasallikdan vafot etgan.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Fayziyev T., Temuriylar shajarasi. T., 1995; M uhammadjonov A., Temur va temuriylar saltanati, T., 1994.