Sulton hasan masjidmadrasasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Sulton hasan masjidmadrasasiQohira (Misr)dagi meʼmoriy yodgorlik (135663). Majmua masjid, Madrasa va sulton Hasan maqbarasidan iborat. Tarxi 68 x 155 m. Madrasa 4 ayvonli, hovli maydoni (32x34,6 m) 4 tomondan ravokli ayvonlar bilan oʻralgan (devor bal. 35 m gacha), ayvonlarning eng kattasida masjid xonaqohi joylashgan. Madrasaga hovlining 4 tomonidagi darvozadan kiriladi. Atrofidagi hujralar 4 qavatli. Masjid devorlari marmar bilan qoplangan, poliga koshin yotqizilgan. Mexrob yonidagi minbar marmardan ishlangan. Mexrobning 2 yonida maqbaraga kiriladigan eshiklar bor. Eshiklardan biri oltin va kumush bilan, makbara (21x21 m) marmar bilan qoplangan. Gumbaz osti bagʻali muqarnasli (17-asrda kanta tiklangan). Hovli oʻrtasidagi marmar ustunli koʻshk oʻrtasiga favvora oʻrnatilgan. Peshtoqi (bal. 38 m) muqarnas bezaklar tosh oʻymakorligi va qadama naqsh bilan jozibador bezatilgan. Guldastaminorasi oʻziga xos milliy uslubda ishlangan. S.Sulton hasan masjidmadrasasim. mamluklar hukmronligi davri qurilishidan qolgan, koʻlami va hashamdorligi jihatdan eng ahamiyatli yodgorliklardandir.