Kontent qismiga oʻtish

Sulton Ogʻa Xonum

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Sulton Ogʻa Xonum
Safaviylar shohining ikkinchi xotini
Tenure tax.1547–?
Turmush oʻrtogʻi Tahmosb I
Farzandlari Parixon Xonum
Sulaymon mirzo
Sulola Shamxal (tugʻilganida)
Safaviylar (nikoh orqali)
Otasi Choban b. Budai
Dini Islom

Sulton Oʻgʻa Xonum (forscha: سلطان آقا خانم) Gʻarb manbalarida Korasi nomi bilan ham tilga olinadi, kelib chiqishi qoʻmiqlardan boʻlgan Safaviylar malikasi, Safaviylar shohi Tahmosb I ning (h.1524–1576) ikkinchi xotini.

Sulton Ogʻa Xonum kelib chiqishiga koʻra qoʻmiqlardan[1] boʻlgan. Manbalarda u koʻpincha cherkas millatiga mansub deb tilga olinsa-da, fors tilida cherkas (forscha: چرکس) soʻzi baʼzan Dogʻistondagi Darbanddan narida yashovchi Kavkaz xalqlariga nisbatan umumiy maʼnoda qoʻllangan[2]. Uning otasi Choban b. Budai (1574-yilda vafot etgan) Tarki shamxali boʻlgan[3][4].

Sulton Ogʻa Safaviylar davlatida xizmat qilgan qoʻmiq zodagoni Shamxal Sultonning, keyinchalik Shamxal unvonini egallagan Eldar, Muhammad, Andi va Giraylarning singlisi (yoki opasi) boʻlgan[4]. Shuningdek, uning yana bir akasi Imomquli xon ham Safaviylar saroyida xizmatda boʻlgan[5].

Sulton Ogʻa Xonum Tahmasp I ga taxminan 1547-yilda turmushga chiqqan. 1548-yil avgust oyida u malika Parixon Xonum, 1554-yil 28-martda esa shahzoda Sulaymon mirzoni dunyoga keltirgan[6][7][8].

  1. Floor, Willem (2010). "Who were the Shamkhal and the Usmi?". Zeitschrift der Deutschen Morgenländischen Gesellschaft 160 (2): 341–381. ISSN 0341-0137. https://www.jstor.org/stable/10.13173/zeitdeutmorggese.160.2.0341.
  2. Manz, Beatrice; Haneda, Masashi. Encyclopaedia Iranica 816–819-bet. 
  3. Kołodziejczyk, Dariusz. Daghestan during the Long Ottoman-Safavid War (1578–1639): The Shamkhals' Relations with Ottoman Pashas (en). Brill, 4 August 2020 124–125-bet. DOI:10.1163/9789004430600_007. ISBN 978-90-04-43060-0. 
  4. 1 2 Floor, Willem (2010). "Who were the Shamkhal and the Usmi?". Zeitschrift der Deutschen Morgenländischen Gesellschaft 160 (2): 341–381. ISSN 0341-0137. https://www.jstor.org/stable/10.13173/zeitdeutmorggese.160.2.0341.
  5. Allen, W. E. D.. Russian Embassies to the Georgian Kings, 1589–1605: Volumes I and II (en). Taylor & Francis, 5 July 2017 594-bet. ISBN 978-1-317-06040-6. 
  6. Parsadust 2009.
  7. Nashat & Beck 2003, s. 147.
  8. Bierbrier 1997, ss. 235, 239–240.