Sulton Muhammad Nur

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Sulton muhammad nur (14721530) — xattot, nastaʼliq xati ustasi. Sulshonali Mashhadiynmng shogirdi. Hirotda Navoiy homiyligida xattotlik sanʼatini oʻrgangan, ijodini ham Navoiyning shaxsiy kutubxonasida boshlagan, turli majlislarda ishtirok etgan. Asosan, Hirotda ijod qilgan, maʼlum muddat Buxoroda ham boʻlgan. Navoiy uning sanʼatini yuqori baholab, oʻz davrida "hech kim mayda nastaʼliq xati yozishda unga teng kelmagan", deb yozgan. Koʻplab shogirdlar tayyorlagan, ulardan Salim Kotib, Ayniy va boshqa ustozining xat uslubini davom ettirgan. S.M.N. koʻchirgan koʻlyozmalar: Abdulla Hotifiyning "Hamsa" dostonlaridan olingan terma baytlar (1500, Britaniya muzeyida); Saʼdiyning "Boʻston" (1501, Tehrondagi Milliy qutubxonada); Saʼdiy va Jomiy gʻazallari terma "Devon"i (1519, Tehrondagi Saltanat kutubxonasida); Nizomiyning "Hamsa" (1524, NyuYorkdagi Metropoliten muzeyida); Jomiyning "Yusuf va Zulayho" (1528, Istanbuldagi Avliyo Sofiya soborida); "Subhat ulabror" (Lohurda: Muhammad Shafi shaxsiy kutubxonasida); Sharafiddin Ali Yazdiyning "Zafarnoma" (1528; Tehrondagi Saltanat kutubxonasida: Behzod rayem ishlagan); Nizomiyning "Xusrav va Shirin" (1530), Navoiyning "Devon"i (Rossiya milliy kutubxonasida); "Kalila va Dimna" (Hindiston, Rampur shahrida) va boshqa S.M.N. bitgan qitʼalardan 9 tasi Rossiya milliy kutubxonasida saqlanadi.

Adabiyot[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Bayoniy M., Ahvol va osori xushnavison, 2 j., Tehron, 1967.